К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING BOLALAR RIVOJLANISHI VA KELAJAKDAGI SHAXSIYATI SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI

Valiyeva Hamida Rovshan qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article discusses the role and significance of the concept of national image in preschool education. Key words: national model of education, image phenomenon, management image, national image of the preschool education system, national image of the preschool education organization. Jahonda maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imijini boshqarishdagi rahbarning menejment qobiliyatlarini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar, rahbarlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, ta’lim tashkilotlarining milliy imijini boshqarish, hamda ta’lim sifatini oshirishdagi yangi yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, AQSh, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar maktabgacha ta’limda yuqori sifatdagi dasturlarni joriy etishning ahamiyatini ko‘rsatdi. Bu dasturlar pedagogik yondashuvlar va ta’lim metodlarini o‘z ichiga oladi, bolalar va oilalar uchun yaxshiroq tajriba yaratadi. Shuningdek, Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida o‘qitish va ta’limni boshqarishning turli yondashuvlarini o‘rganish kabi tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar jahon ta’lim tizimida rahbarlarning menejment ko‘nikmalarini rivojlantirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ishonchli va kuchli imijini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Buning natijasida bolalar uchun yaxshiroq ta’lim muhitini yaratishga va jamiyatda ta’limning ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’lim tizimi, ayniqsa maktabgacha ta’lim, bolalarning rivojlanishi va kelajakdagi shaxsiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, bolalarni 79 Yanvar, 2025-Yil maktabga tayyorlash va ularga tarbiya berishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy imiji va ishonchli obro‘yi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Rahbarning menejment qobiliyatlari, tashkilotning rahbari sifatida u yerda ijobiy muhit yaratish, malakali pedagogik kadrlar jalb etish va bolalarning shaxsiy rivojlanishiga ta’sir etishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imijini boshqarish esa rahbarning qobiliyatlari va strategiyalariga bog‘liq. Shuning uchun, rahbarning menejment qobiliyatlarini takomillashtirish uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Maktabgacha ta’limda “milliy imij” tushunchasi o‘zbek madaniyatini, an’analarini va qadriyatlarini bolalar ongida shakllantirish, ularni o‘z xalqining tarixi, til va urf-odatlari bilan tanishtirishni anglatadi. Bu tushuncha maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ijtimoiy, madaniy va ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Milliy imijni shakllantirish jarayonining asosiy jihatlaridan biri bu milliy madaniyatni o‘rgatishdir. “Ta’limning milliy modeli-O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog‘lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo‘yicha belgilangan nazariy-metologik, amaliy-pedagogik yondashuvlar majmui. Ta’limning milliy modelida ma’naviy-intellektual jihatdan barkamol shaxsning o‘z ijodiy qobiliyatini to‘la namoyon etishini ta’minlash ko‘zda tutiladi”[1]. “Imij zamonaviy jamiyatda katta ahamiyat kasb etgan murakkab ijtimoiy-psixologik tushuncha hisoblanadi. U nafaqat shaxsning idrok jarayoniga, balki uning jamiyatdagi statusi va unga nisbatan yaratilgan “obraz”ga ham bevosita ta'sir koʻrsatadi. Bu tushunchaning tahlili fanlararo yondashuvni talab etadi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda, shaxsiy va korporativ imijning shakllanishi va boshqarilishi yanada dolzarb bo'lib bormoqda. Shu sababli, ushbu maqola imijning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uning shakllanishi va jamiyatdagi roli kabi masalalarni muhokama qilishga qaratilgan”[2]. “Imij” so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, u “obraz”, “tasvir” ma’nolarini anglatuvchi “image” so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘z o‘z navbatida lotincha “imago” so‘zidan olingan bo‘lib, u ham “tasvir”, “qiyofa” yoki “obraz” ma’nolarini anglatadi. Fransuz tilidan “image” so‘zi ingliz tiliga kirib kelgan va keyinchalik boshqa tillarga ham o‘tgan. Imij (inglizcha imij – qiyofa, tasvir) – odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Hozirgi kunda “imij” tushunchasi jamiyatda shaxslar, tashkilotlar yoki mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, ular haqidagi umumiy tasavvur va 80 Yanvar, 2025-Yil ularni boshqalarga qanday namoyon qilishni anglatadi. Shu sababli, bu so‘z turli sohalarda, jumladan, psixologiya, marketing, media va siyosatshunoslikda keng qo‘llaniladi1. Imij masalasida funksional yondashuv tarafdori bo‘lgan ingliz olimi F. Jevkinz imijning quyidagi turlarini taklif qiladi: 1. Ko‘zgusimon imij

Доказательный фрагмент

«The article discusses the role and significance of the concept of national image in preschool education.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the role and significance of the concept of national image in preschool education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national model of education, image phenomenon, management image, national, ta’limning milliy modeli, imij fenomeni, maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imiji., maktabgacha ta’lim tizimi milliy imiji, boshqaruv imiji
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники