Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RESPUBLIKAMIZDA TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI · SHAMSIYEV NODIR MURATOVICH
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2 · 368-374 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan bo’lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan. Aaholi iste’molidan ortgan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarida bexavotir saqlash kafolatlari mavjudligi hamda topshirilgan omonatlar bo‘yicha foizli daromad olishdan manfaatdor bo‘lsagina bank tizimiga bo‘lgan ishonchi ortadi va bu bilan bank depozit bazasi kengayishiga erishiladi. Bunda banklar ushbu jalb qilingan mablag‘lar hisobiga mijozlarga kreditlar berib yoki lizing, faktoring, trast, overdraft va overnayt kabi jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan xizmatlarni ko‘rsatish orqali foizli daromadlar olish imkoniyatlarini oshirib boradilar. Shu yo‘l bilan bo‘sh pul mablag‘larini bank orqali yig‘ish va iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish, natijada pul aylanish tezligini o‘stirishi evaziga milliy valyuta qadrsizlanishining oldi olinishiga erishish mumkin. Aynan, mana shu omil ham depozitlarning rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Shu sabali, ushbu ilmiy tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilinib, takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Bank, bank-moliya tizimi, kapitallashuv, resurs, ustav kapitali, deposit, kredit, reyting, omonat, mijoz, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, operatsiya, mablag‘, omillar, sub’ekt. Bank amaliyotidan ma’lumki, jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham manfaatli hisoblanadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarga mos holda bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish jarayonida fundamental o’zgarishlar yuz bermoqda. Bu banklarning strategik maqsadlarini amalga oshirish va mustahkam resurs bazasini shakllantirishda depozit siyosatining ahamiyati va rolini oshirish hamda uni takomillashtirish bilan bog’liq masalalar ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarb yo’nalishlaridan biriga aylanishiga olib keldi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini, shu jumladan, bank tizimini modernizatsiyalash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida bank tizimidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirishda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Qonunchilik Palatasi tomonidan 2019 yilning o’zida bank tizimga oid 4 ta qonun yangidan qabul qilindi. Bu esa, respublikamiz bank tizimning xalqaro bank tizimiga 147 bosqichma-bosqich integratsiyalashib borayotganligidan, mamlakatimiz banklarining xizmatlar ko’lami va sifatini yangi bosqichga olib chiqilayotganligidan dalolat beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, so’nggi yillarda mamlakatimiz bank tizimiga aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishonchini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotdagi bo’sh turgan pul mablag’larini uzoq muddatli bank depozitlariga jalb etish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada tijorat banklari tomonidan depozit operatsiyalarini amalga oshirish, depozitlar bilan bog’liq hisob-kitoblar tizimini samarali amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish uchun mamlakatimizda amal qilayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlarining o’rni beqiyosdir. Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar muhim vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Banklar tomonidan resurs jalb qilishni yanada kengaytirish, aholi omonatlari hajmini yanada oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko’rsatishni yanada takomillashtirish banklar kreditlash salohiyatini kengayishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan ham rasurs jalb qilish imkoniyatiga ega. Bunda banklar qimmatli qog’ozlarni muomilaga chiqarib, aholi va yuridik shaxslar qo’lida bo’sh pul mablag’larini o’ziga resurs sifatida jalb qiladi va jalb qilingan pul mablag’lari hisobidan kredit ekspansiyalarini amalga oshiradi. Darhaqiqat, tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’z sohalari bo’yicha ishlab chiqarishni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan ko’maklashishi, aniqroq aytganda o’z kreditlarini taklif etishi talab etiladi. Lekin shu o’rinda ta’kidlash joizki, tijorat banklari bu – tijorat xususiyatiga ega va shu asnoda faoliyat yurituvchi yuridik shaxs bo’lib hisoblandi. Qaysiki xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun pul mablag’lariga egalik qilish yoki aniqroq aytganda ularni o’z faoli
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan bo’lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan bo’lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- omonat, mijoz, jismoniy shaxs, sub’ekt., operatsiya, mablag‘, yuridik shaxs, deposit, bank-moliya tizimi, reyting, kredit, kapitallashuv, resurs, ustav kapitali, Bank, omillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945