К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARGA SHAXS VA NARSA BELGISINI BILDIRGAN SO'ZLARNI O‘QITISHNING METODIK ASOSLARI

Maftuna Iskandarova

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar nima ekanligi haqida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar qanday oson tushuntirish usullari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Shaxs va narsa belgilarni bildirgan so'zlar: sifat so'z turkumi qarama-qarshi ma'noli so'zlar. Aннотация: В данной статье рассказывается о том, что такое слова, обозначающие признак лица и предмета, а также о простых способах объяснения этой темы учащимся начальных классов на уроках родного языка. Ключевые слова: Слова, обозначающие признаки лица и предмета: Имя прилагательное – часть речи. Слова с противоположным значением – антонимы. Annotation: This article discusses what words indicating the characteristics of a person or an object are and how to easily explain them to primary school students in their native language lessons. Keywords: Words indicating the characteristics of a person and an object; adjective word category; antonyms. "Har bir so‘zning o‘rni va qadri bor, so‘zning go‘zalligi xalqning ma’naviy boyligidir. A.Navoiy Boshlang‘ich ta’lim – o‘quvchilarning ona tilini puxta o‘rganishi, so‘z boyligini oshirishi va fikrni to‘g‘ri ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim bosqichidir. Ayniqsa, 2-sinf ona tili darsliklarida shaxs va narsa belgilarini bildirgan so‘zlar (sifatlar) mavzusiga katta e’tibor qaratiladi. Bu mavzu orqali o‘quvchilar biror shaxs yoki narsaning belgisini, uning qandayligini aniqlashni o‘rganadilar. Sifat so‘z turkumini tushunish – nafaqat ona tilini o‘zlashtirishning, balki bolalarning mantiqiy fikrlashi va kuzatuvchanligini oshirishning ham muhim qismidir. Shaxs va narsa belgisi nima? Shaxs va narsa belgisi bu shaxs yoki narsaning qanday ekanini, ya’ni rangini, hajmini, shaklini, ta’mini, holatini yoki boshqa xususiyatlarini bildiradigan so‘zlardir. Ular gapning mazmunini boyitib, tushunishni osonlashtiradi. Masalan: Shaxs belgisiga doir so‘zlar: yaxshi bola, mehribon do‘st, aqlli qiz. Narsa belgisiga doir so‘zlar: qizil gul, katta uy, shirin meva. O‘quvchilar bu so‘zlarni o‘rganar ekan, ular gap tuzishda sifat so‘zlarining ahamiyatini anglaydilar. Bundan tashqari, bu mavzu bolalarning atrof-muhitni anglash qobiliyatini kengaytiradi, chunki ular har bir narsani ta’riflash uchun mos so‘zlarni tanlashga o‘rganadi. O‘quvchilarga mavzuni tushuntirishni usullari: 1. Rasmlar bilan ishlash: O‘qituvchi turli ranglar, shakllar va predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‘rsatib, ularning belgisini so‘raydi. Masalan: 192 “Bu nima? (Olma.) Olma qanday? (Qizil, shirin.)” 2. Qiyoslash mashqlari: O‘quvchilardan shaxs yoki narsani ikki xil sifat bilan ta’riflashni so‘rash mumkin. Masalan: Daraxt katta, gul kichkina. Quyosh issiq, qor sovuq. 3. Qo‘shiq va she’rlar: Darsliklarda mavjud she’rlar va qo‘shiqlar yordamida sifat so‘zlarini ajratib olish mashqini o‘tkazish mumkin. Masalan: “Oltin kuz keldi, yaproqlar sarg‘aydi.” (Bu yerda “oltin” va “sarg‘aydi” belgini bildiradi.) 4. O‘yinlar: “Kim yaxshi ta’riflaydi?” o‘yini orqali o‘quvchilar biror narsani sifat bilan ta’riflaydi. Boshqa o‘quvchilar esa topishmoq orqali o‘sha narsani topadi. Topshiriq: Ushbu narsalarni .Shakli qanaqa?,Rangi qanaqa? Berilgan so'zlardan foydalanib, gaplar tuzing Bilimli, Talabchan, Mehribon, Shirinso'z, Mas'uliyatli, Sabrli ushbu so'zlarni qatnashtirib O'qituvchingiz qanday insonligini ta'riflang Narsalarni belgisini bildirgan so'zlar orasida qarama-qarshi ma'noli so'zlar ham bor. M: novvot-shirin, garmdori-achchiq kabilar. Ushbu suratlarda qizlarni holatini qarama-qarshi so'zlar bilan ifodalang. Boshlang'ich sinflarda sifat so'z turkumini bolalarga turli xil ranglar,xarakterlar bilan o'tish bu so'z turkumi haqida qiziqarli ma'lumotlar berish mumkin.2-sinf ona tili darsliklarida shaxs va narsa belgilari mavzusi aniq, oddiy va bolalarning yoshiga mos qilib yoritilgan. Har bir mashq o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga qaratilgan. Masalan: Mashq turi: Berilgan gaplardan sifat so‘zlarini topish. Topshiriq: O‘quvchilarni ikki xil belgiga ega narsalarni aniqlashga o‘rgatish. Masalan, “Oq qush, katta tog‘, shirin meva.” Topshiriq: Yonida o'tirgan sinfdoshini tar'iflash. Masalan: partadoshim o'jar, mehribon kabi. 193 Atrofdagi barcha narsalar sifat turkimi bilan bog'liq. Masalan: daraxt ranglari, atrofdagi mashinalar, yo'ldagi yo'l belgilar barchasi sifat so'z turkumiga misol bo'la oladi.Boshlang'ich sinflarga buni tushuntirish oson bo'ladi. Xulosa Shaxs va narsa belgilarini bildirgan so‘zlar mavzusi o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda, ularning atrof-muhitni aniqlash va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu mavzuni tushuntirishda ijodkorlik bilan yondashish va qiziqarli usullarni qo‘llash dars samaradorligini oshiradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar nima ekanligi haqida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar qanday oson tushuntirish usullari haqida s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar nima ekanligi haqida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar qanday oson tushuntirish usullari haqida s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Words indicating the characteristics of a person and an object, adjective, Shaxs va narsa belgilarni bildirgan so'zlar:
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники