К содержанию
РецензированоRU2025

ОILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY -PSIXOLOGIK JIHATLARI

L.Sh. Raximova

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the socio-psychological requirements for the formation of national values in young people, the family as a socio-psychological factor of national values, the development of individuals based on family and family relationships, and the content and pedagogical-psychological aspects of preparing young people, especially university students, for family life. It provides recommendations based on the empirical results of psychometric and socio- psychological surveys conducted on the methodological foundations of family values and the scientific conclusions derived from them. In all times and places, the family is entrusted with certain responsibilities in ensuring the development of individuals. Key words: Child, socialization, society, family, parents, values, lifestyle, research. 389 Yanvar, 2025-Yil Ijtimoiylashuv tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo'lib, bu shaxsning uni o'rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta'sirlariga natijasida uning norma va qoidalarini o'zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma'nosida insonning tug'ilib, o'zini bevosita o'rab turgan tashqi muhit ta'sirida ulg'ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o'chog'i, maskani hisoblanadi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida. birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o'ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, natijada har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ya'ni, oila va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada axloq-odob normalariga bo'ysunishga o'rgatadi. Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi. O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to'la qonli qabul qilishi, o'z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo'lib yetishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o'rnatadigan to'g'ri munosabatlari bevosita bog'liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta'lim muaasasalarining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta'lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo'ladi va ular maktab ma'muriyatidan fraqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o'zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo`ladi rasmiy tarbiyachi va samimiy, e'tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a'zolari bilan maktabgacha ta'lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg'unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o'rtasida samimiy muloqot bo'lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin. Keltirilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, azaldan o'zbek xalqining oila va oilaviy munosabarlarga katta e'tibor berilganligi, shaxsning kamol topishi oiladagi ijtimoiy psixologik muhitga bevosita bog'liqligi, davlatni taraqqiy qilishi bevosita har bir oilaning tibbiy, huquqiy madaniyatini, iqtisodiy savodxonligi, ma'naviy kamolotiga qolaversa milliy va 390 Yanvar, 2025-Yil umuminsoniy qadriyatlarning nechog'lik qadrlanishiga, milliy urf odat va an'analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy ma'naviy va madaniy merosimizga qadriyatli yondashuvni shakllanshiga bevosita bog'liqligini ko'rish mumkin.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the socio-psychological requirements for the formation of national values in young people, the family as a socio-psychological factor of national values, the development of individuals based on f…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the socio-psychological requirements for the formation of national values in young people, the family as a socio-psychological factor of national values, the development of individuals based on f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Child, socialization, society, family, parents, values, lifestyle, research, tadqiqotlar., ota-ona, Farzand, ijtimoiylashuv, oila, jamiyat, qadriyatlar, turmush tarzi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники