Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEMIS MAQOLLARI TADQIQINING ILK BOSQICHLARI
Eshonqulov O.S.
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 177–204 · 2024
Аннотация
В данной статье говорится об этапах исследования немецких пословиц, упоминаются работы пословведов. Роль пословиц в общественной жизни немцев ранних периодов, значение пословиц в обществе раскрываются на примерах немецких пословиц. Ключевые слова. Пословицы, выражения, словари лингвострановедческие. Axloqiy saboqlar maqollardan olinmay qolgan, ularning huquqiy me’yorlar va hayot tajribasini uzatish vositasi sifatidagi dastlabki ma’nosi yo‘qolgan bir paytda, vaholangki, huquq sohasida maqollar hamisha huquq me’yorlarini yashirin yetkazish quroli bo‘lgan, ular haqida XV asr huquqiy qoidalaridayoq gapirilgan: “Wo du ein Sprichwort kannst anhengen; tu es; denn nach Sprichwörtern pflegen Bauern gern zu richten” – “Maqollarni qayerda qo‘llay olsang, o‘sha yerda bu ishni bajar, zero dehqonlar odatda maqollar asosida xulosa qiladilar”1. Maqollarga nisbatan munosabat o‘zgarganiga qaramasdan, huquqiy xarakterga ko‘ra eng oxirgi o‘rinda bo‘lmasa ham, shu turdagi ko‘plab so‘zli ifodalar nutqda saqlanib qoldi: “Die kleinen Diebe hängt man, die Grossen lässt man laufen” – Mayda o‘g‘rilarni osishadi, yiriklarini esa qo‘yib yuborishadi. Ko‘p qo‘llanuvchi maqollar materiali asosan an’anaviy bo‘lib qolaverdi va eng avvalo, hazilomuz hosilalar hisobiga boyib bordi, biroq shakllangan ishchi sinf sharoitida tabiiy o‘sish sodir bo‘lmadi – maqollar mos kelmaydigan materialga aylangan edi. Agar maqollar materiali ishchi sinf orasida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham u shior xarakteriga ega edi: “Fünf Finger sind eine Faust” – (Besh barmoq yig‘ilsa, musht bo‘lar), “Wer heute aussperrt, sperrt morgen ein” – (Bugun ishdan bo‘shatgan ertaga qamoqqa tiqadi). XIX asrda mavjud maqollar materiali har tomonlama o‘zlasha bordi, chunonchi 1Von Fritz Kern. XV. Jahrhundert. Recht und Verfassung im Mittelalter. –Berlin. 1976. –S.185. 62 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 Vagener lug‘atida (1813-y)2, Zimrok, Kerte, Eyzeleyn3 to‘plamlarida nisbatan amaliy alifbo tartibi qo‘llana boshladi. Yuqorida tilga olingan lug‘atlarda maqol parchalari o‘quv maqsadlari bilan nashr qilingan kichik ommabop nashrlar ko‘rinishida o‘z e’tirofini topib, boshlang‘ich sinflarda diniy-axloqiy tarbiya doirasida qo‘llangan. Hikoyachi-realistlar Hebel, Gottgelf va T.Shtormlar4 ham xalq og‘zaki ijodiga tez-tez murojaat qilganlar. Ishonchli hayotiy haqqoniylikka erishish uchun G.von Kleyst hozirgi kunda ham nemis teatrlari sahnalarida qo‘yilayotgan “Singan ko‘za” (“Der zerbrochene Krug") asarida ilk bor maqollarni qo‘llagan. Mazkur asarning dolzarbligi Germaniyaning keng doiralarida mashhur bo‘lgan “DIE WELT” gazetasidagi “Aus dem Reiche des verstaubten Stadttheaters" (Die Welt. Aus dem Reiche des verstaubten Stadttheaters, 06.09.2004) – “Changlangan shahar teatri qirolligidan” maqolasida ta’kidlangan: „Warum spielt man heute Heinrich von Kleists Lustspiel „Der zerbrochene Krug? Darauf gibt es eine Menge Antworten. In dem Lustspiel geht es um das künstlerische Verfertigen von Lügengeschichten, um das Verfassen von Hirngespinsten, die sich verselbständigen, es geht um Gerechtigkeit und Machtwillkür, um Karrieristen und Aufsteiger, um Ehrlichkeit und Redlichkeit, um Enthüllung und Entlarvung. Kurzum: Es geht um die Wahrheit – “Nega hali ham Kleystning “Singan ko‘za” komediyasi qo‘yilib kelinmoqda? Bunga javoblar ko‘p. Komediyada odatiy holat sifatida idrok qilinadigan inson miyasi topilmalari, ixtirolarining nozik uyg‘unlashuvi, o‘zboshimchaligi va adolat haqida, mansabparastlar va oqsuyaklar, halollik va tilyog‘lamalik, fosh etish va ta’sir ko‘rsatish, muxtasar qilib aytganda haqiqat to‘g‘risida so‘z boradi. Mavjud maqollar materialini doimiy oʻrganish ya’kuni va natijasi sifatida keyinchalik paremiologiya (maqollar, maqolli ifodalar haqidagi ilm) ham rivojlandi, ilmiy to‘plamlarda esa xalq og‘zaki tilida yashayotgan maqollarga e’tibor qaratila boshlandi. Biroq maqollarni toʻplash va nashr qilish faoliyatining ma’lum darajada jonlanishi u ilmiy bilim va yondashuvlarga, xalq bilan haqiqiy aloqaga asoslanmagan vaqtlarda, shubhasiz, aks ta’sirga ham ega edi. H.Bausinger aytganidek, “maqollar faol namoyish va o‘zgarishlarga da’vat, to‘g‘rirog‘i u endi e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan qonuniyatlar mo‘ljali hisoblanmay qoldi. Ular dunyoqarashni o‘zgartirishning 2Samuel Christoph Wagener. Sprichwörter-Lexicon mit kurzen Erläuterungen: Ein Hausbuch fürs gemeine Leben auch zum Gebrauch in Volksschulen. (Volkskundliche Quellen, Reihe VII: Sprichwort). -Berlin. 1813. –S. 421. 3Körte, W. Die Sprichwörter und sprichwörtlichen Redensarten der Deutschen –Leipzig. 1837. –S. 268. 4Theodor Storm: Viola Tricolor. –Leipzig: Reclam-Verlag Leipzig, 1919. –S. 412.; Friedrich Hebel, Aufzeichnungen aus meinem Leben. Autobiographisches. –Berlin. 1854. –S. 139. 63 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidi
Доказательный фрагмент
«В данной статье говорится об этапах исследования немецких пословиц, упоминаются работы пословведов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье говорится об этапах исследования немецких пословиц, упоминаются работы пословведов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Proverbs, expressions, dictionaries, linguistic and cultural, linguistic and cultural.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026