Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNING KELIB CHIQISH SABABLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dauletmuratov Timur Dauletmuratovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berilgan, bu boradagi bir qator olimlarning bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlariga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni oldini olib borish bo’yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: kolliziya, qonunchilik, kodeks, obyektiv va subyektiv omillar, pozitiv huquq. Mustaqillik yillarida demokratik siyosiy tizimning tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratuvchi, inson huquqlari kafolatlarining tizimini qaror toptiruvchi, xullas, butun ijtimoiy-siyosiy hayot imizning huquqiy negizini barpo etuvchi Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayniqsa, mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ikki palatali tizim sifatida qayta shakllantirilganligi, uning quyi palatasi professional asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusidan tashkil topganligi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish jarayonida yuridik texnika qoidalarini qo‘llash samaradorligining oshib borayotganligi, o‘z navbatida, milliy qonunchiligimizning jiddiy tarzda yangilanishiga olib kelmoqda. Albatta, buning uchun qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari har tomonlama mukammal bo‘lishi va har qanday ziddiyatlardan holi bo‘lishi lozim. O‘z navbatida, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash ijodkorlik faoliyatining eng murakkab va o‘ta mas’uliyatli turi ekanligini qayd etish joiz. U huquq ijodkoridan katta bilim, kuch va irodani, shu davlatning amaldagi qonunlari, uning tizimi hamda qonun tuzilishidan xabardor bo‘lishni taqozo etadi [1]. Qonunchilikni tubdan isloh qilish va uni yangi mafkura asosida qaytadan rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, X.T.Odilqoriyevning fikricha, qonunchilik tizimini takomillashtirishning bosh yoʻnalishlarini (strategiyasini) belgilab olish zarur [2]. Muallif bunda, qonun yaratish jarayonini ilgari surilayotgan vazifalar va davr talabiga moslashtirib rivojlantirish lozim, deb hisoblaydi va qonun yaratish mexanizmi, uning tarkibiy bugunlari muttasil takomillashtirilib borilishi-sifatli qonunlar yaratishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Qonunchilikdagi bo‘shliqlar, xatoliklar va ziddiyatlarni oldini olishda va shu asosda har tomonlama sifatli va mukammal qonunchilik hujjatlarini yaratishda eng avvalo, yuqorida qayd etib o‘tilgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga hamda ularni oldini olish masalalariga ko‘proq eʼtibor qaratish lozim. Shu bilan birga, tegishli adabiyotlarda qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablari yuzasidan asosan bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlar ilgari suriladi, ya’ni ularda obyektiv va subyektiv omillar haqida so‘z boradi [3]. Albatta, har bir mamlakatda huquq ijodkorligining holati oʻsha davlatda qaror topgan tajriba va amaliyotga hamda mavjud obyektiv shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, bu borada huquqshunoslik fanida ilgari surilgan yondashuvlarni e’tirof etgan holda milliy yuridik amaliyotimiz va joriy qonunchiligimizdagi ziddiyatlarning kelib 6 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo chiqishida ham muayyan o‘ziga xosliklar mavjud ekanligini qayd etishimiz lozim. Shu bilan birga, xar qanday holatda ham qonunchilikdagi ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini obyektiv va subyektiv omillar asosida tahlil etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha, obyektiv omillar natijasida, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning muntazam rivojlanib va o‘zgarib borishi kolliziya holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda huquq ijodkori doim ham tegishli o‘zgarishlarga mos ravishda huquq normalarini shakllantirib borishga ulgurmasligi mumkin. Pozitiv huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda real hayot bilan bir vaqtda shakllanib ulgurmayotganligi ham obyektiv holatdir. Bunday vaziyatlarda davlat huquqiy ta’sir qilishi lozim bo‘lgan “favqulodda holat" yuzaga keladi. Shu bois, normativ-huquqiy hujjatlar muntazam ravishda inventarizatsiyadan o‘tkazib borilishi, ya’ni bir so‘z bilan aytganda yangi shart-sharoitlarga moslashtirilishi lozim bo‘ladi. Zero, ijtimoiy voqelikdagi boshqa hodisalar kabi huquq ham uni rivojlantirishga sabab boʻluvchi ichki qarama- qarshiliklarga ega. Natijada, ayrim normalar o‘z-o‘zidan ahamiyatini yo‘qotadi, boshqalari esa qabul qilinadi. Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari xar doim ham oldingi normalarni bekor qilmasligi mumkin. Bu esa, parallel ravishda bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy munosabatlar turlicha bo‘lib, ularni differensial ravishda turlicha metodlarni qoʻllagan holda tartibga solish lozim bo‘ladi. Yuqorida taʼkidlab o’tganimizdek, qonunchilikdagi kolliziyalar obyektiv omillar bilan bir qatorda subyektiv sabablar natijasida ham kelib chiqadi, ya’ni ushbu salbiy holatning yuzaga kelishi huquq ijodkorligi subyek
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berilgan, bu boradagi bir qator olimlarning bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlariga to’xtalib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berilgan, bu boradagi bir qator olimlarning bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlariga to’xtalib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pozitiv huquq., kodeks, obyektiv va subyektiv omillar, qonunchilik, kolliziya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026