Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OYBEK XX-ASR O‘ZBEK ADABIYOTINING BUYUK IJODKORI
Zilola Ravshanova
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article contains information about the path of Oybeki, the son of Musa Tashmuhammad, the great representative of Uzbek literature of the 20th century, and his work. Keywords: Oybek, poetry, poet, literature, language, work. OYBЕK (taxallusi; asl ism-sharifi Muso Toshmuhammad o‘g‘li; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943). Hunarmand-bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911—17), so‘ng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan «Namuna» maktabida (1918—21) boshlang‘ich ma’lumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921—25), Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925—27), Leningrad xalq xo‘jaligi institutida (1927—29) o‘qiydi va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent un-tida ukishni tugatadi (1930). Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillarida boshlab, urta maktab, texnikum va ishchilar f- tlari (1925—27) da, Xalq xo‘jaligi, Qishloq xo‘jalik va Pedagogika in-tlarida til va adabiyot fanlaridan dare beradi, Toshkent universitetining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930 — 35). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1933) va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot in-tida (1934—37) ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1937 y. da Sovet davla- ti qatag‘on siyosatining avj olishi Oybekning «millatchi» va «milliy itti-hodchilar»ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi bo‘ladi. Kambag‘al oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatag‘ondan omon qolgan Oybek 1938 y. oxiridagina O‘zbekiston o‘quv-pedagogika nashri-yotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941—45 y. lar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxe sifatida quvg‘inga 316 Yanvar, 2025-Yil uchraydi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar bo‘limiga (1935 — 51), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar uyushmasi hay’atiga rais, «Sharq yulduzi» jur. ga bosh muharrir (1945— 59) etib ta-yinlanadi; Til va adabiyot in-tining direktori (1950—52) hamda «O‘zbek tili va adabiyoti» jur. ning bosh muharriri (1958—68) vazifasini bajaradi. 50-y. lar avvalida yana qatag‘on to‘lqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzok, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi. Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. «Cholg‘u tovushi» degan birinchi she’ri 1922 y. «Armug‘on» jur. da bosilgan. Bu vaqtda u Cho‘lpon, shuningdek, «yosh usmonlilar» she’riyati ta’sirida bo‘lib, ular ruhidagi she’rlaridan iborat «Tuyg‘ular» (1926) va «Ko‘ngil naylari» (1929) to‘plamlarini e’lon qilgan. O dastlabki ijodida davrning o‘tkinchi mavzulariga ba- g‘ishlangan sarbast she’rlar yaratgan, ularning aksariyati «Mash’ala» (1932) to‘plamidan o‘rin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuyg‘u va kechinmalar tasviriga katta e’tibor berib, «ko‘ngil lirikasi» namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini tarjima qilishi (1936) jarayenida orttirgan tajribasi tufayli va A. S. Pushkin asarlaridagi lirizm ta’sirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan, o‘zbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini o‘ziga simirgan she’rlari nafaqat shoir she’riy ijodining, balki umuman o‘zbek lirikasining shoh namunalaridan biri bo‘ldi. Shoir bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuyg‘u va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik she’riyat tilini nafosat yog‘dulari b-n jilolantirib yubordi. Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik ko‘lam Oybek she’riyatiga xos xususiyatlardir. U lirik she’riyat bilan bir qatorda dostonna-vislik sohasida ham izlanishlar olib borib, «Dilbar — davr qizi» (1932), «O‘ch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlarni yezdi. Shoir bu dostonlarida o‘z davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiyma’naviy masalalarini ko‘tarish bilan birga tarixiy o‘tmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro- epik she’riyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir san’atkor ekanini namoyish etadi. «Uch» va «Navoiy» dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak «Qutlug‘ qon» va «Navoiy» romanlari uchun o‘ziga xos eskiz vazifasini o‘tadi. Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937—38 yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan lirik she’rlari burjua she’riyati namunalari, deb baholandi. 317 Yanvar, 2025-Yil Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, «ko‘ngil she’riyati»ga tamomila zid o‘laro
Доказательный фрагмент
«This article contains information about the path of Oybeki, the son of Musa Tashmuhammad, the great representative of Uzbek literature of the 20th century, and his work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article contains information about the path of Oybeki, the son of Musa Tashmuhammad, the great representative of Uzbek literature of the 20th century, and his work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oybek, poetry, poet, literature, language, work, adabiyot, ijod., she’riyat, til, shoir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026