Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tosheva Gulshoda Kamolovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Kalit so’zlar: Pedagogik Deontalogiya (in-academy.uz/index.php/yo) · Deontologik Kompetentlik. (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 5 · 464-465 · 2026
Аннотация
shbu maqolada oily o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib berilgan, oliy ta’lim sohasida bo’lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda “deontologik yo’nalish”, “deontologik kompetensiya ” va “deontologik rivojlanish” tushunchlari ochib berilgan. Kalit so’zlar: Pedagogik Deontalogiya, Kompetentlik, Odob-Ahloq, Xulq-Atvor, Deontalogiya, Xulosa, Deontologik Kompetentlik. Bugungi barcha texnologiyalar taraqqiy etgan zamonda bir jаmiyаtning kelаjаgi uning аjrаlmаs qismi vа hаyоtiy zаrurаti bо'lgаn tа'lim tizimining qаy dаrаjаdа rivоjlаngаnligi bilаn belgilаnаdi. Bugungi kundа mustаqil tаrаqqiyоt yо'lidаn bоrаyоtgаn mаmlаkаtimizning uzluksiz tа'lim tizimini islоx qilish vа tаkоmillаshtirish, yаngi sifаt bоsqichigа kо'tаrish, shuningdek o’z kasbining yetuk mutaxasis kadrlarini tayyorlash orqali tа'lim sаmаrаdоrligini оshirish dаvlаt siyоsаti dаrаjаsigа kо'tаrildi. Mamlakatimizda ta’lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda ta’il bilan bir qatorda o’z kasbiga mos deontologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish, ularni yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashi uchun zamon talabiga mos ravishdamutaxassis kadr qilib tayyorlash uchun barcha imkoniyatlardan keng foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bo’lajak o’qituvchilarda har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash, kasbiy faoliyat xususyatlari, ahloqiy-huquqiy normalar asosida ta’lim tizimini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish jarayonlari, bo’lajak o’qituvchilarning o’z kasbiy burchini anglashi va o’z faoliyati uchun javobgarligi bilan belgilanadi Bo’lajak o’qituvchilarda deontologik malakalrni rivojlantirish asosida ijtimoiy va kasbiy rivojlanishdagi muvaffaqqiyatini belgilab berishi, o’z faoliyati va ta’lim tizimining boshqa munosabatlarini tartibga solishda o’z samaradorligini ta’minlashi ko’rsatilgan. Deontologiya – so’zi yunonchburchini anglashi a “deontos”-“shart” “burch”, logos-“ta’limot”, “o’rganish” degan ma’noni anglatadi. Burch va majburiyat (axloqiy burch mutaxassis uchun ishlatiladi) meditsina xodimi, o’qituvchi-pedagog, jamiyat ishlarida davlat boshqaruvida rahbarlar oldida va shu bilan har bir shaxs oldida ham uni burch, vazifasi va avtoritetini xalq oldidagi burchi,mas’uliyatini ifodalaydi. Bugungi tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bo’lajak o’qituvchilarda umaman o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishda, o’qituvchining xulq-atvor traektoriyasida ahloqiyva ahloqiy improtivlar rioya qilish ustuvorligi bilan ta’lim sohasidai kasbiy ta’lim stanartlar talablari va boshqa me’yoriy hujjatlar bajarilishini boshqarish kerakligi aniqlandi. Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o’qituvchi-tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli qonunlari, me’yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda,ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi,bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Aynan bugungi kun o’qituvchisga qo’yilayotgan talab juda yoqori, unga mos kardlarni yetishib chiqarish oliy ta’lim muassalarining asosiy maslasidir.Ta’lim jarayonida o’qituvchiga xos xislatlar haqida to’xtalar ekanmiz, bu borada Sharqning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino o’qituvchiga xos bo’lgan xislatlar 119 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo haqidagi ushbu fikrlarini aytmoq joiz deb bildim: “Olimning fikricha o’qituvchi eng avvalo matonatli, sof vijdonli va bolani tarbiyalash metodlarini ham axloq qoidalarini mukammal biladigan o’z burchiga sadoqatli odam bo’lmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchining butun tashqi va ichki olamini o’rganib, o’ziga xos xislatlari bilan uning ichki dunyosiga kira olsagina, o’quvchida nafaqat fanga balki butun olamga bo’lgan qiziqishni uyg’ota oladi”. Olim ham bilimli ham shu bilimni o’quvchiga yetkazib ta’lim bilan bir qatorda tarbiyani ham olib bora oladigan, o’ziga xos odob ahloq normalariga rioya etadigan, burchiga sadoqatli kasb egalari yaxshi ustoz bo’la olishi mumkinligini ta’kidlaganlar Zamonaviy ta’lim modeli sharoitida bo’lajak o’qituvchilar nafaqat bilimlarni tarjimoni balki pedagogic ishning professional va deontologik tekisligida yotadigan roli xulqatvor va burch va majburiyatga asoslangan ta’lim jarayonining professional drijori bo’lmog’I kerakligini ko’rsatadi. Axborot texnologiyalari va internet olami taraqqiy etgan zamonda yashar ekanmiz bugungi kunda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodga to’g’ri ta’lim tarbiya berish , bu jarayonning asosiy boshqaruvchisi bo’lgan bo’lajak o’qituvchilarni har omonlama yetuk adr qilib tarbiyalash ularda nagfaqat kasbiy balki deontologik malakalarni ham rivojlantirish bugungi ta’lim jarayoning asosiy masalasidir. Shu munosabat bilan bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlik muayyan pedagogik vaziyatlarda pedagogi
Доказательный фрагмент
«shbu maqolada oily o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib berilgan, oliy ta’lim sohasida bo’lajak pedagog kadrlarni tayy…»
Образец извлечения
Демо-превьюshbu maqolada oily o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib berilgan, oliy ta’lim sohasida bo’lajak pedagog kadrlarni tayy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogik Deontalogiya, Xulosa, Xulq-Atvor, Kompetentlik, Odob-Ahloq, Deontalogiya, Deontologik Kompetentlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026