К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH

Asrayeva Munisa

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: audit; ichki audit; rivojlanish; mexanizm, moliyaviy nazorat, tashqi audit, ichki audit, ichki audit xizmati bo‘limi yig‘ma hisoboti, ichki audit natijalari, ustav, kuzatuv kengashi, bo‘lim boshlig‘i, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati tizimi mamlakat iqtisodiyoti va davlat boshqaruvining samarali ishlashi uchun alohida ahamiyatga ega. Davlat byudjeti va moliyaviy resurslarning to‘g‘ri va samarali ishlatilishi, davlat xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishi, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy xavf-xatarlarni minimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizimning samarali ishlashi uchun ichki audit xizmati katta ahamiyat kasb etadi. Ichki auditning asosiy vazifalari moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va aniqligini ta'minlash, moliyaviy resurslarning samarali va maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish, tashkilotning ichki nazorat tizimini mustahkamlashni asosiy vazifa sifatida belgilaydi. Biroq, global iqtisodiy o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar, xalqaro moliyaviy standartlar va audit usullarining rivojlanishi bilan ichki audit xizmati ham doimiy ravishda takomillashtirishni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ichki audit tizimining 13 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 samaradorligini oshirish, uning xalqaro tajribalarga asoslangan ilg‘or usullardan foydalanishini ta'minlash zarurati mavjud. Bu, ayniqsa, davlat byudjeti va moliyaviy resurslarining to‘g‘ri boshqarilishini kafolatlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda, shuningdek, davlat organlarining faoliyatini shaffofligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ichki audit xizmatining bugungi holati, uning mamlakat iqtisodiyoti va davlat boshqaruvida o‘rni, hamda tizimdagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ichki auditni takomillashtirishning zamonaviy usullari, xalqaro tajribadan foydalanish va audit faoliyatini samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola ichki auditning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar, amaliy yondashuvlar va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tahlilni taqdim etadi. Ushbu izlanish ichki audit xizmati tizimining mustahkamlanishi va uning davlat moliyaviy nazoratida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini izohlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda hisob siyosatida yangi sahifa ochildi. Bu jarayonlar O‘zbekiston korporatsiyalari faoliyati ustidan ichki nazoratni tashkil etishda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning boshqa talablarini ilgari suradi. Mamlakatdagi korxonalar ichki auditi tizimining asosiy vazifasi –maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tan narxini pasaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Ichki auditor yana korxonaning mehnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha maslaxatlar berishi kerak. Iqtisodiy tizimning buzilishini tekshirish ko‘p mehnat talab qiladigan auditdir. Bunda korxona moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Ichki auditor korxonada u yoki bu rivojlanish yo‘nalishini ma’qullashi yoki ma’qullamasligi mumkin. Ichki audit maqsadi korxona xodimlarining qonun hujjatlariga, me’yoriy hujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga rioya etishini nazorat qilish, tamonlar manfaatlari o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, korxona amalga oshirayotgan operatsiyalarning xususiyatlari va ko‘lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash xamda korxona faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo‘llaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit qonun va me’yoriy hujjatlarga asosan tashkil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 14 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mexanizm, rivojlanish, audit, moliyaviy nazorat, tashqi audit, ichki audit, ichki audit ichki audit xizmati bo‘limi yig‘ma hisoboti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники