К содержанию
РецензированоUZ2026

Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari

TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI · Iminov Farhod Tohirjonovich · Karimov Sardor Shuhratjon o‘g‘li (Toshkent moliya instituti, magistrant)

Цифровая экономика · 2026

Аннотация

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatimizda investitsiya muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki bu muhit iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada sug‘urta faoliyatining investitsion muhit samaradorligiga ta’sir etuvchi jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada milliy sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati samaradorligini oshirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda investitsiya faoliyati sug‘urta kompaniyalarining asosiy daromadlarini ta’minlashi kerakligi, bu esa sug‘urta kompaniyalarining asosiy daromadlarini ta’minlanishida o‘z kapitalini muntazam ravishda oshirish va moliyaviy ahvolini yaxshilash, milliy sug‘urta bozorini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishning muhim yo‘li kabilar yoritib berilgan. Annotatsiya. В последнее время правительство Республики Узбекистан уделяет особое внимание развитию инвестиционной среды в нашей стране, ведь эта среда играет большую роль в развитии экономики. В данной статье рассматриваются аспекты страховой деятельности, влияющие на эффективность инвестиционной среды. Также в статье указано, что повышение эффективности инвестиционной деятельности национальных страховых компаний, с учетом мирового опыта, инвестиционная деятельность должна обеспечивать основной доход страховых организаций, что означает регулярное увеличение собственного капитала для обеспечения основного дохода страховых компаний. А также важный способ улучшить финансовое положение, создать возможность для развития национального страхового рынка и оказать положительное влияние на развитие национальной экономики. Annotation. Recently, the government of the Republic of Uzbekistan has been paying special attention to the development of the investment environment in our country, because this environment plays a big role in the development of the economy. This article discusses aspects of insurance activities that affect the effectiveness of the investment environment. The article also states that increasing the efficiency of the investment activities of national insurance companies, taking into account world experience, investment activities should provide the main income of insurance organizations, which means a regular increase in equity capital to ensure the main income of insurance 158 “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022 companies. And also an important way to improve the financial situation, create an opportunity for the development of the national insurance market and have a positive impact on the development of the national economy. Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi tendentsiyalari, sug‘urta kompaniyalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari sug‘urta zaxiralarini ko‘paytirish, sug‘urta kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashni taqozo etmoqda. Cheklangan resurslar sharoitida sug‘urta kompaniyalari kapitalini shakllantirishning asosiy manbalaridan biri bu investitsion faoliyatdir. Mamlakatimizda sug‘urta tizimini rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarga yaratilgan xuquqiy asos va kafolatlar tufayli ularning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart” [3], deya ta’kidlab, investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muhim ahamiyatga egaligi va uni jalb qilishning dolzarbligini e’tirof etadi. Sug‘urta tashkilotlari investitsiya kapitalining eng katta manbai hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda ular kapital bozorida mablag‘larning harakatini amalga oshiradilar. Sug‘urtalovchilar sug‘urtalanuvchilardan oladigan tarqoq kichik badallar doimiy ravishda to‘ldirilib turiladigan ulkan sug‘urta fondiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda, sug‘urtalovchi passiv pul oqimlarini faol kapital oqimiga aylantiradi. Zaxiralarning hajmi va mablag‘larini joylashtirish shartlari sug‘urta kompaniyalarini eng qudratli moliya-kredit institutlariga aylantirganligi sababli, sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta faoliyati iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida e’tirof etilgan. Investitsion daromad sug‘urtalovchi uchun qo‘shimcha foyda manbai hisoblanadi. Natijada, tarif stavkasi tarkibiga kiritilgan daromad stavkasi pasayadi va tarif ham shu miqdorga kamayadi, buning natijasida bundan sug‘urtalovchilar ham, sug‘urtalanuvchilar ham birdek manfaatdordirlar. Sug‘urta biznesi sug‘urta kompaniyalarining investitsion faolligi bozorning turli sohalarida shakllantirilish sharti bilan muvaffaqiyatl

Доказательный фрагмент

«So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatimizda investitsiya muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki bu muhit iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatimizda investitsiya muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki bu muhit iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
управление рисками, страхование, оценка и анализ инвестицион­ных проектов, sug’urta, investitsion faoliyat, investment potential of an insurance organization, investitsiya risklari, risk management, инвестиционный потенциал страховой организации, assessment and analysis of investment projects, investment risks, sug’urta kompaniyasining investitsion potentsiali, investment activities, инвестици­ онные риски, investitsiya loyihalarini baholash va tahlil qilish, insurance, инвестиционная деятельность, risklarni boshqarish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники