К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY VA ZAMONAVIY HISOB SO‘ZLAR TAHLILI

O‘tasheva Ruxshona · Sharof Rashidov nomidagi

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

O‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz leksik qatlamining uzoq tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan. Badiiy asar tilini tahlil etganda numerativ so‘zlarning ham o‘rni alohida ekanligi ko‘zga tashlanadi. O‘zbek tilshunosligida son so‘z turkumining ajralmas qismi bo‘lgan numerativ so‘zlar tadqiqi borasida bir muncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, jahon tilshunosligida ham bunday so‘zlar Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida alohida ahamiyatga ega va keng tadqiq etilgan. Chunki bu mamlakatlar leksik qatlamida numerativ so‘zlar juda ko‘p qo‘llaniladi va tez-tez uchraydi. Kalit so‘zlar: pud, qadoq, miri, paqir, hisob so‘z, numirativ so‘z. Ko‘plab hisob so‘zlar eskirib iste’moldan chiqib ketgan bo‘lsa (tarixiy), yana bir qismi o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib bergan, ya’ni arxaiklashgan. Agar eskirgan hisob so‘zlarni o‘quvchi o‘rganmasa, tarixiy mavzudagi asarlarni o‘qishga qiynalishi aniq. Masalan, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Qoravoy nutqida 2 pud-u 17 qadoq, 2 tanga-yu 1 miri, yeti paqir jumlalari uchraydi. Asarda uchraydigan pud, qadoq, miri, paqir so‘zlari maktab bolalari tugul kata yoshdagi kishilarni ham, ba’zan mutaxassislarni ham o‘ylantirib qo‘yadi. Shuning uchun tarixiy so‘zlarning izohini men ushbu bitiruv ishimda keltirishni niyat qildim. Pud – 16 kilogramm Botmon – 20 kilogramm Min – 3 kilogramm Man – 680 gramm Misqol – 4,1-4,4 gramm Moshsha – 1,98 gramm Nimcha – 2 kilogramm Osor – 17 gramm Paysa – 50 gramm Sir – 74,24 gramm Tula – 11,32 gramm 64 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Xarvar – 30-100 kilogramm Qadoq – 400 gramm Sari – 2,5 kilogramm Ukya – 33,4 gramm Kiyrat – 0,236 gramm Chaksa – 5,3 kilogramm Dahsar – 30-32 kilogramm Arshin – 71,1 santimetr Gaz – 70-90 santimetr Tano – 0,25-0,5 gektar Tosh – 7-8 kilometr yo‘l Farsax – 8,9-9,5 kilometr Chaqirim – 1,5 kilometr Qarich – 20 santimetr Yangi numerativlarni axborot o‘lchov birliklari sifatida baholash va ularni o‘rganishimiz tilimiz taraqqiyotining natijasidir. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit so‘zi ingliz tilidagi “binary digit” so‘zlaridan olingan, ya’ni “ikkilik raqam” degan ma’noni bildiradi[1]. Masalan, 1 bit axborot. Bu yerda bit axborotning o‘lchov birligi bo‘lib, soning oldida kelib numerativ vazifasini bajaradi. 1 soni esa numerativning miqdorini ifodalamoqda. Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt o‘lchov birligi qabul qilingan. Bayt so‘zi ingliz tilidagi “byte” so‘zidan olingan. 8 bit 1 baytga teng. Masalan: 8 ta 0 va 1 raqamida 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit(raqam) qatnashmoqda, 16 ta 0 va 1raqamida esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda. Masalan, 4 bayt hajmli rasm. Ushbu gapda bayt numerativ vazifasini bajarmoqda. Bunday numerativlar aniq miqdorni ifodalashi bilan boshqa numerativlardan farqlanadi. Baytdan kattaroq o‘lchov birligi kilobayt deyiladi. 1 Kbt= 1024 baytga teng. Bugungi kunda hayotimizni rasmlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular har bir daqiqamizni muxrlab qo‘yishda beminnat yordam beradi. Mana shu rasmlarning o‘lchami asosan kilobaytlarda o‘lchanadi. Masalan, Yangi rasmimiz atiga 270 kilobaytni tashkil etar ekan. Xalqaro me’yorda kilobaytdan katta o‘lchov birliklari ham qabul qilingan bo‘lib, ular megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt) kabi belgilangan. 1 megabayt = 1024 kilobaytga teng; 1 gigabayt = 1024 megabaytga teng; 65 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 1 terabayt = 1024 gigabaytga teng; 1 petabayt = 1024 terabaytga teng[2]. Bugungi globalizatsiya va axborotlar asrida yashar ekanmiz, ularni hisoblaymiz, o‘lchaymiz. Kundalik hayotda ularga ko‘plab marotaba duch kelamiz. Masalan, internet foydalanuvchilari axborotlarni olishda bu kabi o‘lchov birliklariga ko‘p duch kelishadi. Masalan, 1000 megabayt internet 10000 so‘mga. Aksiya 1000 megabayt videoni yuklab oling (Internetdan). Bu yerda numerativlar son oldida kelib miqdorni o‘lchashda xizmat qilmoqda. Boshqa ba’zi bir numerativlar kabi axborot o‘lchov birliklarining ham qisqartma shakllari mavjud. Bular: bit=b., bayt = bt., megabayt = Mbt., kilobayt = Kbt., gigabayt = Gbt., terabayt= Tbt., petabayt = Ptb. kabi belgilanadi. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi axborot o‘lchov birliklari № Nomi Hajmi 1. 1 bit 2. 1 Bayt 8 bit 3. 1 kilobayt 1024 bayt 1024 kilobayt 4. 1 megabayt 5. 1 gigabayt 1024 megabayt 6. 1 terabayt 1024 gigabayt 7. 1 petabayt 1024 terabayt T-CHIZMA O‘lchov Tarixiy hisob № Zamonaviy hisob so‘zlar turlari so‘zlar Og‘irlik MilligramGramm LitrTonna Misqol Paysa 1 o‘lchovlari Kilo(gramm) Sentner Botmon dahsar Chaqirim Uzunlik Millimeter Ditsimetr Gaz 2 Qarich o‘lchovlari Santimetr kilometr qalam Yog‘och Maydon 3 Sotix Gektar Tanob o‘lchovlari 66 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Paysa Tosh Pud Eskirgan Jon Enl

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz leksik qatlamining uzoq tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz leksik qatlamining uzoq tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qadoq, paqir, numirativ so‘z., hisob so‘z, pud, miri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники