Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Raqamli platformalar va ularning kadrlar tayyorlashdagi o‘rni
TAYYORLASHDAGI O‘RNI · Gafurova Dilshoda Ramazanovna · Abdullayeva Madina Baxadirovna · Magistrant TKXU · Qodirova Xilolaxon Nodirbek qizi · Magistrant TKXU
Цифровая экономика · 1–12 · 2006
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli platformalar tushunchasi va mohiyati, qo‘llanilish yo‘nalishlari va kadrlarni ish bilan ta’minlashdagi roli haqida keltirilgan. Raqamli platformalarni qo‘llanilish sohalari batafsil yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli platforma, ijtimoiy tarmoq, elektron to‘lov, veb xizmatlar, xizmat sifatida xizmat (Servis as a Servis). Bugungi kunda tez va keng rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri bu raqamli platformalar bo‘lib, ularga kadrlarni tayyorlash ma’lum bir turlarga bo‘lib o‘qitiladi. Platformalar vositachilarsiz o‘zaro aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni o‘zaro birlashtiradi. Bugungi kunda dunyoda yuzlab raqamli platformalar faoliyat yuritmoqda. Raqamli formatda ishlayotgan kompaniyalar endilikda o‘z raqamli ekotizimlarini yaratganlar. Raqamli platformali biznes modellariga barchamizga tanish Amazon, Google, Uber, Yandex, Airbnb va Alibabalarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bu platformalarning har biri o‘ziga xos ixtisoslashuvga va xususiyatlarga ega. Ularning umumiy jihati shundaki, ular alohida-alohida funksiyalarni bajaradilar. Raqamli platformalar tashkilotlarda ularning jozibadorligini tushuntiruvchi bir qator xususiyatlarni taqdim etuvchi model sifatida qaraladi. Raqamli platformalar ma’lumotlarni tarqatish, qidirish, shartnoma tuzish va monitoring xarajatlari kabi tranzaksiya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi (Eisenmann va boshqalar. 2006; Pagani 2013). Misol uchun, TripAdvisor va Expedia kabi yig‘ish platformalari sayohatga tegishli axborotni to‘playdi va birlashtiradi bir nechta manbalardan ma’lumotlarni bitta platformaga yig‘adi ,shu bilan qidirish xarajatlarini kamaytiradi axborot va vositachi agentlarning xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Raqamli platformalar yordamida qo‘shimcha mahsulotlarning texnologik rivojlanishini tashkil etish va muvofiqlashtirish modullilik va tegishli boshqaruv tuzilmalari shakllantiriladi (Tiwana va boshqalar. 2010; Boudreau 2010). Masalan, Apple’ning iOS va Google’ning Android platformalari mustaqil dasturiy ta’minot ishlab 40 “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022 chiquvchilarga texnik va ilovalarni ishlab chiqishda ularning ishtirokini osonlashtiradigan va rag‘batlantiradigan tartibga soluvchi tuzilmani shakllantiradi. Ushbu xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda generativlik xususiyatiga ham ega (Faraj va boshqalar. 2016; Yoo va boshqalar. 2012). Generativlik texnologiyaning yangi natijalarni yaratish qobiliyati sifatida aniqlanadi, katta va turli millatlarga hos foydalanuvchilar tomonidan boshqariladi (Zittrain 2006). Masalan, generativ kraudsorsing platformalari qiyin muammolarga yangi yechimlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Amazon veb-xizmatlari (AWS) platformasi dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarga turli sohalarda tijorat dasturlarini yaratish va joylashtirish uchun vositalar (mashinali o‘qitish, bulutli hisoblash, mobil texnologiyalar, narsalar Interneti va boshqalar) ni taklif etadi. Amazon (362 milliard dollarlik kapitallashuv) onlayn supermarket sifatida ish boshlagan, ammo hozirda kompaniyalarga ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, hisoblash resurslari bilan ta’minlash, ma’lumotlar va xabar almashish kabi ko‘plab xizmatlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan bulutli IT infratuzilmasini yaratish imkoniyatini beradigan ekotizimni barpo etdi. Kompaniyaning 2018-yildagi daromadi $ 232,9 mlrd.ni tashkil etdi. Tashqi daromadining 60% ga yaqini asosiy biznes - onlayn tijorat, an’anaviy savdo ulushi 6% ni, AWS (“cloud” biznes) - taxminan 8% ni tashkil etadi. Amazon reklama siyosatining o‘ziga xos xususiyati yirik brendlar bilan bevosita ishlashdir. Kompaniya ularga sotish va iste’molchilarning xatti- harakatlari bo‘yicha o‘z ma’lumotlarini taqdim etadi. Amazon o‘zining ajoyib omborlari va yetkazib berish tizimlari bilan mashhur. Hozirda u yetkazib berishni dronlar orqali amalga oshirmoqda. Uber va Yandex taksi platformalari turli mamlakatlarda mavjud bo‘lib, yo‘lovchilar va taksi haydovchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qulay tarzda tashkil etadi. Shunga qaramay, Uber kapitallashuvi 2018-yil oxirida 120 mlrd. dollarini tashkil etdi. Airbnb ijara platformasi uy egalari va ijarachilar o‘rtasida moslashuvchan, boshqariladigan o‘zaro aloqalarni taklif etadi, uning kapitallashuvi 30 milrd. dollarni tashkil qilmoqda. Kickstarter platformasi innovatsiyon g‘oyalar mualliflariga kelajakdagi mahsulot yoki xizmatlarni amalga oshirish uchun mablag‘ yig‘ish imkonini beradi. Unwork kabi platformalar frilanserlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning to‘liq loyihalarini tavsiflash, ularni amalga oshirish shartlari, shartnomalar, ish haqi va talab qilinadigan soliq imtiyozlarini to‘lash va ish beruvchilarga onlayn guruh loyihalarini boshqarish imkoniyatini berish ishlarini olib boradi. Google platformasi (kapitallashuvi 546 milliard dollar), avvalo, ko‘plab xizmatlarga ega bo‘lgan qidiruv tizimidir. Google internet
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli platformalar tushunchasi va mohiyati, qo‘llanilish yo‘nalishlari va kadrlarni ish bilan ta’minlashdagi roli haqida keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli platformalar tushunchasi va mohiyati, qo‘llanilish yo‘nalishlari va kadrlarni ish bilan ta’minlashdagi roli haqida keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- web services, veb xizmatlar, service as a service (Service as a Service), социальная сеть, цифровая платформа, ijtimoiy tarmoq, xizmat sifatida xizmat (Servis as a Servis), social network, веб-сервисы, electronic payment, digital platform, электронный платеж, raqamli platforma, услуга как услуга (Service as a Service), elektron to‘lov
Смежные источники
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025