Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
TOPISHMOQLARNING TIL XUSUSIYATLARI HAMDA USLUBIY TAHLILI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Erkinova Dildora Sharofiddin qizi
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Topishmoqlar og‘zaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularning uslubi metafora (istiora), ko‘chim, kinoya, qochiriq yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma‘noda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa, hodisalarning belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu xususiyati haqida qadimgi yunon filosofii Aristotelning: “Juda yaxshi metafora tuzish yo‘li”, deyishi bejiz emas. Topishmoqlarning qaysi davrda yaratilganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning til xususiyati turlicha ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda ana shu holatni tahlil qilishga harakat qildik. Kalit so‘zlar: topishmoq, mifologiya, she’riy topishmoq, metafora, xalq og‘zaki ijodi. Topishmoq aytish qadimgi zamonlardan boshlab turli xalqlarning hayoti, ijtimoiy shart-sharoitlari, dunyoqarashlari, urf-odatlari, mifologik tasavvurlari bilan bog’liq bo’lgan. O‘zbek xalqi ham boshqa qardosh xalqlar kabi kuz va qish kechalari g‘o‘za chuvish, charx yigirish, olacha to’qish kabi qo‘l mehnati bilan bajariladigan turli-tuman ishlar davomida topishmoq aytishgan. Topishmoq aytish qaysi bir xalqda bo’lmasin u aql-ziyraklik musobaqasi, ko‘ngil ochish, o‘yin-kulgi vositasi. Topishmoq aytish, asosan, yoshlarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi bilim-tushunchasi, idroki va mulohazalarini kengaytirish uchun zarur tarbiya vositalaridan biri bo‘lgani tufayli ular soddadan murakkabga, osondan qiyinga borish usulida yaratilgan. Topishmoqlar orasida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar osonlik bilan topa oladiganlari bo‘lgani kabi katta yoshdagi bolalar, hatto turmush tajribasi ko‘p kishilarning ham boshini qotirib, o‘ylashga majbur qiladiganlari ham bor. Masalan, “Otdan baland, itdan past”, “Qoziq ustida qor turmas” kabi egar, tuxum haqidagi topishmoqlar xalq orasida keng tarqalganligidan topishmoq aytilib bo‘linmay, eshituvchilar uning javobini topa oladi. Ammo “Uzundan uzoq, havoga tuzoq” (tutun) kabi topishmoqlar ancha o‘ylantirib qo‘yadi. Topishmoqni hamma – kattadan kichik aytadi, uni topishga ham ko’pchilik ishtirok etadi. Xalq 91 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference orasida nisbatan ko‘p topishmoq biladigan kishilar topishmoqchi, jumboqchi ham deb yuritiladi. Topishmoqlarda savol tarzida aytiladigan fikrlar ma‘lum bir badiiy shaklga tushgan bo‘ladi. Ular xuddi maqollar kabi ixcham, quyma, ta‘sirchan formada yaratiladi. Badiiy tafakkur mevasi bo‘lgan topishmoqlarda fikr timsoliy yo‘l bilan ifodalanadi, uning savol va javobini ichki mantiqiy qiyoslash boshqarib turadi. Topishmoq aytuvchi qanoat hosil qilguncha shu tariqa savol-javob davom etadi. Javob topa olmagan shaxsning deyarli barcha tana a’zolari “sotib olinadi”. “Sotdim-oldim”da kishining ko‘zini – jin chiroqqa, burnini – hushtakka, boshini – toshga, og‘zini – o‘raga va boshqa a’zolarini turli-tuman narsalarga o‘xshatib, masxara qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, topishmoq aytishish mehnat ahlining o‘ziga xos ko‘ngil ochishi, xursandchilik qilishining bir yo‘lidir. Topishmoq aytish orqali davrada ajoyib xushchaqchaqlik, ruhiy ko‘tarinkilik paydo bo‘ladi. Topishmoqlarni yaxshi biladigan keksalarning guvohlik berishicha, topishmoq aytish kechalari juda maroqli o‘tgan, ayniqsa yoshlarga tarbiyaviy-ta’limiy jihatdan katta foyda yetkazgan. Ayrim topishmoqlar maqollik xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Masalan, “Hammaga to‘n tikaman, o‘zim yalang‘och” (igna) topishmog‘i chuqur ijtimoiy mazmuni bilan ajralib turadi. O‘zgalarning, to‘g‘rirog‘i, boy-amaldorlarning foydasiga kechasi-yu kunduzi tinmay mehnat qilib, o‘zi quruq qolgan, och- yalang‘och, muhtojlikda yashagan mehnatkashlar ommasining og‘ir, achinarli ahvoli g‘oyat obrazli ifodalangan. Lekin igna va ish haqidagi boshqa bir topishmoqni (“Kichkina xotin, lachagi uzun”) bunday deb bo‘lmaydi. Unda ayollar mashg‘uloti ko‘zda tutilganligini payqash qiyin emas. Topishmoqlarda hokim sinf tabaqasiga mansub kishilarning nomlari ishlatilishi ham bejiz emas. Masalan, “Abdullaxon – beustixon” (bit). “Tokchama- tokcha, Samatjon boyvachcha” (sichqon). “Hovuz yonida Sulton boyvachcha” (qurbaqa). Bunday topishmoqlarning umumiy mazmunida zaharxanda, piching bor. Birinchi topishmoqda xalqning qonini so‘rib, zolimlikda nom chiqargan Buxoro xoni Abdullaxonning nomi nafrat bilan tilga olinmoqda. Ikkinchisida tekinxo‘rlik, zararkunandalik, tayyorga ayyor, ucharlik sichqon obrazi misolida qaysi bir Samatjon degan qallobga tenglashtiriladi. Sulton boyvachcha esa, odamlarni ishlatib, faqat o‘z jonining huzurini biladigan, o‘zini koyitmaydigan bir amaldorga nisbat berilganligi aniq. Topishmoqlarda topilayotgan narsaning belgisi bo‘rtib ko‘rsatiladi. Buning sababi shundaki, topishmoqda o‘xshatilayotgan narsaning belgisi aynan o‘sha narsada yanada aniqroq, yorqinroq namoyon bo‘ladi. Masalan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metafora, xalq og‘zaki ijodi., she’riy topishmoq, mifologiya, topishmoq
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХудойқулова Ҳуррият Бердиевна2019