К содержанию
РецензированоUZ2026

TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH(NLP)DA KORPUS TEXNOLOGIYASINING O‘RNI

Rаximov Xаsаnboy Komiljonovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 18 · 51–68 · 2026

Аннотация

Maqolada NLP va korpus texnologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham tahlil qilingan. Korpus texnologiyalari NLP uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va vositalarni taqdim etadi, NLP esa ushbu ma’lumotlarni real amaliyotlarda qo‘llaydi. Ushbu integratsiya lingvistika va texnologiya sohalarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Korpus texnologiyalarining lisoniy qoliplar, grammatik qoidalar va lug‘atlarni rivojlantirishdagi rolini yoritib, uning ontologik bilimlar bazasi, semantik tarmoqlar va sun’iy intellekt tizimlarida qo‘llanilishiga urg‘u beradi. Shuningdek, tilshunoslik tadqiqotlarida maxsus korpuslardan foydalanish statistik natijalarga erishishning kvantitativ yondashuv sifatida taqdim etiladi. Korpus texnologiyalarining asosiy vositalari, masalan, AntConc, konkordansiya vositalari, kollokatsiya grafiklari va n-gram tahlillari matnning yuzaki xususiyatlarini tahlil qilish uchun samarali hisoblanadi. Kalit so‘zlar: tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), korpus texnologiyalari, lingvistik modellash, grammatik tahlil, sun’iy intellekt, semantik tahlil, statistik tahlil, konkordansiya vositalari, avtomatik tarjima, sentiment tahlil. Annotation: The article also analyzes the interrelation between NLP and corpus technologies. Corpus technologies provide essential data and tools for NLP, while NLP applies this data in real-world practices. This integration opens new opportunities in the fields of linguistics and technology. The article highlights the role of corpus technologies in the development of linguistic patterns, grammatical rules, and dictionaries, emphasizing their application in ontological knowledge bases, semantic networks, and artificial intelligence systems. Additionally, the use of specialized corpora in linguistic research is presented as a quantitative approach to achieving statistical results. Core tools of corpus technologies, such as AntConc, concordance tools, collocation graphs, and n-gram analyses, are considered effective for analyzing the surface features of texts. Keywords: Natural Language Processing (NLP), corpus technologies, linguistic modeling, grammatical analysis, artificial intelligence, semantic analysis, statistical analysis, concordance tools, machine translation, sentiment analysis. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)da korpus texnologiyasi zamonaviy lingvistika va kompyuter texnologiyalarining kesishgan nuqtasida joylashgan muhim sohadir. Korpus texnologiyasi kompyuter lingvistikasining asosiy obyekti va predmeti sifatida matnlarni qayta ishlashda modeli vazifasini bajaradi. Korpus texnologiyasi tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, turli olimlar tomonidan ta’riflangan. Masalan, O‘zMU professori Nilufar Abdurahmonova o‘zining “Korpusga asoslanib o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish” va “O‘zbek tilida sinonimiya hodisasini o‘qitishda korpusdan foydalanish” nomli maqolalarida korpusni elektron matnlarning lingvistik ma’lumotlar bazasi sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rifga ko‘ra, korpus turli uslubga tegishli og‘zaki va yozma matnlarni o‘z ichiga oladi. Elektron 16 korpusning tizimlashtirilgan va ma’lum me’yorlarga asoslangan tasnifiy matnlari yordamida lisoniy qoliplar, grammatik qoidalar, lug‘atlarni yanada takomillashtirishga hissa qo‘shadi. Tilning pragmatik va kognitiv tasviri aks etgan og‘zaki va yozma matnlar majmuasi (korpus) ontologik bilimlar bazasi, semantik va neyro to‘rlar va sun’iy intellekt texnologiyasi hamda lingvoprotsessor uchun tilning lisoniy modellari va nutqiy aktlarni o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Filologiyaning muayyan sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda maxsus korpuslar yaratishda lingvistik instrumentlaridan foydalanish statistik natijalarga erishishning kvantativ usuli bo‘lib xizmat qiladi. Matnlarni tahlil qilishda muayyan turdagi instrumentariylar korpus foydalanuvchilarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib individual foydalanuvchilar interfeysi va korpus menedjeriga ega bo‘ladi. Parallel matnlar uchun segmentlash va lingvistik tahlil jarayonida Wordfast kabi instrumentlar samarali texnologik vosita sanaladi. Parallel matnlardagi konkordanslarni aniqlashda so‘z, so‘z birikmasi yoki barqaror birikmalarning u yoki bu tildagi muqobil ekvavalentligini aniqlashda tayyor lingvistik instrumentariylarga tayanish muhim. Parallel matnlardagi kalit so‘zlar uchun kontekstda tez-tez qo‘llanadigan birliklarni tarjimon xotiraga yuklash orqali parallel matnlarning qidiruv tizimini yaratishda foydalaniladi1. Korpus lingvistikasida hisoblash vositalari ularning funksiyalari va qo‘llanilishiga qarab bir necha turga bo‘linadi. Birinchi navbatda, asosiy korpus vositalari, masalan, AntConc2 va kontekstdagi kalit so‘zlar (KWIC)3 foydalanuvchilarga so‘z yoki iboralarni qidirish va ularning yaqin kontekstda har bir holatini ko‘rish imkonini beradi. Ular so‘zlar va iboralar ro‘yxatlarini, chastotali ro‘yxatlarni va boshqa vizualizatsiya usullarini yaratadi. Ushbu dasturiy ta’minotning maqsadi matn ma’lumotlarini korpus statistikasi standartlariga asoslangan

Доказательный фрагмент

«Maqolada NLP va korpus texnologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada NLP va korpus texnologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Natural Language Processing (NLP), corpus technologies, linguistic modeling, konkordansiya vositalari, semantik tahlil, lingvistik modellash, grammatik tahlil, statistik tahlil, sentiment tahlil., sun’iy intellekt, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), korpus texnologiyalari, avtomatik tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники