Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKALARI
ISHLASH METODIKALARI · Karamatova Dilfuza Sadinovna · Qilichova Mohichexra Jumaqul qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 3 · 380-383 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash, bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini shakllantirish, bilimlarni egallashida yuzaga keladigan muammolarni yechish qo‘llaniladigan metodikalar va bu orqali erishilgan yaxshi natijalar kabi masalalar ochib beriladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, ta’lim, tarbiya, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma, malaka, kompitensiya, interfaol yondashuv, faollikni oshirish. Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib to‘g‘ri ma’qul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta’kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridi [1]. Darhaqiqat, yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishiga zamin yarata olmaymiz. Eng avvalo, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarga to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bilim berish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida o‘yin faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi [2]. O‘quvchi tobora mas’uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining xotirasi takomillashadi, tafakkuri o‘sadi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo‘ladi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina 75 fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi [3]. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham o‘zlashtirib oladilar. Bu davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik, iftixor kabi hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Ammo o‘quvchilar orasida fanlardan orqada qolish, o‘zlashtirishi past baholanadiganlari ham uchrab turadi. Ushbu o‘quvchilar bilan har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi alohida ishlarni olib borishi va ulardagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, imkon qadar bunga yechim topishi zarur [4]. Shunday ekan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir diplamat, o‘z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart. Har bir boshlang‘ich sinfda dars berish jarayonida fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarga duch kelamiz. Bu o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchidan yuqori malaka talab qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi metodikalari qo‘llashi,past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning faolligini oshirishi va bu orqali past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning boshqa tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash lozim [4]. Shundagina har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan va har bir o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonini amalga oshiradi olgan hisoblanadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qat…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, faollikni oshirish., o‘quvchi, ko‘nikma, interfaol yondashuv, ta’lim, bilim, malaka, boshlang‘ich sinf, kompitensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025