Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ETNOSPORT O‘YINLARI TARIXI (MILLIY KURASH MISOLIDA)
Yuldashov Behzod Furqat o‘g’li
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
В данной статье приведена информация о истории этноспортивных игр и значении национальной борьбы в их контексте. Ключевые слова: этноспорт, борьба, Хорезмский оазис, Абу Али Ибн Сина, Алишер Навои. Annotation: This article presents information about the history of ethnosport games and the significance of national wrestling within them. Key words: ethnosport, wrestling, Khorezm oasis, Abu Ali Ibn Sina, Alisher Navoi. Xorazm vohasi O‘zbekistonning tarixiy va madaniy jihatdan boy hududlaridan biri bo‘lib, u yerda asrlar davomida shakllangan etnosport o‘yinlari xalqning madaniy merosi va milliy o‘zligini namoyon qiladi. Ushbu ilmiy tezis Xorazm vohasidagi etnosport o‘yinlarining tarixi, turlari va bugungi kundagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Etnosport o‘yinlari Xorazmliklarning kundalik hayoti va urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur o‘yinlar qadimda nafaqat jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, balki yosh avlodni tarbiyalash va jamoaviy birdamlikni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Xorazm vohasida keng tarqalgan o‘yinlar qatoriga kurash, ot poygalari va milliy o‘yinlar kiradi. Bu o‘yinlar qadimiy qo‘lyozmalarda va xalq og‘zaki ijodida aks etgan. O’tmishda qabilalar va davlatlar o’rtasida nizolar ularning vakillari olishuvida hal etilgan, jangchining halok bo’lishi, qon to’kilishini bartaraf etgan. Har bir tomon o’z qo’shinlari ichidagi eng kuchli polvonni maydonga chiqarib, olishtirishgan. Jang qurollari (qilich, nayza, yoy, kamon) yaroqsiz holatga kelib qolsa qo’l bilan urishishgan. Mag’lub bo’lgan polvon qaysi qo’shinning vakili bo’lsa, shu qo’shin yengilgan deb hisoblangan. Ulug’ hakim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’sha vaqtdagi milliy kurashi haqida shunday fikr yuritgan edi: “Kurash har xil bo’lgan. Shulardan bittasida ikki erkak bir-birlarning belbog’larini ushlab o’ziga tortadi va har biri o’z raqibidan qutulishga intiladi, harakat qiladi, lekin biri boshqasini qo’yib yubormaydi.1 Buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari jismonan baquvvat bo’lishi uchun har xil mashqlardan foydalanishgan. Ayniqsa, kurash usullarini tinmay o’rganishgan. Bu davrda kurash nihoyatda ommaviylashib, jang, tomosha ko’rinishida va musobaqa tarzida qo’llanilgan. Alisher Navoiyning “Hamsa”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida kurash haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Qo’qon xoni Xudoyorxon ham kurashni juda yaxshi ko’rgan va sayllarda, to’ylarda kurashchilarni taklif qilib ularni kurashidan huzur qilganligi manbalardan ma’lum. Hatto o’ttizga yaqin polvonni o’z qarorgohida ushlab, ularga hurmat bilan qarab kelgan. 1 Azizov X.N. Belbog’li Turkiston kurashi. T., 1998. C.7. 134 ` XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoga safar qilgan sayohatchi X.Vamberi oilada farzand tug’ilganiga 40 kun to’lganda, ya’ni chaqaloqning chillasi chiqqandan keyin bayram belgilanadi. Bayram arafasida har xil o’yinlar tashkil qilinib, oxirida esa polvonlar bellashadilar deb yozadi.2 Yuqoridagi fikrlardan shu ma’lum bo’ladiki, biz hozirgi zamon milliy kurashi qadimdan mavjud bo’lganligiga, asrlar davmida rivojlanib, kishilarga zavq-shavq baxsh etib kelganligiga, mardlarning maydondagi mahoratini, matonatini namoyish etadigan an’anaviy sport turi ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bugungi kunda etnosport o‘yinlari Xorazm vohasida nafaqat madaniy merosni saqlash, balki turizmni rivojlantirish vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.3 Xususan, milliy sport festivallari va xalqaro musobaqalar orqali Xorazm madaniyati dunyoga tanitilmoqda. Shu bilan birga, etnosport yoshlarda milliy g‘urur va jismoniy tarbiya ruhini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.Xorazm vohasida etnosport o‘yinlari xalqning tarixiy- madaniy merosi sifatida katta ahamiyatga ega. Ularni kelajak avlodga yetkazish va rivojlantirish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi: 1. Etnosport o‘yinlarini maktab va universitetlarning sport dasturlariga kiritish. 2. Hududiy va xalqaro etnosport musobaqalarini tashkil qilish. 3. Ushbu o‘yinlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va ularni ommalashtirish. 4. Turizmni rivojlantirishda etnosport festival va tadbirlarini muntazam o‘tkazish. Etnosport o‘yinlari Xorazm xalqining boy merosini saqlash va uni dunyoga tanitishda beqiyos vositadir.
Доказательный фрагмент
«В данной статье приведена информация о истории этноспортивных игр и значении национальной борьбы в их контексте.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье приведена информация о истории этноспортивных игр и значении национальной борьбы в их контексте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethnosport, wrestling, Khorezm oasis, Abu Ali Ibn Sina, Alisher Navoi, kurash, Xorazm vohasi, Abu Ali Ibn Sino, etnosport, Alisher Navoiy.
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаMamayusupova S.M., Senior Lecturer +12025
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020