К содержанию
РецензированоRU2024

YOSHLARGA OID 5 MUHIM TASHABBUSNING AMALIYOTGA TADBIG’I

UZBEKISTAN” JURNALI · Radjabova Madina Gaibnazarovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

В статье рассматриваются 5 важных принципов по инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева по эффективной организации молодежного досуга и его роли в воспитании современной молодежи. Ключевые слова: Обновленный Узбекистан, пять инициатив, молодежь, гармонично развитое поколение, общество, развитие, реформы. Annotation. The article discusses 5 important principles at the initiative of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev for the effective organization of youth leisure and its role in the education of modern youth. Keywords: Renewed Uzbekistan, five initiatives, youth, harmoniously developed generation, society, development, reforms. Bugun O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan borib yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda fuqarolarga o‘z iqtidorini namoyon qilish va orzularini ro‘yobga chiqarish imkon beradigan tizim shakllandi. Har qanday davlatning taqdiri, kelajagi yosh avlodga, uning jismoniy, ma’naviy kamolotiga bog‘liq. Chunki jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodli, bilimli, ma’naviyati yuksak, vatanparvar, barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham yurtimizda yoshlarning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilib, ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi 680 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, ularning hayotga munosabatini tubdan o‘zgartirish va yuksaltirish, ayniqsa ma’lum bir kasb bilan shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, ularda turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisida quyidagi 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi: Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Vatan oldidagi asosiy burchlari mamlakatimiz Qomusi - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59, 60, 61, 62, 63, 64 - moddalarida belgilab berilgan. Ya’ni, ular «Fuqarolar Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning 681 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab- asrashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, fuqarolar Qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar” [1, 18-19-bb.], – deyilgan. Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr- oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Abu Rayhon Beruniy, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, imom at- Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko‘tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir. Vatan - bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan muborak joyi, mahallasi, qishlog‘i, shahri, ona yurtidir. U yashayotgan zamindir. Mana shu vatanni himoya qilish, vatanning gullab-yashnashi uchun halol mehnat qilish, kerak bo‘lsa, vatan himoyasi

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются 5 важных принципов по инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева по эффективной организации молодежного досуга и его роли в воспитании современной молодежи.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются 5 важных принципов по инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева по эффективной организации молодежного досуга и его роли в воспитании современной молодежи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Renewed Uzbekistan, five initiatives, youth, harmoniously, barkamol avlod, yoshlar, besh tashabbus, Yangilanayotgan O‘zbekiston, islohotlar., jamiyat, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники