К содержанию
РецензированоUZ2024

Bargning morfologik va anatomik tuzilishi va xillari

UZBEKISTAN” JURNALI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Barg o‘simliklarning asosiy qismi bo‘ib,unda fotosintez jarayoni kechadi.Bu jarayon bargning qizib ketmasligini oldini oladi.Barg-oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi. Kalit so‘zlar: Barg,fotosintez,bargning tomirlanishi,oddiy va murakkab barglar,moddalar, barg plastinkasi,geterofiliya,yaproq,gaz almashinuvi, suv va mineral tuzlar. Kirish: Barg (lotincha folium, yun. phyllon) – yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Baʼzi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti taʼsirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3-10 sm, ayrim oʻsimliklar (palma, banan) bargi 20 m ga yetadi. Bargning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq deyiladi, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi barg bandi deyiladi. O‘simliklarda barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barg sathininng asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug’lab havoga chiqarish) dan iboratdir.Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral (lat. dorzo-orqa, venter-qorin) tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko‘tarilib turadi va shu sababli o‘simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgor hodisasi saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya vositasi o‘simliklarni qizib ketishidan saqlaydi. Barg sathining o‘sishi yorug’likni tutishiga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug’latishga bo‘lgan moslamadir. Bu moslama uzoq davom etgan evolutsiya jarayonida o‘simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan. Yetilgan tipik barg uch qismdan: barg (plastinkasi, barg bandi va barg asosi (tagi)dan iborat. Kuzga ko‘rinadigan tipik barg (plastinka)ning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, u yassi shaklda,dorzoventral tuzilishda bo‘lib, uning o‘sishi cheklangan. Bargning katta-kichikligi har xil, eng yirik barg rafiya deb atalgan, patsimon bargli daraxtlarida 15-20 m, Janubiy Amerikaning tropik qismida, ayniqsa, Amazonka daryosi havzalarida ko‘p tarqalgan Viktoriya regiya bargning diametri 2 metrgacha, 395 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 eng kichik barg, volfiyada esa bir necha sm. gacha. Asosiy qism: Bargning asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinish, barg plastinkasida sodir bo‘ladi. Barg plastinkasi bilan barg asosi o‘rtasida barg bandi joylashgan. Uning shakli silindrsimon, yassi, uzun (yong’oqda) yoki qisqa (tolda) bo‘lishi mumkin. Bandi bor barglar bandli barglar deb ataladi. Bargning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bogʻliq Yaproqning yassi boʻlishi bargning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi. Barg oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy barg bandida bitta, murakkab barg bandida bir necha yaproq bor. Oddiy barg. yaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi. Ko‘pgina o‘simliklarda esa bargning asosi tarnovga o‘xshab kengaygan bo‘lib, poyani bir qismini o‘rab oladi va barg navi yoki barg g’ilofi deyiladi. Barg g’ilofi bir pallali (bug’doydoshlarda) va ba’zi ikki pallali (ziradoshlarda) uchraydi. Barg g’ilofi tiniq (shaffof) parda (po‘st)li yoki qo‘ng’ir, kulrang bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina o‘simliklarda barg bilan poyaning qo‘shiladigan joyida ya’ni barg bandining asosida (tagida) bir juft alohida o‘simtalar chiqadi, bularga yon bargchalar deb ataladi. Yon bargchalarning shakli pardaga, qobiqqa, mayda-mayda bargchalarga qiltanoq va ba’zan haqiqiy barglarga o‘xshaydi. Yiriklashgan yonbargchalar fotosintez vazifasini bajaradi (masalan, no‘xat, astradoshlarning ko‘pchilik vakillarida). Barg shakllari. Barglar har xil shaklda bo‘ladi. Barg oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi. Barglarning tomirlanish sistemasi: O‘simliklarda barg plastinkasining tomirlanishi sistemasi barg bandi va poyaga ketadigan nay-tola bog’lamlaridan iborat bo‘lib, ular orqali suv, mineral tuzlar va organik moddalar harakatlanadi. Suv va mineral tuzlar barglardagi hujayralarga tomon, organik moddalar esa doimo barglardagi hujayralardan poyaga tomon harakat qiladi. Tomirlanish sistemasi barg plastinkasida har xil: dixotomik, parallel, yoysimon, panjasimon va tursimon shaklda bo‘ladi. Filogenetik jihatdan uncha takomillashmagan tomirlanishning qadimgi xili dixotomik yoki ayrimsimon tomirlanish hisoblanadi. Bu xildagi tomirlanish mezozoy erasidan ayrim joylarda 396 “JOURNAL OF SCIENC

Доказательный фрагмент

«Barg o‘simliklarning asosiy qismi bo‘ib,unda fotosintez jarayoni kechadi.Bu jarayon bargning qizib ketmasligini oldini oladi.Barg-oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Barg o‘simliklarning asosiy qismi bo‘ib,unda fotosintez jarayoni kechadi.Bu jarayon bargning qizib ketmasligini oldini oladi.Barg-oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bargning tomirlanishi, barg plastinkasi, geterofiliya, yaproq, gaz almashinuvi, Barg, oddiy va murakkab barglar, fotosintez, moddalar, suv va mineral tuzlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники