К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG'ICH TA‘LIMDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Xushvaqtova Mukarram

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The article talks about how to think of students, how to work with them, and some requirements for the teacher's personality and activities. It will be mentioned about the process being developed in our country. Key words: "Concept of primary education", technology, education, education, renaissance. ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В статье говорится о воспитании мышления учащихся младших классов, способах работы с ними и некоторых требованиях к личности и деятельности учителя. Кроме того, будет упомянуто о реформах, проводимых в сфере начального образования в нашей стране. Ключевые слова: «Концепция начального образования», технологии, образование, образование, ренессанс. Bugungi kunda respublikamizda “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi” hamda boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualarda o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiq etish va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan didaktik tizim sifatida ko‘rib chiqishda bilish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlarini turkumlashtirish, boshlang‘ich sinf 5 54 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish kabi tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyatio’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotganbilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishiningasosiy maqsadi hisoblanadi.Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatlio’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida o'tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda. Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali boshqarish va qo’yilgan o’quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv –vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimdir. Respublikamizda "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi" hamda boshlang'ich ta'lim uchun o'quv dasturlari va o'quv-metodik majmualarda o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish savodxonlikni rivojlantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, o'qituvchilarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni tarkib toptirishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab- quvvatlash hamda ro'yobga chiqarish" kabi muhim vazifalar belgilab berildi[1]. Bu esa, o'qish darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi"dagi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo’nalishlarini belgilab berdi. 5 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta‟limni tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlari ko„rsatib berildi. Unda “Uzluksiz ta‟lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Biz farzandlarimizning tarbiyasiga, ulardagi vatanga bo’lgan muhabbatni uyg’otishga yoshlikdan boshlangich sinflardan boshlashimiz va ularda fidoyilik ruhini aynan shu yoshdan shakllantirishimiz, ularni sog’lom, yetuk, komil inson qilib tarbiyalashimiz zarur, deb o’ylayman. Aynan mana shu yoshda olingan bilimlar, tasavvurlar, fikrla

Доказательный фрагмент

«The article talks about how to think of students, how to work with them, and some requirements for the teacher's personality and activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article talks about how to think of students, how to work with them, and some requirements for the teacher's personality and activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Concept of primary education", technology, education, education
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники