К содержанию
РецензированоUZ2025

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARNING KONSTITUTSIYADA BELGILANGAN HUQUQLARI VA MAZKUR HUQUQLARDAN BESAMAR FOYDALANISH NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN HUQUQIY OQIBATLAR

Valiboyev Izzatbek To‘xtasin o‘g‘li · ОСУЩЕСТВЛЕНИЯ ЭТИХ ПРАВ

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses the constitutional rights of minors and the conditions created for their development in our country, as well as measures aimed at widely involving young people in the educational process. The reforms being implemented to raise the younger generation to a healthy lifestyle are also analyzed. keywords: constitution, juveniles, measures, and crime. Kirish. Ma’lumki, yoshlar har bir davlatning ajralmas qismi bo‘lib, uni kelgusida rivojiga hamda kuch-qudratiga hissa qo‘shuvchi ustuni hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarning har tomonlama rivojlanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, navqiron avlodni sog‘lom turmush tarzida kamol toptirish va dunyo bozoriga professional mutaxassislar taqdim etish maqsad 5 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qilingan. O‘sib kelayotgan yosh avlod yurt taqdirini hal etishda bevosita ishtirok etuvchi davlatning poydevoridir. So‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yosh-avlodni turli xil buzg‘unchi yo‘llardan himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan bemaqsad hamda noto‘g‘ri yo‘lda foydalanish o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni ortishiga sabab bo‘lmoqda. Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida voyaga yetmaganlarning konstitutsiyaviy huquqlari mustahkamlangan bo‘lib ularni cheklovchi harakatlar olib borish qat’iyan man etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek voyaga yetmagan shaxslarning ta’lim olishlari, mehnat qilishlari va sog‘lom muhitda hayot kechirishlari uchun imkoniyatlar taqdim etish davlatning asosiy vazifasi ekanligi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining umumiy qismida voyaga yetmaganlarga nisbatan javobgarlik choralari belgilangan bo‘lib, adolatlilik prinsipi bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslar tomonidan ham sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy-javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan.1 So‘ngi yillarda voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab sifatida yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga jalb etmaslik, ularning bo‘sh vaqtlari ko‘proqligi va har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi haqida huquqiy bilimlarga ega emasliklari sabab bo‘lishi mumkin. 1 Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2024-yil 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar haqida quyidagi jumlani aytib o‘tdilar. “Yoshlarimiz hayotda munosib o‘rnini topishi uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz. Sizlar mamlakatimizning ishonchi va tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlarisiz”.1 Muhokama va natijalar. Yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiyamizda bola huquqlari to‘laqonli amalga oshirilishi va bolani har qanday sharoitda davlat tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlangan. Ushbu oliy yuridik normativ- huquqiy hujjatning 77-moddasida ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar g‘amxo‘rlik qilishlari, asrab-avaylashlari, sog‘lom muhitda kamol topishi uchun zaruriy harakatlarni amalga oshirishlari nazarda tutilgan bo‘lib ota-onalarga nisbatan bolani voyaga yetish yoshiga qadar ulg‘aytirishi hamda rivojlanishi 1 ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” ISSUE 11,Volume 2, November 2022 https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o- ziga-xos-xususiyatlari/viewer 5 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ uchun imkoniyatlar yaratib berishi ko‘zda tutilgan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida davlat va jamiyat birgalikda yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni ulg‘aytirishi, tarbiyalashi, ularning ta’lim olishi va har tomonlama sog‘lom kamol topishlari uchun chora-tadbirlar amalga oshirishi va ushbu harakatlar davlat tomonidan ta’minlanishi belgilangan.2 Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaning 78-moddasida farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida teng hisoblanishlari, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish davlatning majburiyati ekanligi belgilangan. Shu bilan birga onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi va davlat hamda jamiyat bolalarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish bo‘yicha harakat olib borishi nazarda tutilgan.2 Yuqorida 2 muhokama qilib o‘tgan konstitutsiyamizda belgilangan qoidalardan tushunishimiz mumkinki, ot-onalar o‘z farzandlarini sog‘lom hayot tarzida ulg‘aytirishlari, voy

Доказательный фрагмент

«This article discusses the constitutional rights of minors and the conditions created for their development in our country, as well as measures aimed at widely involving young people in the educational process.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the constitutional rights of minors and the conditions created for their development in our country, as well as measures aimed at widely involving young people in the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
constitution, juveniles, measures, and crime, konstitutsiya, chora-tadbirlar va jinoyat., voyaga yetmaganlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники