К содержанию
РецензированоUZ2024

INGLIZ VA O’ZBEK TILI TARJIMASIDA NOVERBAL ALOQA VOSITALARINING AKSLANTIRILISHI

UZBEKISTAN” JURNALI · VOSITALARINING AKSLANTIRILISHI · Sultonmurodova Nilufar Baxtiyorovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi. Qolaversa, ingliz va o’zbek tilida ishlatilinadigan noverbal aloqa vositalari o’rganiladi va chog’ishtirma metod (ikkita qardosh bo’lmagan tillar orasida qiyoslash) orqali tahlil qiladi. Bunda har ikkala tildagi badiiy asarlardagi nolisoniy bo’lgan aloqa-aralashuv vositalaridan foydalanildi. Kalit so’zlar: aloqa-aralashuv, verbal aloqa vositalari, noverbal aloqa vositalari, imo-ishoralar, kinesika, proksemika, takesika, pantomimika, mimika, tarjima. Aloqa – bu odamlar bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lish jarayoni ularning turli xil faoliyati davomida, har bir insonning jamiyatdagi faoliyati (ish, o'rganish, o'yin, ijodkorlik va boshqalar) o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, har biri shaxsning jamiyatdagi o'rni, ishining muvaffaqiyati va obro'si bevosita uning muloqot qilish qobiliyati bilan bog'liq. Bir qarashda oson ko'rinadigan shaxslararo aloqa aslida inson hayoti davomida o'rganiladigan juda murakkab jarayon bo’lib, sharhlash muloqotning psixologik jihatdan murakkab tabiati, deb yozadi B.F.Parigin. Bilamizki, paralingvistika – noverbal kommunikatsiya hisoblanadi. Tilda (nutqda) ularning bir necha turlari mavjud bo’lib, ular nutqni obrazlantirishga xizmat qiladi. Bular kinesika (hissiyotlarni tashqi tana azolari orqali ifodalanishi), imo- ishoralar (tana qismlarining alohida harakatlari), proksemika (muloqotda insonlar o’rtasidagi yaqinlik masofasi), takesika (muloqot vaqtida teginishlar, siypalash, itarib yuborish), pantomimika (yurish harakatlari, qomatni tutish, egilish harakatlari), mimika (yuz mushaklarining turli xil harakatlari) kabilar. Imo-ishoralar xalq va elatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir- biridan farq qiladi. Masalan, italyanlar kimdandir jahli chiqqanda kaftlarini tishlari 516 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 orasiga qo’yishsa, o’zbeklarda kaftlarini gorizontaliga bo’yinlariga qo’yish odati bor. Yoki italyanlarning yana bir imo-ishorasi, ya’ni ko’rsatkich barmog’ini chakkalariga qo’yib kulishlari ularning taom mazali chiqqanligini bildirsa, bu belgi bizning xalqimizda uyat degan ma’noni bildiradi. Bunga o’xshash holatlar judayam ko’p. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Italiya xalqi yer yuzida eng ko’p imo-ishoralar va yuz hamda qo’l harakatlarini ishlatuvchi xalq hisoblanadi, ularning biron-bir gaplari va suhbatlarini imo-ishoralarsiz tasavvur qilish judayam qiyin. Qolaversa, agarda kimda kim italyan tilida to’liq va bemalol so’zlashishni xohlasa xech bo’lmaganda ularning qo’l harakatlarini o’rganib olishlariga to’g’ri keladi. Ko’rib turganingizdek imo-ishoralar so’zlashuv jarayonida muhim ahamiyatga ega, ular bir tarafdan o’sha xalqning ko’zgusi, uning urf-odatlarini ko’rsatib bersa, boshqa tarafdan ular xalqning qon-qoniga singib ketgan va o’z- o’zidan muloqot jarayonida yuzaga keladi. Tilshunoslikda bu kabi vositalar paralingvistik vositalar deb ataladi. Ma’lumotlarga ko’ra, paralingvistik vositalar harakat va holatni anglatadi hamda ular gavda harakatlari, imo-ishoralar va tovush toni orqali ifodalanadi. Lekin ular badiiy adabiyotdagina so’z bilan ifodalanishiga to’g’ri keladi, shuning uchun ham ular qahramon tilidan emas, balki muallif tilidan berib o’tiladi. Masalan, bunga bir nechta misollar keltirishimiz mumkin: – Nega xabar bermadilaring? – ta’na qildi u. – Keyin muncha shoshildilaring? – Iskandar akaning gapini ikkita qilmang dedik, - dedi Hafiza va qaynonasiga ma’nodor qarab qo’ydi (O’. Umarbekov). Ingliz tili ham paralingvistik vositalarga juda boy til hisoblanadi. Paralingvistik vositalar gapda so’zlashuvchilarning fizik holatini ko’proq ishlatilishi, so’zlarni esa kamroq ishlatishni talab qiladi. Ingliz tilida paralingvistik vositalar asosan besh turga bo’linadi. Bular imo-ishoralar, yuz ifodalari, ko’z ifodasi, tana ifodasi va muloqot masofasidir. Ularning har birini o’z ishlatish o’rni va vazifasi bor. Qo’lning gorizontal yo’nalishda qimirlatish imo-ishoralar ichida eng ko’p ishlatilinuvchi hisoblanadi. Bu noverbal vosita asosan salomlashish va hayrlashish ma’nolarida ishlatiladi. Masalan, quyidagi parchada qo’lni silkitish “hayrlashish” ma’nosida ishlatilgan: 517 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 – They kissed their mother quietly, clung about her tenderly, and tried to wave their hands cheerfully when she drove away.1 – Ular onasini sekingina o’pib qo’yishdi, uni mehr bilan quchoqlab olishdi va u mashina haydab ketayotganda qo’llarini quvonch bilan silkitishga harakat qilishdi. Boshning ham muloqotda o’z o’rni bor. Bosh bilan bog’liq bo’lgan paralingvistik harakatlar nafaqat o’zbek tilida, balki g’arb tillarida ham juda ko’p uchraydi. Har bir bosh harakatining ishlatilish o’rni va ma’nosi bor. M

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
imo-ishoralar, aloqa-aralashuv, verbal aloqa vositalari, noverbal aloqa vositalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники