К содержанию
РецензированоUZ2024

INKLUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · VA KAMCHILIKLARI · Djurayeva Sohiba Barat qizi · Tojiboyeva Iroda Dadaboy qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

The article describes the need to implement inclusive education in our country, the problems facing the introduction of this system, and ways to overcome them. Key words. Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special pedagogue, disabled child, specialist. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga e'tibor so'nggi yillarda eng dolzarb masala sifatida diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Inklyuziv o'qitish masalasi butun Jahon hamjamiyatida tan olingan va xayrixoxlik bilan amalga oshirilishi ta'lim siyosatining eng asosiy yo'nalishidir. Konstitutsiyamizning 50-moddasida: "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi" deb belgilab qo'yilganligi mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim jarayoni tashkil etilganligining qonuniy dalilidir. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch-korreksion sinflar faoliyatini yo'lga qo'yish hamda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Maxsus 480 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida respublikamizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lib, ularni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarni maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlash to'g'risida"gi qarorda malakatimiz ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limni joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari, joriy etish tartibi, me'zonlari belgilangan. Unga ko'ra, o'quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta'lim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladi. Ta'lim muassasalarimizda sog'lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi ta'lim tizimining joriy etilishi yurtimizda xalqaro inson huquqlari me'yorlariga mos islohotlar amalga oshirilayotganining dalilidir. Zamonaviy maktab‖arni qurishda ushbu maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo’lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo’yicha Zamonaviy maktabga qo’yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi. Inklyuziv ta'limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o'rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, barcha maktablar eshigiga o'quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko'tarila olmaydilar, hatto qo'ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham, eshiklardan ham sog'lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o'tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o'rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo'lishi kerak. O'qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo'lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish 481 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yetarli bo'lmaydi. Bunda o'quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o'rganishlari kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og'zaki informatsiyani olishlari kerak. O'quv rejasini bunday differensiyalash o'qituvchilarda o'z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma'muriyati buning uchun o'qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o'quv rejasiga qattiq talab qo'yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalarida o'qitish ya'ni inklyuziv ta'lim uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish lozim: -nogironlikni erta tashxis qilish; -umumta'lim muassasalari binolarida alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshootlar)ni yaratish; -korreksion yordamni amalga

Доказательный фрагмент

«The article describes the need to implement inclusive education in our country, the problems facing the introduction of this system, and ways to overcome them.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the need to implement inclusive education in our country, the problems facing the introduction of this system, and ways to overcome them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special, pandus, maxsus pedagog, tutqich, Inklyuziv ta’lim, mutaxassis., imkoniyati cheklangan bola, ko’tarish qurilmasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники