К содержанию
РецензированоUZ2024

Xalqaro tadqiqotlar asosida ona tili darslarini takomillashtirishning usul va vositalari

UZBEKISTAN” JURNALI · Ismadiyorova Nafisaxon Ibroximjon qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro tadqiqotlarda ko‘zlangan asosiy maqsad haqida fikr yuritilib, o‘qib tushunishni rivojlantirishga qaratilgan dars usuli va uni 7-sinf ona tili darsligi bilan ishlash haqida so‘z boradi. Kalit so‘z. Xalqaro tadqiqotlar, ona tili darsligi, “Panja”, “Oqbo‘yin”, “Tarqalgan so‘zlar”, “Ta’rif bering” usullari. Kirish. Mamlakatimizda ta’lim mazmunini isloh qilish va uni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonda ona tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb hisoblanib, ona tili mazmuniga o‘qish savodxonligini oshirish ko‘nikmasini singdirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. “Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi”1, – deb ta‘kidlaydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, bu borada dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi diqqat markazida bo‘ldi. Ushbu jarayonlar orqali o‘quvchilarni shaxs sifatida tarbiyalash, maktabda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash darajasini oshirish, eng muhimi, yuz berayotgan faoliyatlarda tushunib ishtirok eta olish ko‘nikmasini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. Xalqaro tadqiqotlarda oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushunishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi2. 1 https://yuz.uz/uz/news/talim-tarbiya-tizimi-taraqqiyotning-yangi-bosqichi-muhokama-qilindi (murojaat sanasi 19.05.2024) 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_o%CA%BBquvchilarni_baholash_dasturi (murojaat sanasi 16.09.2024) 204 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1-rasm. “Panja” texnologiyasi mohiyati. “Panja” metodi o‘quvchilarning yirik hajmli matnlarni o‘qib tushunishiga yordam beradi. Metodning mohiyati matn qismlarga ajratiladi, savol tuziladi, soddalashtiriladi, kerakli ma’lumotlar jamlanadi va muhim qismlari yod aytiladi. Ushbu metodni 7-sinf darsligidagi “Veterinar” bo‘limida, shuningdek, matn ustida ishlash bilan bog‘liq barcha mavzularda foydalanish mumkin. Ushbu darslikdagi “Oqbo‘yin”3 qissasidan olingan matni ustida ishlashda “Tarqalgan so‘zlar”, “Ta’rif bering” usullarini qo‘llash yaxshi samara beradi. Ushbu metodlarni 7-sinf o‘quvchilarida qo‘llaganimizda ushbu badiiy matnni qismlarga ajratdilar, 1- o‘quvchi quyidagi savollarni tuzdi: 1. Itni farqiga boradigan qahramon kim?2. Karim podachi uchun it nega kerak? 3. Karim podachining itlariga nima bo‘lgan? O‘quvchi ushbu savollar asosida ma’lumotlarni jamlaydi va quyidagicha javob qaytaradi: Oqbo‘yin tovuq patiga qiziqadi, sababi uni oldin ko‘rmagan. Podachiga it qiziqish uchun emas, balki hayvonlarini bo‘ridan himoyalashga kerak. Karim podachining iti zaharli go‘shtdan o‘lgan, keying iti qo‘rqoq, qochib ketadi. Bu o‘quvchi “kapalakni uchirishi” kerak bo‘ladi, o‘quvchining javobi: norg‘ul-gavdali, jussali, yosh. Bulardan yosh to‘g‘ri emas, barvasta mos keladi. 2-o‘quvchi: 1. Ona it nega tuni bilan g‘ingshiydi? 2. Karim podachi nega shamolladi? 3. Yoldorga qo‘yilgan tuzoqqa nima bo‘ldi? O‘quvchining matn bo‘yicha tayyorlagan nutqi: - Keldi-ketdi mehmonlar ko‘p bo‘ladi, ba’zilari kuchukchalardan olib ketadi, bolasidan ayrilgan ona it tun bo‘yi g‘ingshiydi. Karim podachi ham keldi. U ham kuchukni ko‘rdi, yoqtirmadi. Bo‘rilardan ho‘kizni himoya qilaman deb shamollab 3 Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh., Hakimova N., Siddiqov M... Ona tili darslik, 7-sinf, 2022. – 123-b. 205 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 qoldi. Yoldor laqabli bo‘riga tuzoq qo‘ygan edi, unga o‘zining eshagi tushib qoladi. Sinonimlarni topish bo‘yicha topshiriq: et-teri, go‘sht, badan. Ushbu metodlardan ko‘zlangan amaliy maqsadlar quyidagicha: 1. Matnning umumiy mazmunidan kelib chiqib, uni qismlarga ajrata oladi. 2. Matndagi muhim bo‘lgan ma’lumotlarni nisbatan muhim bo‘lmagan ma’lulotlardan farqlay oladi. 3. Anglash jarayonida ma’lumotlar analiz va sintez qilinadi. 4. So‘z boyligi oshadi, matnda so‘zlarni qo‘llashni, nutqqa ko‘chirishni rivojlantiradi. 5. Og‘zaki nutq so‘zlash, gapirish ko‘nikmasini shakllantiradi. “Ta’rif bering” va “Tarqalgan so‘zlar” kabi dars usuli o‘quvchilarda so‘z boyligi oshiradi. Inson ongida so‘z zaxirasi ikkiga ajratiladi: faol so‘zlar va nofaol so‘zlar. Faol so‘zlar inson nutq jarayonida qo‘llaydi. Nofaol so‘zlar nutq jarayonida ishlatilmaydi, ammo bu kabi so‘zlar bilan eshitish yoki o‘qish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalqaro tadqiqotlarda ko‘zlangan asosiy maqsad haqida fikr yuritilib, o‘qib tushunishni rivojlantirishga qaratilgan dars usuli va uni 7-sinf ona tili darsligi bilan ishlash haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalqaro tadqiqotlarda ko‘zlangan asosiy maqsad haqida fikr yuritilib, o‘qib tushunishni rivojlantirishga qaratilgan dars usuli va uni 7-sinf ona tili darsligi bilan ishlash haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Panja”, Xalqaro tadqiqotlar, ona tili darsligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники