К содержанию
РецензированоRU2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI

Shodiboyeva Mohinur Abdurahmon qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье основной целью курса физического воспитания в дошкольном образовании является вооружение будущих кадров всесторонними и глубокими профессиональными знаниями по методике физического воспитания в дошкольном образовании. Ключевые слова: Физическая культура, сила, жизнеспособность, ловкость, физические качества, спортивная конкуренция, методы, принцип, содержание, спортивная физиология, спортивная психология, физические упражнения ANNOTATION In this article, the main goal of the course of physical education in preschool education is to equip future personnel with comprehensive and deep professional knowledge on the methodology of physical education in preschool education. Keywords: Physical training, strength, vitality, agility, physical qualities, sports competition, methods, principle, content, sports physiology, sports psychology, physical exercises Kirish. Mashhur Yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: “Inson uchun birinchi baxt uning sogʻligʻi, ikkinchisi — goʻzallikdir” degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sogʻlom va maʼnaviyati yuksak xalqning avlodlari ham sogʻlom, baquvvat, iymon-eʼtiqodli va sadoqatli boʻladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zoʻr omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saodati uchun sogʻlom avlod kerak. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino “Badan tarbiya – sogʻlikni saqlashda ulugʻvor usuldir” deydiki, bu fikr “Kimki qilsa harakat – sogʻligʻida barakat” degan naqlni eslatadi. Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson shunday taʼriflaydi: “Mutolaa aql uchun qancha zarur boʻlsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur”. Suqrot hakim esa: “Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini toʻgʻrilab olaman” degan fikrni aytadi. Jismoniy tarbiya toʻgʻrisidagi taʼlimot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga taʼrif berilganda, “Badantarbiya”, “jismoniy madaniyat”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy rivojlanish” degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi. 92 “Jismoniy madaniyat” tushunchasi quyidagilardan iborat: 1) mehnat va turmushdagi koʻnikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suv)ni; 3) jismoniy mashqlarni oʻz ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining oʻzgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir.Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sogʻligʻini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va toʻla maʼnodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy – gigiyenik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan. Sogʻlom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori boʻladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi. Tadqiqot natijalari. Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui oʻrganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli haqidagi taʼlimoti tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar organizmining oʻziga xos tomoni shundaki, u juda tez oʻsadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan boʻladi, shunga koʻra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi: Sogʻlomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sogʻligʻini mustahkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uygʻun rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi taʼsirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr koʻrishini taʼminlash. Taʼlimiy vazifalar. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga xos boʻlgan oʻta qabul qiluvchanlikni, sharoitning oʻzgarishiga yеngil moslashish qobiliyati bir qator taʼlimiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli koʻnikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, koʻz bilan chamalash)ni oʻstirish, toʻgʻri qaddi – qomat, gigiyena koʻnikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish. Boladagi harakat koʻnikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k)ga nisbatan yеngil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, ha

Доказательный фрагмент

«В данной статье основной целью курса физического воспитания в дошкольном образовании является вооружение будущих кадров всесторонними и глубокими профессиональными знаниями по методике физического воспитания в дошколь…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье основной целью курса физического воспитания в дошкольном образовании является вооружение будущих кадров всесторонними и глубокими профессиональными знаниями по методике физического воспитания в дошколь… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Physical training, strength, vitality, agility, physical qualities, sports, sport musobaqa, mazmun, chaqqonlik, tetiklik, prinsip, kuchlilik, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar, Jismoniy tarbiya, metodlar, jismoniy sifatlar, sport fizologiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники