К содержанию
РецензированоRU2026

XILOLDOSHLAR OILASI SISTEMATIKASI HAMDA TABIAT VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · HAYOTIDAGI AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Tojiboyev Murodali Umaraliyevich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

In this thesis, a general description of the family of cycads and information about the systematic of the family, its importance in nature and human life is iven. Keywords: Cyperaceae, Cyperales, systematic, area, ecology. Xiloldoshlar (Cyperaсeae) xilolnomalar (Cyperales) qabilasiga mansub yagona oila hisoblanadi. Ushbu oilaga kiruvchi turkum va turlarning soni turli adabiyotlarda turlicha keltirilgan. Pratov va Jumayev larning “Yuksak o’simliklar sistematikasi” nomli adabiyotida xiloldoshlar oilasiga 100 ta turkumga mansub 4000 tadan ortiq tur kirishi haqida aytib o’tilgan. Ular yer yuzida keng tarqalgan ko’p yillik o’simliklardan iborat. O’zbekistonda 16 ta turkumga mansub 90 ta turi o’sadi. Oilaga ko’p yillik ildizpoyali o’tlar kiradi. Barglari ingichka va qattiq. Gullari mayda, ko’rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli, boshoqchalarda joylashgan. Gulqo’rg’oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi 3 ta, shamol yordamida changlanadi. Mevasi 3 qirrali yong’oqcha. Xiloldoshlar oilasining sistematikasi quyidagicha: Bo’lim: Gulli o’simliklar - Magnoliophita Sinf: Bir pallali o’simliklar - Liliopsida Qabila: Xilolnomalar - Cyperales Oilasi: Xiloldoshlar - Cuperaceae Asosiy vakillari: Tugunakli salomalaykum – Cyperus rotundus, Cyperus fuscus Yo’g’on tumshuq qorabosh – Carex pachystilis Ko’l qiyog’i – Scirpus lacustris Kechki xilol – Juncellus serotinus Dengizoldi suv xiloli – Boldoschoenus maritimus Xiloldoshlar oilasi keng tarqalgan va har xil ekologik sharoitlarga moshlashgan o’simliklar oilasidir. Ushbu oila turlari, asosan, nam muhitlarda rivojlanadi, biroq qurg’oqchil hududlarda ham uchraydigan vakillari bor. Ko’plab turlari suv bo’ylarida, botqoqliklarda, daryolar, ko’llar va kanallar atrofida o’sadi, ba’zi turlari esa quruq yaylovlar va cho’l sharoitlarida ham o’sishga moslashgan. Xiloldoshlar oilasi vakillarining keng tarqalganligiga yana bir isbot, bu oila vakillarini Antarktidadan tashqari barcha barcha qit’alarda uchratish 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo mumkin. Ular, asosan, tropik va subtropik hududlarda, shuningdek mo’tadil va sovuq iqlim sharoitlarida ham o’sadi. Hududiy jihatdan tarqalishiga to’xtaladigan bo’lsak, xiloldoshlar oilasini turli hududlarda tarqalganligini ko’rsak bo’ladi. Tropik hududlarda Papirus kabi turlari tarqalgan bo’lib, Afrikadagi Nil daryosi va boshqa tropik botqoqliklarda ko’p uchraydi, mo’tadil hududlardan Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda Carex va Scirpus kabi turlarini ko’p uchratish mumkin, bundan tashqari, qurg’oqchil hududlarda ham ushbu oila vakillarini uchratishimiz mumkin. Ushbu oila ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simliklar oilasidir. Oila vakillari tabiatni barqarorlashtirishda va inson faoliyatining turli sohalarida keng qo’llaniladi. Ekologik jihatdan, xiloldoshlar, ayniqsa, botqoqli va nam joylarda tuproqni eroziyadan himoya qiladi, ayrim turlari ( Scirpus va Eleocharis ) suv havzalarida organik va kimyoviy ifloslanishlarni filtrlashga yordam beradi, suv havzalari atrofidagi hayvonlar, qushlar va hasharotlar uchun yashash joyi va oziq manbai sifatida xizmat qiladi, botqoqlik o’simliklari karbonat angidridni o’zlashtirib, iqlim o’zgarishini sekinlashtirishga hissa qo’shadi. Iqtisodiy jihatdan, ko’pgina turlari chorva mollari uchun yem- hashak sifatida ishlatiladi (Carex), Cyperus papyrus qadimdan qog’oz ishlab chiqarishda ishlatilgan hisoblanib, hozirda Scirpus turlari tom yopish va savat to’qishda qo’llaniladi, qamish va shovur to’qilgan gilamlar, savatlar va boshqa uy-ro’zg’or buyumlarini tayyorlashda foydalaniladi. Dorivorlik jihatdan, ayrim qiyoqdoshlar xalq tabobatida keng qo’llaniladi (Cyperus rotundus oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi). Estetik va bezak jihatdan, ko’plab qiyoqdoshlar manzarali bog’larda suv havzalari yaqinida bezak o’simliklari sifatida ekiladi ( Eleocharis acicularis akvarium dizaynida ishlatiladi). Aytib o’tilgan foydali jihatlaridan tashqari, bu oila vakillarining ayrimlari qishloq xo’jaligining madaniy ekinlari orasida ko’p uchrab, o’simliklarga birmuncha ziyon keltiradi. Jumladan, o’simliklarni oziq muhitini kamayishi, namlik yetishmovchiligi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Xiloldoshlar oilasi yuqorida ko’rib chiqqanimizdek dunyo bo’yicha keng tarqalgan oila hisoblanadi. Ushbu oila vakillarini nafaqat muhit yaxshi bo’lgan hududlarda, bundan tashqari botqoqlik, cho’l sharoitlari, sho’r va toshloq tuproqlar kabi muhiti unchalik darajada yaxshi bo’lmagan hududlarda ham uchratish mumkin. Sistematik jihatdan ham turlarga boy. Xiloldoshlar oilasi tabiatni saqlash va inson ehtiyojlarini qondirishda ajralmas ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularning ekologik va iqtisodiy foydalari ushbu o’simliklarni yanada o’rganish va ulardan samarali foydalanish zaruratini ta’kidlaydi. Shu o’rganishlar natijasida, bu oila vakillaridan kelajakda xo’jalik uchun xomashyolar, inson hayoti uchun zarur bo’lgan dori vositalari olishda qo’l keladi.

Доказательный фрагмент

«In this thesis, a general description of the family of cycads and information about the systematic of the family, its importance in nature and human life is iven.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, a general description of the family of cycads and information about the systematic of the family, its importance in nature and human life is iven. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cyperaceae, Cyperales, systematic, area, ecology, cистематика, экология., ekologiya., sistematika, ecology., hudud, ареал
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники