К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUN VA MOHIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Salomova Umida (in-academy.uz/index.php/yo) · Joʻrayeva Komila Nomoz qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy- tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, maqsadga muvofiq odatlarni shakllantirish haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan. Kalit so‘zlar. Defektolog, aqli zaif bola, ko‘nikma, motorika, harakat, sanitariya, gigiyena. Hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot vazirligiga bo‘ysinuvchi bolalar muassasa tarmoqlari tuzilib, ularda bolalar 4 yoshdan 18 yoshgacha to‘la davlat ta’minotida bo‘ladilar. Ko‘pincha internat – uylarda diagnostika guruhlari bo‘lib, u yerga yangi kelgan bolalar qabul qilinadi. Bundan maqsad – idrok etish qobiliyatlari o‘sishini o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashni aniqlashdan iborat. Shifokorlar va tarbiyachilar xulosalarini hisobga olib 3-4 oydan so‘ng bolani uning ruhiy-jismoniy rivojlanganiga mos keluvchi guruhga o‘tkazadilar. Tuzatuvchi – tarbiya ishlar tartibi maxsus bolalar uylari sharoitida takomillashib boradi va bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich (4 yoshdan 8 yoshgacha). Bolalarda sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari, motorika va harakatni tartibga solib shakllantiriladi, nutqni o‘stirishga, ayniqsa katta e’tibor beriladi, maktab ta’limiga bolalarni tayyorlash amalga oshiriladi. 2-bosqich (8 yoshdan 16 yoshgacha). Bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat qilish va gigiena ko‘nikmalari mustahkamlanadi, xo‘jalik-maishiy mehnat ko‘nikmalari o‘zlashtiriladi, hisoblash va elementar savod ko‘nikmalari shakllanishiga e’tibor beriladi, nutq o‘stiriladi. 3-bosqich (6-18 yosh). Bu yakunlovchi bosqich o‘z oldiga ijtimoiy moslashuv vazifalarini qo‘yadi. Bunda axloqiy, estetik tarbiya, xo‘jalik-maishiy, mehnat ko‘nikmalarini takomillashtirish, maishiy chamalash bo‘limlari mavjud. Barcha tarbiyaviy ishlarni yo‘lga solishning maqsadi turmushda bolalarni mustaqillikka imkoni boricha tayyorlash va yetarli darajada mehnat faoliyatiga o‘rgatishdan iborat. Bolalar tarbiyasini yaxshilash ishining asosi ularda mehnat ko‘nikmalarini va ijtimoiy moslashuvni shakllantirish uchun bolalardagi ijobiy imkoniyatlarni aniqlashdir.Hozirgi vaqtga kelib, L.S. Vigotskiy aytgan tarbiyaning zaruriy shartlari belgilandi: 1. Chuqur aqliy qoloq bolalar bilan korreksiya ishini ancha barvaqt boshlash. 2. Qulay oilaviy vaziyat va maxsus muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish. 3. Bolaning bor imkoniyatlariga va uning yoshiga javob beruvchi maxsus dasturlar va maxsus metodlarni qo‘llash. Bu shartlarni tushuntirib o‘tamiz. Barvaqt korreksiya chuqur aqliy qoloq bola uchun muhim ahamiyatga ega. Ikkinchi shart-oilaviy tarbiyaning to‘g‘ri tashkil qilinishidir. O‘rta og‘ir 27 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo darajadagi aqli zaif bolani tarbiyalash uchun oilada qulay sharoitlar yaratilishi kerak.Biroq ota-onalar defektologlar yordamiga muhtoj bo‘ladilar, ularda o‘z bolasini qanday tarbiyalash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yetishmaydi. Ko‘pincha ota-onalar hamma ishlarni, hatto bolaning bu ishlarni bajarishga qurbi yetadigan ishlarini ham o‘zlari bajarishga urinadilar. O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani ko‘pincha “boshqarilishi kerak bola” deb ataydilar, chunki u mustaqil ravishda turli harakatlarni bajarishga o‘rgana olmaydiu sog‘lom bolalarga qaraganda ancha ko‘proq yordamga muhtoj bo‘ladi. Tarbiya katta sabr-toqatni talab qiladi, ko‘p vaqt sarflanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan barcha o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar bolani mustaqillikka yo‘llaydi. Bolani oilada ko‘p narsalarga o‘ziga-o‘zi hizmat ko‘rsatishga, uddalay oladigan topshiriqlarni bajarishga, atrofdagilar bilan muomala qilishga o‘rgatish kerak. Agar oilada kichik yoshli bola bo‘lsa uni o‘ynashga, sayrga chiqishga (ota-ona nazorati ostida) undash kerak. Bola uddasidan chiqadigan o‘yinlar o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, chunki u taqlid qilishni yaxshi ko‘radi.Kichik yoshdagi (4-8 yoshli) o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolaning rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy – ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, katta ahamiyatga ega. Tartib maqsadga muvofiq odatlar shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolada shakllanishi zarur bo‘lgan ko‘pgina maishiy ko‘nikmalar yo‘q bo‘ladi. Tartibga rioya qilish bu vazifani yengillashtiradi. Ular uchun taxminiy kun tartibini tuzish va amal qilishni o‘rgatib borish zarur.Agar uyqudan turish soat 8:00 da bo‘lsa, bolalarni soat 20:00 da uyquga yotqizish zarur, chunki ular ertangi kun uchun yaxshi dam olishlari va kuch to‘plashlari kerak. Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolalarni kuzatib borish, ular turmushda o‘ta yordamga muhtojliklarini qayd etish uchun asos beradi, ular ko‘pincha irkit yuradilar, ularga doimiy yordam zarur, mustaqil ovqat yeya olmaydi. Ularga shularning hammasiga o‘rgatish kerak. Vaqt o‘tishi bilan o‘zlashtirgan ko‘nikm

Доказательный фрагмент

«Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy- tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-shar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy- tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-shar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
motorika, ko‘nikma, sanitariya, harakat, gigiyena., Defektolog, aqli zaif bola
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники