Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIOLOGIK MEMBRANLAR, PLAZMALEMMA, HUJAYRA ORGANOIDLARI – ENDOPLAZMATIK TO’R
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ENDOPLAZMATIK TO’R (in-academy.uz/index.php/yo) · Yuldasheva Gulchiroy Yusufjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В тезисе рассматриваются структура, функции и роль биологических мембран в клетках. Освещается их участие в транспорте, передаче сигналов и выработке энергии. Также описаны патологические состояния, связанные с нарушением функций мембран. Kalit so‘zlar: Biologik membranalar, transport, signal uzatish, energiya ishlab chiqarish, hujayra aloqasi, patologiya, fosfolipidlar, retseptorlar Keywords: Biological membranes, transport, signal transduction, energy production, cell communication, pathology, phospholipids, receptors Ключевые слова: Биологические мембраны, транспорт, передача сигналов, выработка энергии, клеточная коммуникация, патология, фосфолипиды, рецепторы. Biologik membranalar hujayraning asosiy strukturaviy qismi bo‘lib, u hujayra va uning tarkibidagi organoidlar uchun muhim chegaraviy vazifalarni bajaradi. Membrana hujayraning ichki muhitini tashqi muhitdan ajratib turadi, shu bilan birga, moddalar almashinuvini tartibga soladi. Ular fosfolipid ikki qatlamidan tashkil topgan, oqsillar, glikolipidlar, xolesterin va boshqa moddalar bilan boyitilgan murakkab tuzilmalardir. Biologik membranalar tuzilishi 1. Fosfolipid ikki qatlami: Fosfolipidlar membrananing asosiy strukturasini tashkil qiladi. Fosfolipid molekulalari bosh qismi gidrofil (suvni yaxshi qabul qiladi), dum qismi esa gidrofob (suvni itaradi) bo‘lgan amfipatik xususiyatga ega. Bu xususiyat membrananing yarim o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. 2. Oqsillar: Biologik membranalarda ikki turdagi oqsillar mavjud: Integral oqsillar: To‘liq yoki qisman membrana ichidan o‘tadi. Ular ion kanallari, nasoslar va retseptorlar sifatida ishlaydi. Periferik oqsillar: Membrananing ichki yoki tashqi yuzasiga yopishgan. Ular ko‘pincha signal uzatish va hujayraning ichki tuzilmalari bilan bog‘lanishda ishtirok etadi. 3. Xolesterin: Eukaryotik hujayralarda membrananing qattiqligini va suyuqligini tartibga soluvchi lipid molekulasi bo‘lib, membrana barqarorligini oshiradi. 4. Glikoprotein va glikolipidlar: Ular membrananing tashqi qismida joylashgan bo‘lib, signal uzatish va hujayra-hujayra aloqalarida muhim rol o‘ynaydi [1,2]. Biologik membranalar funksiyalari 1. Himoya: Hujayrani tashqi zararli ta'sirlardan himoya qiladi. 2. Moddalar almashinuvi: Hujayraga kerakli moddalarni kiritib, chiqindilarni chiqaradi (faol va passiv transport orqali). 3. Signal uzatish: Retseptor oqsillar orqali kimyoviy va fizik signal qabul qilinadi va tegishli javoblar amalga oshiriladi. 4. Hujayra-hujayra aloqasi: 83 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Glikolipid va glikoproteinlar orqali boshqa hujayralar bilan aloqa o‘rnatadi. 5. Energiya almashinuvi: Masalan, mitoxondriyada proton gradientlarini hosil qilish orqali energiya ishlab chiqariladi. Plazmalemma (plazmatik membrana) hujayraning tashqi chegarasi bo‘lib, uning tashqi va ichki muhitini ajratadi. Uning tuzilishi ham fosfolipid ikki qatlamidan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida ko‘plab oqsillar va boshqa komponentlar mavjud. Plazmalemmaning asosiy funksiyalari: 1. Hujayrani mexanik himoya qilish. 2. Moddalar selektiv o‘tishini ta'minlash (ionlar, ozuqa moddalar va chiqindilar). 3. Signallarni qabul qilish va javob qaytarish (retseptorlar orqali). 4. O‘rnatilgan antigenlar va glikokaliks yordamida hujayraning boshqa hujayralar bilan tanishuvi va birikishi. Hujayra organoidlari va ularning membranalari biologik membranalar faqat hujayraning tashqi qismini emas, balki ichki organoidlarni ham qoplaydi. Har bir organoidning membranasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning maxsus vazifalarini bajarishini ta'minlaydi. 1. Endoplazmatik to‘r (retikulum): Endoplazmatik to‘r hujayraning membranali organoididir. U ikkiga bo‘linadi: Granulyar (qo‘pol) endoplazmatik to‘r: Ribosomalar bilan qoplangan bo‘lib, oqsillar sintezida ishtirok etadi. Ag‘dar (silliq) endoplazmatik to‘r: Lipidlar va uglevodlar sintezida qatnashadi. 2. Mitoxondriya: Ikki qavatli membranaga ega organoid bo‘lib, hujayraning asosiy energiya manbai (ATP)ni ishlab chiqaradi. Ichki membranasida o‘ziga xos krestalar mavjud bo‘lib, ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. 3. Golji apparati: Bir qavatli membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, oqsillarni modifikatsiya qiladi va ularni tashish uchun tayyorlaydi. 4. Lizosomalar membranali pufakchalardan tashkil topgan bo‘lib, hujayraning hazm qilish markazi hisoblanadi. 5. Yadro membranasi:Ikki qatlamli membranadan tashkil topgan bo‘lib, hujayra yadrosini sitoplazmadan ajratadi va yadro ichidagi genetik materialni himoya qiladi [2,3]. Biologik membranalar bilan bog‘liq asosiy jarayonlar. Biologik membranalar hujayraning hayotiy jarayonlarini ta'minlashda bevosita ishtirok etadi. Quyida ular bilan bog‘liq muhim jarayonlar bayoni keltiriladi: 1. Transport jarayonlari: Biologik membranalar moddalar almashinuvida markaziy o‘rin egallaydi. Ular orqali ionlar, molekulalar va katta makromolekulalar o'tishi amalga oshiriladi. Transportning ikki asosiy turi mavjud: Passiv transport; Diffuziya: Moddalar ko
Доказательный фрагмент
«В тезисе рассматриваются структура, функции и роль биологических мембран в клетках.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ тезисе рассматриваются структура, функции и роль биологических мембран в клетках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Biological membranes, transport, signal transduction, energy production, retseptorlar, patologiya, fosfolipidlar, energiya ishlab chiqarish, hujayra aloqasi, signal uzatish, Biologik membranalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026