Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOK NAVLARINING SOVUQQA CHIDAMLILIK KO’RSATGICHLARI.
Jumanova Moxira Zoirovna
Академические исследования в современной науке · 2021
Аннотация
Xorazm viloyati sharoitida tokning sifatli mo’l hosil beruvchi navlarini yetishtirish, ularning sovuq havo haroratiga chidamliligini ananaviy dala usulida aniqlandi. Bunda kuzatilgan navlar bo’yicha zararlanish darajasi tahlil qilindi. Kalit so‘zlari: tok, xo’raki nav,kishmishbop nav, tokning bir yillik novdalari, sovuq harorat, zararlanish o’rsatkichlari. Bugungi kunda uzumchilik sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2021- yil 28-iyuldagi martdagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg’or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlashning qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida” gi 5200-qarori bandlarida uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish uchun qulay hududlarda eng maqbul maydonlarni belgilash, tokzorlar barpo qilish uchun va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida yer uchaskalarini ijaraga berish kabi chora tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan hamda mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ilmiy ishi tadqiqotlari muayyan darajada xizmat qiladi [1]. Bundan tashqari 2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi 260-sonli PQ da ham 2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilish bo’yicha ko’rsatgichlar berib o’tilgan [2]. Tok o‘simliklarning hududiy geografik sharoiti o‘zgarganda ularning o‘sishi va rivojlanish jarayonlarida bir qancha morfologik belgilarini o‘zgarishlari kuzatiladi. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini, fenologik fazalarini kuzatish davrida adaptativiv holatini baholashda, hamda ularning o‘sish va rivojlanishi, fiziologik jarayonlarning qay darajada borishini aniqlash mumkun bo‘ladi. Tadqiqot usullari: Tok o’simligining abiotik omillarga chidamliligi turli usullarda aniqlanadi. «Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур» (1999) uslubi bo’yicha, Baymetov K.I. “Mevali ekinlar jahon kolleksiyalarini o’rganish” uslubiy ko’rsatmasi, Bo’riyev X. Ch., Yeneliev N. Sh. “Mevali va rezavor mevali o’simliklar bilan tajribalar o’tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi” [3]. Akademik M. Mirzayev nomidagi BU va VITI 113 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xorazim viloyati filiali tajriba maydonida erta bahorda navlarning sovuq urishi foiz hisobida dala sharoitida o’rganildi. Tajriba har bir nav uchun uch variant (ko’milgan, yarim ko’milgan, ochiq) uch takrorlanishda, har bir navdan jami yigrma tupda o’rganildi. Tadqiqot natijalari: Respublikamizning qish oylari ob-havosi oʼzgaruvchan, issiqdan sovuqqa keskin oʼtish oddiy holdir. Bu paytlarda havo haroratining absolyut minimumlari Respublikamizning janubiy hududlarida -20-25 Cº ni shimoliy hududlarda -35- 38 Cº atrofida boʼladi. Meteorologik maʼlumotlar qattiq sovuqlar vaqti-vaqti bilan har 15-20 yilda takrorlanishini koʼrsatadi va bu sharoitda mevali ekinlarning toʼla nobud boʼlish ehtimoli juda yuqori. Mevali ekinlar qish oylaridagi noqulay sharoitlardan saqlanish uchun tinim davriga kirishadi. Bu biologik xususiyat ming yillar davomida shakllanib kelgan. Tinim davrida ularning past haroratlarga boʼlgan chidamliligi eng yuqori boʼlib, tinim davri boshlanguncha va tamom boʼlgandan soʼng ularning sovuqqa chidamliligi ancha past boʼladi. Erta bahorda mevali ekinlar kollektsiya namunalarining qish oylaridagi sovuqlardan soʼng umumiy holati tekshirildi. Daraxt tanasi, shox-shabbalari, bir va ikki yillik novdalarning, vegetativ va generativ kurtaklarning holati nazoratdan oʼtkazildi. Sovuqdan oldingi yil nav holati koʼrsatkichlari fenologik jurnal boʼyicha oʼrganiladi, novdalarning oʼsish xususiyati, vegetatsiya davrining davomiyligi, kasal va zarakunandalar bilan zararlanish va shikastlanish darajasi va boshqa muhim xoʼjalik va biologik koʼrsatkichlar inobatga olindi va oʼrganildi. Bunda tajriba uch xil variantda uch takrorlanishda olib borildi. Jami o’n ikkita nav bo’lib har bir navdan yigirma tup ko’chatda foiz hisobida aniqlandi . Bir-ikki yillik novdalar, asosiy shoxlarning sovuq urishi ham ballar boʼyicha quydagicha belgilangan: 0- daraxtlar shikastlanmagan; 1- ball- novdalarning 10%gacha sovuq urgan; 2- ball- novdalarning 11-25% sovuq urgan; 3- ball- novdalarning 26-50%sovuq urgan; 4- ball- novdalarning 51-75%sovuq urgan; 5- ball- novdalarning 75%dan koʼprogʼi sovuq urgan. Biz dala usulida tajriba variantlarida navlarning sovuq urish darajasini % larda hisoblab yuqorida koʼrsatilgan ballar bo’yicha baxoladik: 114 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Navlarning sovuqqa chidamlilik ko'rsatgichlari 25 a d 20 ib o 15 s ih % 10 0 5 0 1 0 % hisobida Bu diagrammadan shuni ko’rishimiz mumkinki sovuqqa chidamlilik darajasi navlar orasida nisbatan chidamsizroq 20 % ni Kishmish botir navida va eng past ko’rsatgichni Toyfi navida ko’rishimiz mumkin. Umumiy navlar kesimida avatar, husayni kelin barmoq, husayni o
Доказательный фрагмент
«Xorazm viloyati sharoitida tokning sifatli mo’l hosil beruvchi navlarini yetishtirish, ularning sovuq havo haroratiga chidamliligini ananaviy dala usulida aniqlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXorazm viloyati sharoitida tokning sifatli mo’l hosil beruvchi navlarini yetishtirish, ularning sovuq havo haroratiga chidamliligini ananaviy dala usulida aniqlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tok, tokning bir yillik novdalari, kishmishbop nav, xo’raki nav, zararlanish o’rsatkichlari., sovuq harorat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026