К содержанию
РецензированоRU2026

ABDULLA QAHHORNING “ANOR” HIKOYASIDA KAMBAG'AL OILA TIMSOLI

Qayumova Mushtariybonu Fazliddin qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Абдулла Каххор – блестящий художник. Посредством этой статьи писатель стремится подробно описать факты рассказа Абдуллы Каххора «Гранат», скрытые в нем истины, а также выводы, вытекающие из прочтения данного произведения. Ключевые слова: гранат, кукуруза, Туробжон, жена Туробжона, рассказ, развитие событий. Annotation: Abdulla Qahhor was a multifaceted writer. This article aims to provide a detailed analysis of the events in Abdulla Qahhor's short story "Pomegranate", uncovering hidden truths and drawing conclusions from the reading of this work. Key words: pomegranate, corn, Turobjon, Turobjon’s wife, short story, plot development Har bir yozuvchi ijod olamiga qadam bosar ekan, uning xayollarini, avvalo, bir o'y band qilishi turgan gap, u ham bo'lsa, asarlarim kitobxonlarning qalbidan joy egallay olarmikin, ularning hissiyotlarini qo'zg'ab, dardlariga hamohang bo'la olarmikan degan fikru-xayollar egallaydi. O'zbek adabiyotida shunday qalami o'tkir yozuvchi borki, uning bunday fikrlarni xayol qilishga vaqti ham zarurati ham bo'lmagan. " Nega" deysizmi? Chunki bu ijodkor xoh qisqa bo'lsin xoh uzun, uning qalami bilan qanday asar dunyoga kelishidan qat'iy nazar, ixlosmandlar qalbidan chuqur joy egallab, ularni o'zining asarlar dunyosiga cho'ktirib yuborgan. Bu yozuvchi shak-shubhasiz Abdulla Qahhor. Abdulla Qahhor turli janrlarda faol ijod qilganiga qaramay, ayniqsa, uning hikoyalari, ba'zan avtobiografik, ba'zan to'qima obrazlardan tashkil topib, bugungi kunga qadar o'z o'rnini yo'qotmay kelyapti. To'g'ri zamon boshqadir, 161 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ammo insoniyatni qiynayotgan muammolar hamon o'sha o'sha. Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasini sevib, shunday yo'qchiliksiz to'qchilik zamonida yashayotganidan shukrona aylab mutolaa qilgan va qilayotgan kitobxonlar talaygina. Boisi, ushbu bir necha varog'lik hikoyani o'qir ekansiz, u sizni o'sha davr sodda insonlari, qiyinchilik davrlari, yashash muhitiga darhol eltadi. Buning sababi shundaki, Qahhor o'z asarlarida har bir elementga alohida e'tibot berib, uni asar voqeliklariga mutanosib tarzda tasvirlaydi. Har bir detal asarga o'zgacha ohang bag'ishlaydi. “Anor” hikoyasi ham bundan mistasno emas, albatta. Ushbu asarni yaratish jarayonida ijodkor ham qalam tutgan qo'li, ham qalbi titrab, larzaga kelgani aniq. Bunga sabab, ijodkorni " bu satrlar bilan boshqa bir insonlarni dardlarini yangilab qo'ymasmikinman" degan xavotir chulg'ab olgan. Ayniqsa, asarning boshidanoq kitobxonni turli savollar qiynay boshlaydi. "Uylar to'la non, och-nahorim bolam, Ariqlar to'la suv, tashnayi zorim bolam" Ana shu misralarga ko'zi tushgan har bir insonda savol paydo bo'lishi turgan gap. Nega endi, uy to'la non-u bola och, nega ariqlar suvga limmo-lim bo'lsayu, bola tashnalikdan qiynalsa. Ushbu jumalalarni o'zidayoq Qahhor ko'plab masalalarni qistirib o'tadi. Balki, yozuvchi yashagan davrda qimmatchilik, qahatchilik hukm surgani ta'kidlanmoqdadir. Yo bo'lmasa, asar qahramoni Turobjon, hali tug'ilmagan bolasiga qarata aytayotgandir bu achchiq nolani. Chunki Turobjonning ayoli non emas, suv emas, yalinib olingan asal ham emas, aynan juda qimmat turadigan anor xohlayotgani uchun zorlanayotgandir. Ushbu holat o'sha davrdagi bir kambag'al oilaning holatini ayanchli tarzda tasvirlaydi. Sababi, bola hali tug'ilmasdan och. Turobjon ham yirtilgan ko'ylagiyu to'kilgan jo'xoridan qattiq alamda. Sababi o'sha kelida tuyulgan ozgina jo'xori bilan oilaning bir kuni o'tardida. Bu yerda "kambag'al" deyilganda nafaqat oddiy oilaning yeyishga noni yo'qligi kiyishga kiyim muammoligi aytilgan, balki "kambag'al" jumlasi butun jamiyat ongining o'z haq-huquqlarini tanimay, ilmsizlikka duchor bo'layotganini ham yaqqol namoyon etgan. O'sha davrlarda xasis bo'ylar ko'payib, arzimagan chaqaga oddiy aholini tinimsiz ishlatib, salkam qulga aylantirgan. Xulosa qiladigan bo'lsak, Abdulla Qahhor ushbu asari orqali nafaqat o'sha davr insonlarini yer tishlatgan qiyinchiliklarga bardosh bergan insonlar qismatini, balki bugungi kundagi to'kinchlik muhitiga shukronalik hissini tuyish lozimligini keltirib o'tgan. Asar oxirida guvohi bo'linadiki, xotining achchiq gaplariga, zamon zahriga chidolmay, qahramonimiz Turobjon bir xalta anor ko'tarib keladi. 162 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bu oilaning sotib pullagidek moli, anor bog'i bo'lmasa, o'sha anorlarni qayerdan olganikin. O'g'irlik qilganmikin, shunday bo'lishi tayin, xotini qayerdan olganini so'raganida Turobjon "tilini yutib yuboradi". Ushbu jumladan vaziyat yaqqon namoyon. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Abdulla Qahhor. Asarlar.Besh jildlik. Birinchi jild. “Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sa'nat nashriyoti” Toshkent, 1987 2. Marxabo Qoʻchqorova, Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida (monografiya) Toshkent: Akademnashr, 2018 3. Marxabo Qoʻshqorova " Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari". "Muharrir "nashriyoti. Toshkent 2011.Ozod Sharafiddin

Доказательный фрагмент

«Абдулла Каххор – блестящий художник. Посредством этой статьи писатель стремится подробно описать факты рассказа Абдуллы Каххора «Гранат», скрытые в нем истины, а также выводы, вытекающие из прочтения данного произведе…»

Образец извлечения

Демо-превью

Абдулла Каххор – блестящий художник. Посредством этой статьи писатель стремится подробно описать факты рассказа Абдуллы Каххора «Гранат», скрытые в нем истины, а также выводы, вытекающие из прочтения данного произведе… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pomegranate, corn, Turobjon, Turobjon’s wife, short story, plot, jo'xori, Turobjonning ayoli, voqealar rivoji., hikoya, anor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники