К содержанию
РецензированоUZ1970

BOZOR IQTISODIYOTIDA ISLOM MOLIYASINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turdaliyev Ravshanbek Abdulhoshim o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · O‘zbekiston Respublikasi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1970

Аннотация

Maqolada hozirgi davrda dunyo moliya bozorida keng o`rin olayotgan islom moliyasining rivojlanishi tendensiyasi taxlil etilgan. Islom banklari va an’anaviy banklarning o’ziga xos hususiyatlari va Islom banklarining afzalliklari ko’rib chiqilgan. Islom moliyasining rivojlanish tarixi bayon etilgan, islom bank tizimining jahon va bu sohada yetakchi bo’lgan mamlakatlar bank tizimidagi o’rniga baho berilgan. Bundan tashqari, ushbu maqolada islom banklarining hozirgi holati va ularning jahon iqtisodiyotidagi tarqalish istqibollari ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: islom, islom moliyasi, islom banklari, islom moliya tizimi, islom moliyasi tamoyillari. Islomiy moliya tushunchasini taxminan 1400 yil oldin kuzatish mumkin bo'lsa-da, uning yaqin tarixi Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida islom banklari ochilgan 1970-yillarga to'g'ri keladi. Bahrayn va Malayziya 1990-yillarda mukammallik markazlari sifatida paydo bo'ldi.1 Keyingi o'n yilliklarda bankning ushbu turiga qiziqish sezilarli darajada o'sishda davom etdi. Ko'p o'tmay, birinchi taniqli moliya instituti - Misrda Mit Ghamr jamg'arma loyihasi biznes uchun ochildi. 1971 yilda ushbu loyiha Nosir ijtimoiy banki bilan birlashtirilgan. Bundan tashqari, Islom Davlatlari Moliya Vazirlari, Islom Iqtisodiyoti Birinchi Xalqaro Konferentsiyasi kabi nufuzli anjumanlarda islom moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Natijada, foizsiz bank ishni oddiygina nazariyadan amalda amaliyotga tatbiq etish yuzaga keldi va 1975 yilda hukumatlararo bank tashkil etildi. O'sha yili birinchi xususiy foizsiz bank - Dubay Islom banki deb nomlangan, bundan keyin Sudan, Misr va Quvayt kabi mamlakatlarda ko'proq banklar ochildi. 1975 yildan beri ellikdan ortiq foizsiz banklar ochildi, bu moliyaviy institutlarning aksariyati musulmon mamlakatlarida. Ya'ni, 1980-yillarning boshlarida G'arbiy Yevropada islom banklari ham ochilgan. Bundan tashqari, Pokiston va Eron hukumatlari barcha banklarda islomiy bank tizimini joriy qildilar.2 Islom moliyasi bozori o’tgan asrga qaraganda ancha keng tarqaldi. Hozirgi paytda islom moliya institutlarining soni 700 dan ziyod. O’tgan asrning 90-yillarida esa bu tizim yaqin Sharq va Malayziyada mavjud edi. Hozirda esa bu tizim Yevropa davlatlarida ham tarqalmoqda. Islom moliya bozori rivojlanayotgan bozorning muhim qismini egallashga harakat qilayotgan ko'p sonli ishtirokchilar bilan parchalanib ketgan. Osiyo va Afrika kabi ba'zi mintaqalarda ko'plab mahalliy ishtirokchilar va ba'zi yirik ishtirokchilar ishtirokida u o'rtacha 1 ‘’Introduction to Islamic finance’’, https://www.accaglobal.com/gb/en/student/exam-support- resources/fundamentals-exams-study-resources/f9/technical-articles/introduction-to-islamic-finance.html 2 ‘’History of Islamic Banking’’, https://ijaracdc.com/history-of-islamic-banking 33 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si darajada o'sib bormoqda. Biroq, GCC juda ko'p xalqaro ishtirokchilarning mavjudligi bilan yuqori raqobatbardosh bozordir. Bank Al-Rajhi, Dubay islom banki va Quwait House Finance lar asosiy ishtirokchilardandir. So’ngi 10 yillikda islom moliyasining yillik o’sish suratlari 10-12% ni tashkil qilmoqda.2016- yil yakuniga ko’ra, Islom moliya tizimi 2,293 trln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Islom moliyasi va Islom institutlari nafaqat yaqin Sharq va Malayziya balki boshqa musulmon davlatlarda va hatto amerika davlatlarida ham faoliyat yurita boshladi. Bularga misol qilib, AQSH JP Morgan, The bank of Whittier, American Finance House, Standart chartered Islamic Banking va singari tijorat banklari shariat talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yilda jahon islom bankining jami aktivlari qariyb 1,99 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. Global islom banki aktivlari va depozitlari umumiy qiymati o'sishda davom etishi prognoz qilingan edi va bu ko’rsatkichlar o’sishda davom etib kelmoqda. Islom moliyasining o’sishiga va ommalashuviga, geografik jihatdan kengayishiga sabab bo’ladigan an’anaviy banklardan bir qancha afzallik va ustunliklari mavjud: 1.Moliyaviy faollikni oshiradi. Soha ekspertlarining takidlashicha, dunyo musulmonlarining deyarli to’rtdan uch qismi an’anaviy banklar bilan aloqa qilmaydi. Bunga sabab esa an’anaviy banklardagi foiz va shariatga mos kelmaydigan amaliyotlardir. Islom bank tizimi esa bu to’siqni olib tashlaydi va musulmonlarning banklar bilan aloqalarini yaxshilaydi. 2.Xarom va zararli narsalarni ta’sirini kamaytiradi. Islom moliyasi jamiyatga zararli faoliyatlarni (alkagol, narkotik va pornografik mahsulotlarni) moliyalashtirmaydi. Bu esa nafaqat musulmonlarga balki butun dunyoga katta foyda keltiradi. 3. Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaydi. Islom banklari har bir mijozning risklarini malum bir qismini ham o’z bo’yniga oladi shuning uchun ham loyihlarni yanada sinchiklab o’rganadi va haddan ziyod risklar katta bo’lgan loyihalarga mablag’ ajratmaydi. O’zbekison Markaziy Osiyoda joylashgan va aholi soni bo’yicha mintaqadagi eng ka

Доказательный фрагмент

«Maqolada hozirgi davrda dunyo moliya bozorida keng o`rin olayotgan islom moliyasining rivojlanishi tendensiyasi taxlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada hozirgi davrda dunyo moliya bozorida keng o`rin olayotgan islom moliyasining rivojlanishi tendensiyasi taxlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, islom moliyasi tamoyillari., islom moliya tizimi, islom banklari, islom moliyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники