К содержанию
РецензированоRU2026

QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Rasulova Sharifa Gaybullaevna (in-academy.uz/index.php/si) · Abdunabiyev Akbar Qahramon o`g`li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В статье излагаются соображения об организационных формах строительства. Ключевые слова: Капитальное строительство, инвестиции, инвестор, кредитор, подрядчик, материально-техническая база. Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtiroqchilari sifatida odatda bajaradigan vazifalariga ko‘ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar ishtirok etadilar. Investor - ob’ekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag‘lar hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investor investitsiya natijalarini tasarruf qilishga to‘liq yuridik huquqlarga ega. SHuningdek, u investitsiyalarni (kapital qo‘yilmalarni) jalb qilish shaklini belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni ishtiroqchilari bilan bo‘ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga oshiradi. Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, haridori bo‘lishi, shuningdek, bevosita quruvchi funksiyasini bajaradi.Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab ob’ektni foydalanishga topshirish yoki ob’ektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha bo‘lgan muddatda ob’ekt qurilishining tashkilotchisi va boshqaruvchisi funksiyalarini qabul qilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs.Qurilish egasi - qurilish bo‘layotgan er maydoniga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U buyurtmachidan farqli ravishda qurilish uchun ajratilgan er maydonidan uzoq muddatli ijara shartlari asosida foydalanadi. Pudratchi (bosh pudratchi) - pudrat shartnomasi yoki kontrakti asosida ob’ekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to‘liq javobgar bo‘ladi. U zarur hollarda ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun quyi pudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin Loyihalovchi - buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu ob’ektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga o‘xshash boshqa muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sifati uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Buyurtmachi loyihada ko‘zda tutilgan echimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun mualliflik nazorati o‘rnatadi.Qurilish ishlab chiqarishi jarayoni turli shakl va usullarda tashkil qilinishi mumkin bo‘lib, pudrat usuli, xo‘jalik usuli, ob’ektlarni “qulf-kalit” qilib topshirish va sotish shular jumlasidandir.Pudrat usulida qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarning 116 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si taxminan 80 foizdan ortig‘i shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos bo‘lib xizmat qiladi.Xo‘jalik usulida - ob’ektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish ishlari xo‘jalk sub’ektlarining - korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu kabilarning kuch va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta ta’mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob’ektlari, hududlar va xonalarni obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari ko‘pincha shu usulda olib boriladi.Ob’ektlarni to‘liq qurib bitkazishga o‘tkazish (“qulf-kalit” bilan topshirish)da buyurtmachining funksiyalari bosh pudratchiga berilib, u qurilishni boshidan boshlaydi va ob’ektni buyurtmachiga uzil-kesil tugallangan holatda topshiradi. Qurilishning bunday usuli uy-joy qurilishida juda keng tarqalgan. Tanlovlar - iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo‘lib, bunda buyurtmachi biror ob’ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar etkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va hohlovchilarni shu tanlovda ishtiroq etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g‘oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko‘rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi “tender” deb ataladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shakllardan tashqari, qurilishning ijtimoiy mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan ixtisoslashuv, konsentratsiya, kooperatsiya kabi tashkiliy shakllari mavjud. SHuni ham aytib o‘tish kerakki, bu shakllar faqat qurilishda emas, balki xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida, avvalo sanoatda ham qo‘llaniladi. Amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, bu shakllarni mohirlik bilan qo‘llash orqali ishlab chiqarish va kapital qo‘yilmalarda yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, agar ixtisoslashuv va kooperatsiya harajatlarning kamayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga imkon bersa, konsentatsiya va kombinirlash - xom ashyo va materiallardan kompleks foydalanishga hamda qurilish sohasida fan-texnika taraqqiyoti ko‘lamining yanada kengayishiga olib keladi.Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida faqat mahsulot ishlab chiqaribgin

Доказательный фрагмент

«В статье излагаются соображения об организационных формах строительства.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье излагаются соображения об организационных формах строительства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Капитальное строительство, инвестиции, инвестор, кредитор, pudratchi, moddiy texnik baza., investor, kreditor, Kapital qurilish, investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники