Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MATEMATIK TAFAKKURINI OSHIRISH
NEW RENAISSANCE · Sulaymanova Nigora
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article describes the methodology and effectiveness of using action games to improve students' abilities in elementary mathematics classes, the role and importance of the use of moving games in the classroom to improve the quality of education, as well as the author's "Numbers swelling and multiplication” about the game, its methodology and effectiveness. Keywords: Action games, "Addition and subtraction of numbers", efficiency, education system. УЛУЧШЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ АКТИВИРОВАННЫХ ИГР НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье описаны методика и эффективность использования подвижных игр для совершенствования способностей учащихся на уроках начальной математики, роль и важность использования движущихся игр на уроках для повышения качества обучения, а также авторские «Числа» набухания и умножения » Об игре, ее методологии и эффективности. Ключевые слова: Игры-действия, «Сложение и вычитание чисел», эффективность, система обучения. 164 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Boshlang’ich sinf matematika darslari matematik bilimlarning fundamental asosini tashkil etadi. Shu sababli ham boshlang’ich sinf matematika darslarining samaradorligining yuqori bo’lishi har qanday mamlakat ta’lim tizimida ustuvor vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda dars davomida turli xil interfaol metodlar keng qo’llanilmoqda. Ular darslarning samaradorligi oshishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shuni aytish joizki, o’quvchilarning diqqatini darsga qaratishda, mavzularni yaxshi o’zlashtirish uchun dars davomida turli xil jismoniy harakatlardan iborat didaktik o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu ma’lum-ki, dars bu- aniq belgilangan vaqtda, muqim joyda o’tkaziladigan dars mashg’uloti. Darsni qay usulda tashkil etishni o’qituvchi mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlashi mumkin. Shu navbatda o’yin o’zi nima ekaniga izoh berish lozim. O'yin — bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyat hisoblanadi. Ularning bu faoliyati, o'yin turlariga qarab, obyektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o'zida aks ettiradi. O'yin sinfda o'tilgan o'quv faoliyatining ma'lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. Tajribalar shuni isbotlanganki, o'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir. Didaktik o'yin — ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy maqsadlarga erishuvga, ya'ni o'tilgan o'quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Boshlangich sinf matematikda kursida o’quvchilarga sanoqni o’rgatish va dastlabki arifmetik amallarini bajarish davomida “Sonlarni qo’shish va ayirish” didaktik o’yinidan foydalanish yaxshi samara beradi. O’yinning maqsadi-arifmetik amallar haqidagi bilimlarni takrorlash va mustahkamlashdir. Bunda qo’shiluvchi yoki ayiriluvchi sonni o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda tanlaydi. O’yin davomida har bir o’quvchining javobi tinglanadi. Ta’limdagi didaktik o’yinlarning asosiy kamchiligi o’zlashtirishi o’rta va past darajada bo’lgan o’quvchilarning harakatli o’yinlarda ham ishtiroki past darajada ekanligidir. Shuning uchun ham o’yin 2 bosqichda tashkil etiladi. 2-bosqichi aynan o’zlashtirishi o’rta va past darajada bo’lgan o’quvchilar uchun tashkil etiladi. Arifmetik amallarni qo’llash borasidagi bilimlarini oshiradi va mustahkamlaydi. O’yinning qisqa ta’rifi quyidagicha: O’yin uchun maxsus belgilangan joy tanlab olinadi. Oq’uvchilar joylashadigan joy “Yashil yo’lakcha” yashil rangga, “Ogohlik maydonchasi” esa sariq rangga bo’yaladi. O’quvchilar “Bilimlar bayroqchasi” dan foydalanib, bir-birlariga to’g’ri javob berganlarida o’yin davom etadi. 165 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 1-bosqich: Guruh o’quvchilari ikkiga bo’linadi, har bir guruh a’zolari aylana shaklida “Yashil yo’lakcha”ga turishadi va qo’llariga “Bilimlar bayroqchasi” ni olishadi. (1-rasm) 1-rasm. “Sonlarni qo’shish va ayirish” harakatli o’yinining 1-bosqichi. Guruhlarning har ikkisiga alohida shart aytiladi. Birinchi guruhga: “1 sonini 30 sonigacha 2 birlik orttiring!” deb, ikkinchi guruhga esa: “30 sonini 1 sonigacha 2 birlik kamaytiring!” deb topshiriq beriladi. To’g’ri javob berilgan paytda o’quvchilar qo’llaridagi bayroqchani keyingi o’quvchiga beradilar, agar o’quvchi noto’g’ri javob bersa aylana markazidagi ogohlik maydonchasiga o’tadilar. O’yin quyidagicha davom etadi: Birinchi guruhning birinchi o’quvchisi: “1 sonini 2 birlik orttirsak 3 soni hosil bo’ladi” deb javob beradi va qo’lidagi bayroqchani navbatdagi o’quvchiga beradi. Ikkinchi bola esa o’yinni davom ettiradi: “ 3 sonini 2 birlik orttirsak 5 soni hosil bo’ladi” , o’yin shunday 29 soni hosil bo’lgunga davom etadi.
Доказательный фрагмент
«This article describes the methodology and effectiveness of using action games to improve students' abilities in elementary mathematics classes, the role and importance of the use of moving games in the classroom to i…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the methodology and effectiveness of using action games to improve students' abilities in elementary mathematics classes, the role and importance of the use of moving games in the classroom to i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Action games, "Addition and subtraction of numbers", efficiency, education
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026