Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Turli tizimli tillarda so’z yasash usullarining umumiy va farqli jihatlari
UZBEKISTAN” JURNALI · Ahmadova Feruza Qahramon qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
It is known that words form the basis of every language, and every language has its own rules for the formation of words. Uzbek word formation methods are different from English. Through this article, we will learn more about the formation of words in the Uzbek and English languages, as well as its types and methods of formation. Kalit so’zlar: so‘z yasalishi, so‘z yasаsh qоliplаri, derivatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, fonetik, semantik, prefikslar, suffikslar, konversiya. Ключевые слова: словообразование, закономерности словообразования, деривация, аффиксация, композиция, аббревиатура, фонетика, семантика, приставки, суффиксы, конверсия. Key words: word formation, word formation patterns, derivation, affixation, composition, abbreviation, phonetic, semantic, prefixes, suffixes, conversion. So‘z yasаlishi, umumаn, qаndаy usul, qаndаy vоsitа bilаn bo‘lmаsin yangi lеksik mа’nоli so‘z hоsil qilishdir. So‘z yasаlishi tilshunоslikning аyrim bir bo‘limi sifаtidа so‘zlаrning yasаlishini, yangi lеksik birlik hоsil qilishning qоnun- qоidаlаrini, vоsitаlаrini, so‘z yasаlishi tаrkibini tеkshirаdi. Dеmаk, bu sоhаning оbyеkti yasama so‘zdir. “Har bir til asosan o‘z lug‘at boyligi va grammatik qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha o‘sib, takomillashib boradi. So'z yasalishi 830 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o'zgarishi mumkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir. So'z yasash tildagi boshqa sohalar bilan, xususan, lug'at va grammatika bilan uzviy bog'liq. Yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, kitob, chiroy so'zlari mavjudligi uchun shu so'zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so'zlar yasalgan. So'z yasalishi asosida so'z ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat so'z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, so'z yasalishida ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat so'z yasalishining grammatika bilan ham bog'liqligini ko'rsatadi. O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan quyidagi 2 usul asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi: 1. Morfologik (affiksatsiya) usuli. 2. Sintaktik (kompozitsiya) usuli. O'zak va negizga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi so'z yasash morfologik usul bilan so'z yasash deyiladi. So'z yasalishida qo'shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi. So'z yasovchi qo'shimchalar o'zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, hosildorlik, chidarnlilik ham qo'shiladi. So'z yasovchi qo'shimchalar asosan o'zak va negizdan keyin qo'shiladi. O'zakdan oldin qo'shiluvchi old yasamalar o'zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so'zlarning yasalishida old qo'shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so'z yasalishdagi muhim shartlardan biri so'z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo'lishdir.Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir. Morfologik usul bilan so'z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos. Sintaktik usul bilan so'z yasash ham unumdor usullardan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi,shuningdek, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, 831 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So'z yasalishidagi bu usul lug'aviy-semantik usul deyiladi. Ingliz tilida so‘z yasalishi ba’zan semantik o‘zgarishlarga qiyoslanadi. So‘z yasashning to‘rtta asosiy turi mavjud: prefikslar, suffikslar, konversiya va birikmalar. • Prefiks(Prefixes) va qo'shimchaning qo'shilishi bilan;Bu juda qadimiy so‘z yasalishi usuli bo’lib, deyarli barcha tillarda uchraydi. Har qanday vaziyatda qo‘llanilgan affikslarni o‘rganish uning umumiy xarakteri va temperamentiga ma’lum darajada oydinlik kiritishi mumkin.Prefikslar - bu boshqa ma'noli yangi so‘z yaratish uchun so‘z boshiga qo‘shadigan qo‘shimchalar. Shuningdek, ular so‘zni salbiy yoki vaqt, joy yoki uslub munosabatlarini ifodalashi mumkin.Bunga tur
Доказательный фрагмент
«It is known that words form the basis of every language, and every language has its own rules for the formation of words.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is known that words form the basis of every language, and every language has its own rules for the formation of words. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- word formation, word formation patterns, derivation, affixation, affiksatsiya, derivatsiya, so‘z yasаsh qоliplаri, so‘z yasalishi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025