К содержанию
РецензированоUZ2026

POWER POINT DASTURIDA ANIMATSIYALARNI YARATISH VA ULAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

We hope that this article will be useful to people of all ages. In this article, we want to share our knowledge and skills on creating and working with animations in Power Point. We hope that our information will be useful to you too. Keywords: Microsoft Word, Power Point, Excel, Adobe Photoshop, Animation, slides, video clip, advertising, computer, presentation, announcement, television and radio channel, graphic information, sound, special effects package, handout, lecture plan, seminars, conferences, graduation works Faraz qiling, Siz odamlar bilan to'la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o'zingizning yangi fikrlaringizni bo'lg'usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dastur har xil video-klip va animatsiyalardan foydalanib 24 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference taqdimot yaratish orqali, o'z fikringizni tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko'rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo'yicha eng kuchli vositaga aylandi. Reklama namoyishini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va ma’suliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o'ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi. Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda o'quv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi. Namoyish - bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko'rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to'plamdan iborat bo'lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo'lishi ham mumkin. Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo'lib, unda sarlavha, matn, grafik, diagramma va boshqa ma’lumotlar joylashgan bo'lishi mumkin. MS Power Point yordamida yaratilgan slaydlarni printer yordamida chop etish yoki maxsus agentliklarda 35-millimetrli fotoplyonkalarga o'tkazib olish mumkin. Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko'rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig'indisidan iborat. Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to'rt yoki oltitadan qilib chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyoriangan materialga aytiladi. Slaydlarga MS Power Point 2010da mavjud bo'lgan ma’ruza mavzusiga mos fon tasviri uchun mo'ljallangan Dizayn mavzusi yoki ranglar jilosi o'rnatish orqali taqdimotni boytish mumkin. Yaratilgan taqdimotni MS Power Point 2010 va undan avvalgi laxjalarida ochish va tahrirlash imkonini beruvchi - .pptx (.ppt), MS Power Point 2010 dasturisiz ishlay oladigan Demonstratsiya Power Point - .ppsx (.pps), chop etilgan hujjat shaklida - .pdf, shuningdek har bir sahifasini rasm shaklida - .jpeg, 25 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference .gif va .tiff hamda video fayl shaklida - .WMV formatlarida saqlash imkonini beradi. 2. MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010 oynasi ko'rinishi oddiy va sodda bo'lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak bo'ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to'qqiz guruhga bo'lingan vkladkalar mavjud bo'lib, ularda: Fayl - fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish Glavnaya - slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va almashtirish Vstavka - slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va multimediyalar joylash Dizayn - slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash Perexodi - bir slayddan boshqasiga o'tish, slaydni ko'rsatish vaqti va tovush o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish Animatsiya - slayd o'byektlariga harakat, qo'shimcha harakat, slaydni ko'rsatish vaqtini o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish Pokaz slaydov - taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni sozlash Retsenzirovanie - to'g'ri yozilganligini tekshirish, mtn yozilgan tilni o'zgartirish va izohlar o'rnatish Vid - taqdimotni ko'rish rejimini o'zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash va boshqa amallarni bajarish buyruqlari jamlangan. MS Power Point oynasining ish sohasida yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga eslatmalar joylashtirish (zametki кslaydu) darchasi, tasm

Доказательный фрагмент

«We hope that this article will be useful to people of all ages.»

Образец извлечения

Демо-превью

We hope that this article will be useful to people of all ages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Microsoft Word, Power Point, Excel, Adobe Photoshop, kompyuter, ma’ruza rejasi, video-klip, ovoz, tarqatma material, Animatsiya, teleradiokanal, konferensiyalar, maxsus effektlar to’plami, slaydlar, grafik axborot, bitiruv ishlari, reklama, seminarlar, e’lon, taqdimot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники