Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
JIZZAX VOHASI YER OTLARINING SHAKLLANISHIDA ETNONIM, ANTROTOPONIM, PATRONIM VA KASB-HUNAR BILAN BOG‘LIQ NOMLAR
MANAGEMENT AND ECONOMY · Almanov Qahramon Oblaqulovich
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi toponimlari tahlil qilinib, hududdagi joy nomlarining asosan etnotoponimlar va patronimlardan iboratligi yoritilgan. Tadqiqotda vohaning turli hududlaridagi toponimlarning kelib chiqishi, tarixiy sharoitlari, etnik tarkibi va til qatlamlari bo‘yicha farqlanishi ko‘rsatib berilgan, shuningdek, Jizzax vohasidagi aholi maskanlarining etnotoponimik xususiyatlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan. Kalit so‘zlar: Jizzax vohasi, toponimlar, etnotoponimlar, patronimlar, sug‘diy qatlam, forsiy qatlam, turkiy qatlam, migratsiya, sovet davri toponimikasi, geografik nomlar, XIX-XX asrlar Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi toponimlari tarkibiga umumiy bir nazar tashlanganda voha toponimlarining katta bir qismini etnotoponimlar va patronimlar tashkil etishini kuzatish mumkin[1]. Faqat bu holat vohaning hududlarida turli tuman bir hil emas. Jumladan, yirik shaharlar – Jizzax va Zomin, o‘rtacha kattalikdagi – O‘smat, Mirzacho‘l, G‘allaorol, Forish, Do‘stlik kabi shaharlarda ko‘proq aholining maishiy turmush tarzi (kasb-kor, hunarmandchilik) bilan aloqador joy nomlari, vohaning qishloq va ovullarida, xususan, Sangzor daryosining o‘rta oqimi, daryobo‘yi, dasht va cho‘l hududlarida etnotoponim va patronimlar nisbatan ko‘p uchrashi ko‘zga tashlanadi. Tarixchi olim A.Malikovning ta’kidlashicha, bir qator tadqiqotchilarga ko‘ra O‘zbekistondagi aholi maskanlarining sezilarli bir qismi etnotoponimlardan iborat bo‘lib, ular joylarga qarab 10 % dan 30 % gacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi va ularning ancha qismi Zarafshon va unga tutash hudud bo‘lgan Jizzax vohasiga ham to‘g‘ri keladi[2]. Jizzax vohasida mingdan oshiq aholi maskanlari uchrab, ularning katta bir qismini etnotoponimlar iboratligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, Samarqand viloyatida tarkibida bo‘lgan turli uezdlar atrofida 800 tagacha o‘zbekcha urug‘ nomlari bilan bog‘liq etnotoponimlarning uchrashi diqqatga sazovordir[3]. Jizzax vohasi va uning tarkibidagi turli hududlar, xususan, tog‘li va tekislik hududlarda keyinchalik tashkil etilgan tumanlarda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. XIX - XX asrlardagi vohadagi aholi manzillarining nomlanishida 92 99 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference bovli o‘zbek urug‘lari nomlari bilan bog‘liq etnik nomlar va qadimiy urug‘ va qabilalarga aloqodor bir qancha sug‘diy va turkiycha nomlar borligi kuzatiladi. Xususan, kelib chiqishi asosan turkiy, qisman forsiy, arabcha va boshqa tillar bilan aloqador o‘nlab joy nomlari vohaning barcha tumanlarda uchrasada, qaysidir tumanlarda bu holat ko‘pchilikni tashkil qiladi[4], qaysidir tumanlarda esa aksincha ekanligi ko‘zga tashlanadi. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo‘lib, kelib chiqishi jamiyat hayoti, hududda yashayotgan yoki qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, har bir tarixiy davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini uning geografik nomlarida ham ko‘rish mumkin. Geografik nomlar tarkibidagi mavjud lug‘aviy-geografik qatlam bo‘yicha Jizzax vohasida keng tarqalgan quyidagi 7 ta qatlamlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1.Sug‘diy (Andagin, Andugon, O‘xm, Mocharm, Jizzax, Mug‘on, Porasht, Novqa, Nushkent, Pishag‘ar,); 2.Forsiy (Duoba, Chortog‘, Ardaxshon, Xuroson, Peyshanba, Tagob, Tangi, Sangzor, Garasha, Chorbog‘, Navro‘z); 3.Turkiy (Qorasoy Qorabo‘yin, Qorakaltak, Qo‘g‘ay, Puchug‘oy, O‘rtaqishloq, Yoyilma, So‘loqli, Tuyoqli, Tuyachi, Tumor, Qirq, Bolg‘ali, Kaltatoy, Ming, Barlos, Qaropchi, Qipchoq) Jelli g‘uli, Hulkar; 4.Arab (Aravon, Arabmozor, Arabqishloq, Arabto‘pi, Toshloqarab, Talli, So‘fimozor, Juma, Mavtan, Avliyo, Ravot); 5.Turk-mo‘g‘ul (Arg‘in, Axtachi, Do‘rmon, Darxon, To‘qay, Yomchi, Ungut, Sayxan, Sulduz, Ko‘tal, Jaloyir, Mo‘g‘ol, Saroy, Nayman, Qo‘nji, Qo‘riq ); 6.Slavyan (Ulyanovo, Oktyabr, Parts’ezd, Kommunizm, Rassvet); 7.Yangi qatlam (Istiqlol, Nurafshon, Istiqbol, Baxtli, Mustaqillik, Bunyodkor, Yangiturmush). Jizzax vohasidagi joy nomlarini tadqiq qilish jarayonida vohadagi joy nomlarining nomlanishida uchraydigan yuqoridagi nomlar butun Jizzax vohasi va mintaqamiz uchun ham ta’luqli bo‘lib bu kabi nomlar respublikmizning barcha hududlarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbekiston hududlaridagi toponimlar bo‘yicha yirik mutaxassis S.Qoraev[5] XX asrda vohada mavjud toponimlarining katta qismini etnotoponimlar tashkil etishini ta’kidlagan bo‘lsa, voha toponomiyasi bo‘yicha mutaxasis Q.Hakimov etnonim bilan bir qatorda vohada kasb kor, va geografik o‘rin bilan bog‘liq nomlar ko‘pchilikni tashkil etishini takidlaydi[6]. Voha toponomiyasini tadqiq qilgan tadqiqotchilarning ishlarida o‘ziga xos o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib ularning ilmiy farazlari bir birini to‘ldiradi. Tadqiq qilinayotgan o‘lka toponomiyasi rus bosqini va undan keyingi davrlarda 100 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ancha o‘zgarganligini 1897, 1926 yil aholi ro‘yxatida tilg
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi toponimlari tahlil qilinib, hududdagi joy nomlarining asosan etnotoponimlar va patronimlardan iboratligi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi toponimlari tahlil qilinib, hududdagi joy nomlarining asosan etnotoponimlar va patronimlardan iboratligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- patronimlar, sug‘diy qatlam, XIX-XX asrlar, forsiy qatlam, turkiy qatlam, etnotoponimlar, toponimlar, migratsiya, geografik nomlar, Jizzax vohasi, sovet davri toponimikasi
Смежные источники
The American Journal of Management and Economics InnovationsAsrakulov Abdurakhmon Sultonovich2020
Информатика и инженерные технологииBАNK INFRАTUZILMАSINING O‘RNI, Samadkulov Muhammadjon Islom o‘g‘li +22016
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011