Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY KURASH TURLARI VA NAZARYASI
Vaxobov G‘iyos Do‘stmurodovich · koʻrinishlari Gretsiya (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1912
Аннотация
Kurash usullariga tarbiyaviy ahamiyat berilishi bejiz emas albatta. O‘sib kelayotgan yosh navqiron avlod ongi va qalbida milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, usul, vosita va omillar qatorida milliy kurash o‘ziga xos xususiyatga ega. Kalit so‘zlar: Kurash, kurash turlari, belbog’li kurash, jismoniy mashqlar, mashg’ulotlar, harakat texnikasi, nazariy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik. Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Kurash, ayniqsa, Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiyada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Ma’lumki, o’zbek milliy kurashi O’rta Osiyo va Qozog’iston hududida keng tarqalgan sport turi bo’lib, bu hududlarda kurashning “Buxorocha” va “Farg’onacha” shakllari keng qo’llaniladi. “Buxorocha” kurashda tik turgan holda, beldan pastni ushlamasdan, qalmoqi qilib yiqitish usuli mavjud. Bu kurashning asosiy usullari raqibni oshirib otish, qalmoqi, qoqma, ichki tomondan poypechak qilib ag’darib, raqibning yelkasidan ushlab, tizza tomon bilan ilomoq qilib yelkadan oshirib tashlashdan iborat. Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida “Buxorocha” kurash keng tarqalgan. Kurash qoidalarining xususiyatlari Kurashda raqibni ushlab olganda, ko’targanda oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni yerdan ko’targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon tomonlarga tashlash kerak. 17 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Yerdan ko’tarishda chapga yoki o’ngga tez o’girilish shart va bunda raqibni yon tomonga yoki kurakka tashlanadi. Har bir olishuv boshlanishidan oldin uchta hakam (o’rtadagi xakam, ikkita yon hakam) musobaqalar o’tkaziladigan maydonning chetiga birgalashib turishadi, ung qo’llarini chap ko’krakka qo’yib, o’z joylarini yegallashdan oldin ta’zim qiladilar. Musobaqalar o’tkaziladigan maydondan chiqishdan oldin xakamlar takroran chetda yig’iladilar va o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib tomoshabinlar ko’p tomonga qarab, ta’zim qiladilar. Kurashchilar ham gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta’zimdan so’ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to’g’riga yurishlari shart, keyin o’ng qo’lni chap ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim qilishlari shart. Hakam olishuv natijasini ye’lon qilgandan so’ng Kurashchilar yana bir bor o’ng qo’llarini chap ko’ksiga qo’yib bir-birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan chiqib ketadilar. Hakam va yon tomondagi hakamlar tayyorgarlik holatida olishuvdan oldin, Kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin turishlari shart. Hamma ta’zimlar bo’yin va gavdaning yegilishi orqali bajariladi. Agar Kurashchilar ta’zimni bajarmasalar, hakam uning bajarilishini talab qilishi shart. Gilamdagi hakamlar maydonni nazorat qilar ekanlar, gilamning usti tekis, toza, tatamilar orasi ochiq bo’lmasligiga, yon hakamlar o‘rindiqlarilari o’z joylarida joylashishlariga va kurashchilar belgilangan qoida talablariga javob berishlariga e’tibor qaratishi shart. Hakam gilam o’rtasida vaqt ro’yhatga olinadigan stolga qarab tik holatda turishi kerak. Belbogʻli kurash. Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrgan mansub Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qadimiy „Tan- shu“ qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar kurash musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va shu kabilar kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri – 20-asr boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy kurashini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha 18 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference kurash tu
Доказательный фрагмент
«Kurash usullariga tarbiyaviy ahamiyat berilishi bejiz emas albatta.»
Образец извлечения
Демо-превьюKurash usullariga tarbiyaviy ahamiyat berilishi bejiz emas albatta. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ruhiy tayyorgarlik., Kurash, harakat texnikasi, mashg’ulotlar, nazariy tayyorgarlik, jismoniy mashqlar, kurash turlari, belbog’li kurash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026