К содержанию
РецензированоUZ2024

REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA BEPUSHTLIKNING NAY-PERITONEAL OMILINI ZAMONAVIY XIRURGIK DAVO USULLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

UZBEKISTAN” JURNALI · USULLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH. · Choriyeva G.Z. · Sheraliyeva D.N. · Sadullayeva U.A. · Yangibayeva D.T.

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Adabiyot manbalarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, nay- peritoneal bepushtlik turi - ko'p omilli va davolash muammosi qiyin vazifa bo'lib, chanoq bo'shligʻida bitishmalarni yengish uchun jarrohlikning yangi zamonaviy usullarini optimallashtirishga qaratilgan doimiy tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. Jarrohlik davolashning samaradorligi mukammal jarrohlik texnikasi, reabilitatsiyon terapiyani to'g'ri olib borish, bachadon nayining funktsional holatini tiklash va kichik chanoqda operatsiyadan keyingi bitishmalarning profilaktikasiga bog‘liq. Kalit so'zlar: nay-peritoneal bepushtlik, surunkali metroendometrit, EKU, salpingolisis, bitishmali jarayon. Bugungi kunda er-xotinlar o'rtasida bepushtlik muammosi, afsuski, keng tarqalgan bo'lib qolmoqda. Turli manbalarga ko'ra, bir qator Evropa mamlakatlarida er-xotinlarda bepushtlik 10% hollarda kuzatilgan, AQShda bu ko'rsatkich 8 dan 15% gacha, shunga o'xshash ko'rsatkich Rossiya Federatsiyasida ham kuzatiladi - 8-21% [1, 2]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida so'nggi o'n yilliklarda bepushtlik holatlari ko'paydi va 25-30% ni tashkil qiladi [3]. Ma'lumki, bepushtlik birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin. Birinchi holda, menarhedan oldin yoki keyin homiladorlikning to'liq yo'qligi mavjud. Ikkilamchi bepushtlik, agar anamnezda birinchi muvaffaqiyatli homiladorlik mavjud bo'lsa, homilador bo'lishning mumkin emasligi hisoblanadi. O'z navbatida, ikkilamchi bepushtlik absolut (davolab bo'lmaydigan) yoki nisbiy bo'lishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, er-xotinlarda bepushtlik tarkibida bepushtlikning kombinatsiyalangan shakllari keng tarqalgan bo'lib, bu diagnostika va terapiyaning optimal usulini tanlashni qiyinlashtiradi. 375 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ayol bepushtligining rivojlanishining sabablari quyidagi omillar bilan tavsiflanadi: bachadon bo'yni, servikal, immunologik, endokrin, psixologik, genetik, tubal va tuboperitoneal [4]. Xirurgik ginekologiya hamda konservativ terapiyada kotta yutuqlarga qaramasdan bepushtlikning nay-peritoneal turii bo'lgan bemorlarni davolash masalalari dolzarbligicha qolmoqda [5]. Konservativ terapiya bepushtlikning nay- peritoneal omilida asosan jinsiy yol bilan yuquvchi infeksiyalarda qo'llaniladi. Foydalanadigan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan eng yangi uskunalar, jumladan, optik tolali uskunalar, ksenon yordamida yuqori lampalar, endoskopik kameralar, endovideojarrohlik usullari tos a'zolaridagi operatsiyalarda qollanilishi tobora ortib bormoqda [6]. Ma'lumki, nay-peritoneal bepushtlikni kompleks davolashda jarrohlik amaliyoti bilan bir qatorda yordamchi reproduktiv texnologiyalar ham o'z samarasini ko'rsatdi [7, 8]. Yordamchi reproduktiv texnologiyalarni (YRT) amaliyotga joriy etish bepushtlikni davolashning muvaffaqiyatini juftliklar orasida sezilarli darajada oshirdi. Ba'zi hollarda reproduktiv funktsiyasi buzilgan ayollarda bu usullar birlamchi terapiya sifatida qo'llaniladi. Bugungi kunda ekstrokorporal urug'lantirish (EKU) va embrion ko'chirish usullari samarali qo'llanilmoqda[7,9]. Shu bilan birga, bepushtlikni davolashda YRT usullaridan foydalanish haqida jamoatchilik va ayrim olimlarning fikrlari har hil, etik va axloqiy xarakterdagi savollar paydo bo'lmoqda: inson embrionining holati qanday; jinsiy hujayralar va embrionlar bilan tibbiy muolajalar ko'lami, ularning donor material sifatida keyinchalik foydalanish uchun muzlatish; qonuniy "surrogat ona" dan foydalanishning tabiiy tomoni; jins tanlashning qonuniyligi va boshqalar. [9]. Shuni ta'kidlash kerakki, YRT dan foydalanish quydagi asoratlar xavfi bilan bog'liq, tuxumdonlarning giperstimulyatsiyasi sindromi kabi asoratlar, ularning paydo bo'lishi holatlarning 0,25-2% ni tashkil qiladi; 0,25% hollarda ko'p homiladorlik mavjud; shuningdek, homila nuqsonlarni va ayollarda bachadondan tashqari homiladorlik rivojlanish xavfi ortadi, ularning chastotasi 1 dan 13% gacha. Shu sababli, olimlar orasida bepushtlikning nay-peritoneal turii uchun jarrohlik aralashuvlarga qiziqish ortib bormoqda. Ko'pgina olimlar o'ylaydiki, nay-peritoneal bepushtlikni mikrojarrohlik yo'li bilan va YRT dan foydalanishni alohida, shuningdek, birgalikda ishlatilishi mumkin. Ko'pgina olimlar YRT dan asosiy vosita sifatida foydalanishga quydagi holatlarda 376 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 eng maqbulhisoblanadi, agarda bemor 37 yoshdan oshgan bo'lsa, qo'shma ginekologik kasalliklar bilan birga fallop naychalarining jiddiy shikastlanishi, ektopik homiladorlikning takroriy rivojlanishi bilan, shuningdek, turmush o'rtog'ida bepushtlik mavjudligida. Ba'zi ekspertlarning fikriga ko'ra, bepushtlik bor bemorlarda va noqulay fonda operatsiyadan keyin ektopik homiladorlik r

Доказательный фрагмент

«Adabiyot manbalarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, nay- peritoneal bepushtlik turi - ko'p omilli va davolash muammosi qiyin vazifa bo'lib, chanoq bo'shligʻida bitishmalarni yengish uchun jarrohlikning yangi zamonav…»

Образец извлечения

Демо-превью

Adabiyot manbalarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, nay- peritoneal bepushtlik turi - ko'p omilli va davolash muammosi qiyin vazifa bo'lib, chanoq bo'shligʻida bitishmalarni yengish uchun jarrohlikning yangi zamonav… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nay-peritoneal bepushtlik, surunkali metroendometrit, EKU, bitishmali jarayon, salpingolisis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники