Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAXTIYAR GENJEMURATOV IJODIDA LIRIK QAHRAMON OBRAZI
UZBEKISTAN” JURNALI · QAHRAMON OBRAZI · Aysulıw Keńesova
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Bu maqolada qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan namoyondalaridan biri B.Genjemuratov ijodi va uning lirik asarlaridagi qahramon obrazining anglatilish masalasini tahlil qildik. Lirik qahramon tushunchasining ózi haqida ham malumotlar keltirib ótildi. Shoir ijodidagi lirik qahramon obrazi orqali asardan kutilayotgan mazmun-mohiyatning ochib berilishi haqida malumotlar berildi. Ключовое слова.Жанр, лирический герой, личный стиль, образ, лирика, идея. Lirikqahramon tushunchasi adabiyotshunoslik ilmida ancha vaqtlardan buyon muhokamali fikrlarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli ham, lirikqahramon tushunchasi bóyicha kópchilik olimlar óz kózqarashlarini, fikrlarini keltirib ótgan edi.Va bu borada óz fikriga e’ga V.G.Belinsky óz asarlarida «lirik qahramon» termini bilan emas, «shoirning meni» yoki «subiekt» deb nomlagan. Lirik qahramon termini esa eng dastlab rus olimi Yu.N.Tinyanovning 1921-yil A.Blokning ijodi haqidagi yozgan asarida ishlatiladi. Sóng adabiyotshunos olim V.Nazarenko ózining “Lirik qahramon tushunchasi haqida” nomli maqolasida «lirik qahramon sherni yozgan shoirga emas, óylab topilgan boshqa bir subiekt (inson)ga tegishli bólishini» aytib, adabiyotshunoslik ilmida bu terminning qóllanilishiga butunlay qarshi chiqadi. D.Maksimov, L.Timofeev, M.Baxtin singari olimlar esa uning fikriga qarshi chiqqan holda bu terminning adabiyotshunoslik ilmida alohida ahamiyatga ega ekanligini óz ilmiy ishlarida dalillab beradi. Shuningdek, adabiyotshunos olimlardan biri L.Ginzburg: “Lirika – adabiyotning umumiylikga intiluvchi óziga hos turi. Lirikada odamning tasvirlanishi umumlashgan bóladi. Lirik poeziya hamma vaqt ham avtorning ózi haqida, óz tuyǵulari haqida, ózining tóǵridan-togri sózlari bóla bermaydi, bu – lirik subiektning tashqi muhit bilan boǵliqligi, ularga kózqarashi va bahosi”- deb yozadi. [3] Lirik qaharmon obrazi haqida dunyo va rus adabiyotshunosligida sóz etilgan bu kabi fikrlar juda ham kóp. Shu jumladan, bu termin haqida ózbek adabuyotshunoslaridan I.Sulton: “Lirik qahramon – lirik asarning ichki tuyǵu kechinmalarini bildirgani bilan, shoirning umumiy jamiyat uchun qimmatli bólgan óy-fikrlari va tuyǵularini tushunadigan shaxs bólib hisoblanadi” deb yozadi.[6] Shu bilan birga, qoraqalpoq adabiyotida ham lirik qahramon obrazi haqida shu kungacha turli hil ilmiy ishlarda uning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qilingan. Masalan, Q.Kamalov óz maqolasida: “Bizda bazan lirik qahramonning óylash dizapazoni tor, hayot haqiqatlari haqida tushunchalari eskirgan bólib keladi” degan edi. Demak, lirik qahramonning 304 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 óylash va fikrlash doirasining tor yoki kengligi birinchi navbatda, shoirning manaviy dunyosiga boǵliq. Lirik qahramonlar haqida gab ketganda albatta, «bu lirik qahramon mi yoki avtorning ózi mi?» degan savol paydo bólishi mumkin. Lirikada kópincha shoirning ózining ichki kechinmalari beriladi shu sababli ham kópincha shoirni lirik qahramon sifatida qabul qilinadi.Lekin lirikada berilgan tuyǵularni shoirning hayotidan olingan dep tushinishxato. Shoir ózidan boshqalarning ham ruxiy holatiga kira olish istedodiga ega va lirik meni orqali kóp odamlarning ichki tuyǵularini, dartlarini bera oladi. Qoraqalpoq adaboyotida óz órniga ega bólgan shoir B.Genjemuratovning quyidagi sherida lirik qahramon shoirning ózi, avtorning ózining umr haqidagi fikrlari keltirilgan, lekin, sherni óqish jarayonida umumlashgan lirik qahramonning obrazi kóz oldimizda namoyon bóladi. Masalan: Qayta kelmes bul ótken kúnler... Saǵınıshıń menen muńlarıń, sher siresken ármanlı túnler, jıljıy berer ǵamlı jıllarıń. Májnún talday ǵamgún ómiriń, jasıl japıraq jaysa da áwel, bul waqıttıń izey kebiri, ǵarrılıqtıń duzların seber. Shuningdek, quyidagi qatorlarda sherning tóliq kontekstida ayol haqida sóz bólmoqda. Shoir shunday mohironalik bilan ayollarga hos his-tuyǵularni, ularning ichki-kechinmalarini sherga shunchalik singdira olgan. Sherni óqish jarayonida ósha ayolning haddi-harakatlari, holati kóz oldimizdan ótadi. Uypa-juypa – túndey dawıllı, hám tarqalǵan – bulltay tozǵıǵan. “Meniń baxtım nege jawınlı – Eleberin bul da az maǵan!...” – dep sıńsıysań qarap aynaǵa. Tarqatılǵan shashıń órilmes. “Shúkir... – deyseń, -daq bar ayda da, Muńlı nashar jalǵız men emes...” Poeziyada lirik qahramon obrazini yaratishning badiiy usullari kóp. Ularning biri lirik qahramonning ijtimoiy-siyosiy xizmatini angaltish orqali badiiy obrazning yangi qirralarini ochib beradi. 305 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Adabiyotshunos olim B.Norboev ham óz ilmiy ishida harqanday asarda mazmun avvalo shoir qalbida paydo bólib, keyin u ijodkorning lirik qahramonlarining kóngliga ótadi, eng asosiy ǵoya shu lirik qahramonning obrazi orqali gavdalanadi va lirik qahramonning tipikligi p
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan namoyondalaridan biri B.Genjemuratov ijodi va uning lirik asarlaridagi qahramon obrazining anglatilish masalasini tahlil qildik.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan namoyondalaridan biri B.Genjemuratov ijodi va uning lirik asarlaridagi qahramon obrazining anglatilish masalasini tahlil qildik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Janr, lirik qahramon, shahsiy uslub, obraz, lirika, ǵoya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025