Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Gender stereotiplar va ularning jamiyatdagi o‘rni
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada gender stereotiplarning turlari,ijobiy va salbiy steriotiplar ularning tarqalishi va jamiyatdagi o‘rni,gender steriotiplarning oqibatlari ya’ni ruhiy salomatlik,ijtimoiy muammolar, professional cheklovlarga olib kelishini,turli jabhalarga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Kalit so’zlar: ijobiy steriotip,salbiy steriotip, gender steriotip, depressiya,diskriminatsiya,jinsiy identifikatsiya. Har bir jamiyat jadal tarzda rivojlanishi jahon mamlakatlari qatorida tik turishi uchun ruhan, aqlan va jismonan sog’lom insonlardan tuzilgan o’z xalqiga ega bo’lishi zarurdir.Jamiyatning har tomonlama salomatligini ta’minlash uchun esa zarur shart sharoitlar yaratilishi,munosib qaror va farmoyishlar ishlab chiqilishi zarurdir.Bu borada yurtimizda talaygina islohotlar amalga oshiriloqda.Bunga misol qilib tibbiy xizmat,ta’limga bo’lgan e’tibor hamda ruhiyatimiz shifokori bo’lgan psixologlarga e’tiborni aytishimiz mumkin.Ijtimoiy himoya markazlarining tashkil qilinishi va ushbu markazda psixologlar faoliyatiga kuchli urg’u berilganligi,mahallalardagi psixologlarning ishi yanayam jadallashganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Gender steriotiplar inson hayotida juda katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Gender stereotiplar - jamiyatda shakllangan, erkaklar va ayollarga nisbatan qabul qilingan an'naviy qarashlar bo'lib, bu qarashlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning turli sohalarida o’z ta'sirini ko'rsatadi. Ushbu stereotiplarni, insonlarning kasbidan tortib, oiladagi roliga qadar turli sohalarda topish mumkin. Ular shaxslar va guruhlar haqidagi qarashlarni shakllantiradi, xatti-harakatlarni belgilaydi va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qiladi. Gender Stereotiplar Turlari Ijobiy steriotiplar Ayollar mehribon,nozik hilqat egasi Erkaklar kuchli,jasur,mard,qalqon. Salbiy sterioptiplar Ayollar zaif,rahbarlik ayollar uchun emas,ayollar yig’loqi,ayollarga ishonib bo’lmaydi, Erkaklar hissiz,ular yig’lamasligi kerak. 112 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ijobiy stereotiplar shaxslarning yaxshi sifatlarini ko’zda tutadi, lekin ular ham cheklovlar kiritishi mumkin. Salbiy stereotiplar esa kamsituvchi xulq-atvor va tushunchalarni kuchaytiradi. Gender Stereotiplarning Tarqalishida Omillar Ommaviy axborot vositalari Filmlar,teleko’rsatuvlar. Reklama,ko’ngil ochar dasturlar. Ijtimoiy tarmoqlar(telegram,you tube,instagram) Talim tizimi Oila instituti, Maktab,maktabgacha ta’lim muassasasi. Madaniy ananalar Ananaviy ro’llar Qadimiy tushunchalar Ommaviy axborot vositalari gender stereotiplarni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.Ko’p holatlarda katta yoshlilar (nafaqadagi insonlar) asosiy vaqtini oynai jahon oldida o’tqazadilar va o’zlari bilmagan holda qanchadan-qancha steritipik fikrlarni miyalarida yanayam mustahkamlaydilar.Yoshlarga esa asosiy ta’lim va tarbiyani beruvchi kattalardir,bundan keyingi jarayon esa siz tahmin qilgandek zanjir ko’rinishida davom etadi. Oila,katta yosh avlod vakillari va ta'lim tizimlari yosh avlodning fikrini shakllantirishda asosiy ahamiyatga ega. Gender Stereotiplarning Oqibatlari Ruhiy salomatlik Depressiya Tashvish Ijtimoiy muammolar Diskriminatsiya Kamsitish Professional cheklovlar Kasbiy cheklov O’z imkoniyatini yo’qotish Gender stereotiplar shaxslar va guruhlar o‘rtasida kamsitishga olib kelishi mumkin. Shuningdek erkak va ayollarning hislatlari haqidagi aniq tamg’adagi fikrlar, ularni ko’p jihatdan cheklashi mumkin.Bu ruhiy salomatlikni yomonlashtirishi, ijtimoiy muammolarni kuchaytirishi va professional imkoniyatlarni cheklashi mumkin. Gender stereotiplar jamiyatda keng tarqalgan va ularning salbiy ta'sirlari ko‘plab insonlarning hayotiga ta'sir qiladi. Ommaviy axborot vositalari, ta'lim va madaniy an'analar orqali gender stereotiplarni kamaytirish va ularga qarshi kurashish muhimdir. Buning natijasida shaxslarning jinsiy identifikatsiyasi va o‘zini qabul qilish jarayonini yaxshilash mumkin. 113 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.OBIDOVA, DILNOZA. «THE IMPACT OF THE FORMATION OF HIGH HUMAN EMOTION IN STUDENTS PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL BASIS». Архив Научных Публикаций JSPI 1, no. 83 (ноябрь 16, 2020). просмотрено май 4, 2021. https://science.i- edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/7243. 2.Dilnoza Obidova, & Jumanova Nasiba. (2021). ANALYSIS OF THE ACTIVITIES OF HEALTH CARE INSTITUTIONS: PROSPECTS FOR THE APPLICATION OF PSYCHOLOGICAL KNOWLEDGE. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 7(04), 258–260. Retrieved from https://repo.journalnx.com/index.php/nx/article/view/3091 3.Abdurasulov, R. (2020). Сотрудничество консультанта-психолога со специалистами других отраслей. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(54). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/4840 4.Dilnoza, O.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada gender stereotiplarning turlari,ijobiy va salbiy steriotiplar ularning tarqalishi va jamiyatdagi o‘rni,gender steriotiplarning oqibatlari ya’ni ruhiy salomatlik,ijtimoiy muammolar, professional cheklovl…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada gender stereotiplarning turlari,ijobiy va salbiy steriotiplar ularning tarqalishi va jamiyatdagi o‘rni,gender steriotiplarning oqibatlari ya’ni ruhiy salomatlik,ijtimoiy muammolar, professional cheklovl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijobiy steriotip, diskriminatsiya, jinsiy identifikatsiya, salbiy steriotip, depressiya, gender steriotip
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026