К содержанию
РецензированоRU2024

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLАNTIRISH METODLARI

To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

В данной статье классифицированы методы, которые могут быть эффективно использованы у студентов и учащихся начальных классов в развитии когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов. Методическое освещение порядка применения данных методов на практике определяет ценность статьи. Ключевые слова: начальный класс, метод, когнитивность, прагматичность, метод "Найди ошибку," метод "Найди звук," метод "Найди слово," метод "Помощь крольчику." Annotation. This article classifies methods that can be effectively used in the development of cognitive-pragmatic competencies of future elementary school teachers in students and elementary school students. The methodological coverage of the order in which the given methods are used in practice determines the value of the article. Key words: elementary school, method, cognitive, pragmatic, "Find the error" method, "Find the sound" method, "Find the word" method, "Help the rabbit" method. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili o‘qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi: o‘qituvchining bayoni; suhbat; til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish; grammatik tahlil; mashq; darslik ustida ishlash; ko‘rgazmali qurollardan foydalanish; sayohat1. Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini ta’limning maqsadiga muvofiq tashkil etishda suhbat metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olishdagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini 1 G‘ulomov A, Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Universitet” nashriyoti. 2001, 55-b. 1148 Dekabr, 2024-Yil ta’minlash lozim. Mazkur metodda o‘qituvchining vazifasi o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan, ayni zamonda qiziqarli, bilimlarni yangi vaziyatga muvofiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan, xulosa chiqarishga undaydigan, chiqarilgan xulosalarni asoslashni talab qiladigan tarzdagi savol va topshiriqlarni tuzishdan iborat. O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan savollar qayd etish, ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulosalar chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi. “O‘qish savodxonligi” darsligidan o‘rin olgan badiiy matnlarni o‘rganishda qo‘llanadigan suhbat metodi nafaqat o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan, balki o‘quvchilarning o‘zaro dialogik hamkorligini ham nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialidagi yetakchi, o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa u yerda o‘zidan ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan qarashlarni qiziqarli tarzda savol yoki topshiriqqa aylantira bilish, o‘quvchilarni javob topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar tomonidan qayta kashf etilishiga, tarbiyalanuvchilarini yaratish lazzatini tuyishga jalb qilishdan iboratdir2. A.Tojiyevning “Adabiyot darslarida suhbat” kitobida bu metodning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan3. “Xatoni top” metodi Berilgan gaplardan xato yozilgan so‘zlarni toping va to‘g‘risini yozing. 1. O‘quv qund beradi, bilm – sharav-shon, Shu ikkov tuvayli ulug‘dir inson (Mahmud Koshg‘ariy). 2. Noqobul o‘qtuvchi xaqiqatni shunchaki aydadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi (V.O.Distervig). 3. Qiyn fanlar yo‘q, faqat xazm etilishi qiyin bo‘lgan izoxlargna bor (A.I.Gersen). 4. Qobilyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulumkorlik va noqobul odamga tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayap unisini nobut qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketqazma (Alisher Navoiy). Mazkur o‘yinni talabalarni guruhlarga bo‘lgan holatda bajartirish tavsiya etiladi. Bu usulda bajarish orqali talabalar bahs-munozara qilib, o‘z fikrlarini ilmiy izohlab, asoslash orqali 2 Husanboyeva Q., Hazatqulov M., Xolsaidov F. Ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi./Darslik?.- Toshkent: “Innovatsiya- ziyo”, 2022. 252 bet. 3 Tojiyev A. Adabiyot darslarida suhbat. – T.: “ O‘qituvchi”, 1997. 1149 Dekabr, 2024-Yil topshiriqni bajaradilar. Bu esa ularda kognitiv-pragmatik kompetentlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Tovushni top” metodi Nutqalar o‘rniga kerakli undoshlarni qo‘yib yozing. Kito…, avlo…, …isob, …ozo…, yal…iz, ko‘cha…, ba…nafs, tala…uz, soa… . “So‘zni top” metodi Berilgan namuna asosida topshiriqni bajaring. Namuna: bol – l + y = boy moy – y + sh = bog‘ – b + t = lola – l + b = Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun shu kabi topshiqlar tuzing. Bunda o‘quvchi ham mantiqan, ham uslubiy jihatda mulohaza qilib to‘g‘ri so‘zlarni topadi. Bunday topshiriqlar tuzish esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zehnini va bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. “Quyonchaga yordam” metodi Quyonchaga sabzini qo‘lga kiritishi uchun ko‘maklashing. Faqat imloviy xatosi yo‘q so‘zlargina quyonchani sabziga olib boradi! Ushbu metodni bajarish davomida o‘quvchilar har bir katakdagi so‘zni o‘qib chiqadilar va unda imlo xatosi bor yoki yo‘qligini tahlil (analiz) qilish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar va imlosini bil

Доказательный фрагмент

«В данной статье классифицированы методы, которые могут быть эффективно использованы у студентов и учащихся начальных классов в развитии когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье классифицированы методы, которые могут быть эффективно использованы у студентов и учащихся начальных классов в развитии когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elementary school, method, cognitive, pragmatic, "Find the error" method
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники