Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILAR NUTQIDAGI DILEKTAL KAMCHILIKLARNI BARTARAF QILISH
BARTARAF QILISH · Sevinch Utaniyozova
Международный журнал теории новейших научных исследований · 1933
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning yuzaga kelish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘quvchilarning nutqida yuz beradigan dialektal xatolarga alohida to‘xtalib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirildi. Kalit so‘zlar: nutq, dialekt, sheva, adabiy til, dialektal xato, sinonimik qator. O‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy tili bo‘lib, umumiy ta’lim sistemasida asosiy o‘quv predmentlaridan biri hisoblanadi. Chunki ona tili inson hayoti uchun asosiy vositadir. Shuning uchun ham “Ona tilini o‘rganish-bu nihoyatda ulug‘ bir ish. Inson tafakkurining eng oliy yutuqlari, eng chuqur bilimlar va alangali tuyg‘ular so‘z vositasi bilan aniq va ravshan ifodalanmasa odamlar uchun noma’lumligicha qolaveradi. Til fikrni ifodalash qurolidir. Binobarin, bu fikr nutq vositasi bilan qilingan bo‘lsa, filosoflar aytganidek, u boshqalarga bevosita borib yetsa,reallashsagina fikr bo‘la oladi. Ona tilini bilish sizning kelajakdagi ishlaringiz uchun talab qilinadigan eng asosiy narsa, deb aytganimning sababi ham shunda. Oʻzbek tili koʻp shevaligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. D. E. Polivanov ham o‘zining kitobida ta’kidlashicha, turkiy tillarning hech qaysisi o‘zbek tilichalik dialektlarga boy, rang-barang emas, har qaysisida bir adabiy tilga asos bo‘ladigan darajada lahjalar mavjuddir. [Polivanov, 1933].Turkiy tillar shevalarini chuqur tadqiq qilgan mashhur dialektolog olim D.E.Polivanovning ushbu gaplari qalbimizda faxr tuygʻusini uygʻotadi. “O‘qitish sifatini oshirish tadbirlari” degan maqolasida “o‘quvchilar adabiy til normalarini yetarli darajada bilmaydilar. Yozma ishlarda sxematik jumlalar ko‘plab uchraydi, ma’lum masalalar bo‘yicha o‘zlari mustaqil fikr yuritishda ancha qiynaladilar. Ularning yozma ishlarida dialektal xatolar uchraydi”,-deb yozadi M. Mirzaev maktab ta’limida dialektalizmlarni bartaraf qilishning samarador medodi sifatida qiyosiy tablitsalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Dialektizmlar: qarinja- chumoli; secha-chumchuq; sas-tovush; sovut-tol; taka-yostiq; gizlamoq-yashirmoq; andimoq-poylamoq; yumriq-musht, qumri-musicha , yoʻrinja-beda va boshqalar. Bunday misollarni ijtimoiy hayotning turli sohalaridan juda ko‘plab keltirish mumkin. Keltirilgan misollarning o‘ziyoq o‘quvchilar nutqida o‘zbek shevalarining o‘g‘uz va qipchoq guruhiga xos qator fonetik leksik va grammatik xususiyatlar bilan izohlanadigan dialektal xatolar mavjudligi tabiiy ekanligini ko‘rsatib beradi. Maktab 7.1 29 2 12 ta’limida bunday dialektalizmlarni bartaraf qilish uchun O‘zbekiston hududidagi o‘g‘uz va qipchoq shevalarining xarakterli leksik, fonetik, morfologik xususiyatlarini, ularning o‘zbek adabiy tilidan farqini ,o‘g‘uz qipchoq shevalarining tarqalgan teritoryasini o‘rganish va aniq grammatik mavzularni o‘qitish munosabati bilan ular haqida o‘quvchilarga qisqagina ma’lumot bera olish lozim. Dialektal xatolar, avvalo, o‘quvchining og‘zaki nutqida paydo bo‘ladi. Bolada atrofdagilar bilan aloqa qilishning boshlanishidanoq u oilasidagilar mahallasidagilar bilan aloqa munosabat qila boshlaydi. Ana shunday obyektiv qonuniyatga ko‘ra, bolaning nutqida hali u maktabga kelmasdanoq mahaliy shevaning talaffuz normalari, leksik va morfologik xususiyatlari shakllanadi va ular o‘quvchining og‘zaki nutqida uzoq saqlanib qoladi. Buning asosida dialektal orfoepik va orfografik xatolar sodir bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘quvchida grammatik, orfoepik malakalarning shakllanmaganligi ham dialektal xatolarni keltirib chiqaradi. O‘zbek tili darslarida sinf va sinfdan tashqarida tashkil qilingan maxsus mashqlarda o‘quvchilar nutqidagi orfoepik dialektizmlar aniqlanadi. Misol uchun: ot mavzusi o‘tilayotgan paytda gashir-sabzi, biyi-behi, ashkadi-qovoq, jangʻaq-yongʻoq, oʻjak-buzoq, pishiq- mushuk,aroba-arava, gujum-gʻoʻra, tumcha-oftoba, vayish-ustun, norbon-narvon, qotiqosh-qatigʻli osh, balla-bolalar va boshqa so‘zlarda aytiladigan so‘zlarning asl adabiy tilda aytilishining asoslarini o‘rgatish zarur hisoblanadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli yo‘l qo‘ygan xatosini o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay olmasa, uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli yo‘l qo‘ygan xatosini o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay olmasa, uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning yuzaga kelish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning yuzaga kelish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sheva, dialekt, sinonimik qator, dialektal xato, adabiy til, nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945