К содержанию
РецензированоUZ2017

AYOLLARNI FUTBOL TEXNIKASIGA O‘RGATISHNING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ilyasova Firuzaxon Fuzuliy qizi

Международный журнал теории новейших научных исследований · 89-91 · 2017

Аннотация

Methods for improving the health and mobility of female football players are discussed, ensuring that they master techniques from simple to complex exercises. Key words: technology, physiology, organism, reflex, brain, nerve, system, movement, apparatus. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan qonun va qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 68-maqsadida Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish, jamoaviy va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash, yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish, 2026- yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan xotin-qizlar futbolini rivojlantirish maqsadida eng ilg‘or va innovasion texnologiyalarni jalb qilgan holda salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish masalalari vazifa sifatida belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, ayollar futbolida texnik qobiliyatlar o‘yinni muvaffaqiyatli taktik konsepsiyasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yakka tartibdagi, 7.1 55 2 11 guruhli va jamoaviy xohlanayotgan taktik harakatlarni tayyorgarlikni ma’lum bosqichida erishilgan texnik daraja bilan moslab borish kerak. Alohida o‘yinchilarning texnik tayyorgarlik darajasi ularning salohiyat qobiliyatlari bilan birga jamoaning ish qobiliyatini cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi. To‘pni egallash va boshqarishga o‘z e’tiborini qaratishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar, o‘yin vaqtida vujudga kelayotgan vaziyatlarda, o‘zining o‘yin xulqini kerakli tarzda o‘z sheriklari va raqiblariga nisbatan to‘g‘ri moslay olmaslik holatida bo‘ladi. Shuning uchun texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarning maqsadi harakatlar elementlarini ketma-ketligini o‘ta mukammal bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan (harakatlanishning dinamik steriotiplari), ularni harakatlanish ko‘nikmalari sifatida belgilanadi. Boshqa tomondan esa, texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot, yangi paydo bo‘layotgan vaziyatda harakatning dominant ketma-ketligidagi elementlarini tez moslashishi imkonini berishi kerak. Ma’lumki, sport mashqlarni bajarish ayol futbolchilar shug‘ullanayotganda yuzaga keladigan shartli reflekslarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq, buning uchun eng avvalo bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi bir qancha asab markazlari o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanish yuzaga keladi va mazkur harakatni boshqarishda bir qancha sistemalar ishtirok etadi. Qisqacha qilib aytganda, har qanday harakatning bajarilishi tyegishli organlar harakatini ma’lum dastur asosida yo‘naltirish bilan bog‘liq. Bundan ko‘rinib turibdiki, harakat malakasini hosil qilishda asab sistemasi asosiy rol o‘ynaydi. Asab hujayralarining ish qobiliyati organizmning boshqa funksional birliklariga o‘xshash chegaralangan bo‘ladi. Ularga birdan murakkab vazifa berilishi normal holatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, ayollar futbol texnikasini o‘rganishda oddiy mashqlardan sekin-asta murakkab mashqlarga o‘tishi zarur, ya’ni murakkab harakat kompleksini o‘rgatishda uni elementlarga ajratib o‘rgatish, so‘ngra u elementlarni qo‘shish kerak bo‘ladi. Bunday usul asab hujayralari faoliyatining buzilishiga olib bormaydi, ayol futbolchilarning mashq o‘rganishi ancha yengil o‘tadi. Ayollar futbol texnikasini o‘rgatishning ikkinchi fiziologik qoidasi yengil ishdan asta-sekin og‘ir ish bajarishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga egadir. Sport bilan yangi shug‘ullana boshlagan har qanday ayol futbolchilar katta hajmdagi ishni bajarishga kirishganida qattiq shikastlanishi, uning yurak tomir sistemasi faoliyati buzilishi va shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarga uchrashi, hatto bir umrga nogiron bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. 7.1 56 2 11 Ayollarga futbol sport texnikasini o‘rgatishda «yengildan og‘irga, osondan murakkabga» qoidasini qo‘llash bilan ayol futbolchilarning tayanch harakat apparati (muskullari, paylari, bo‘g‘im bog‘lamlari) strukturasining rivojlanishiga vegetativ organlar faoliyatining bajariladigan ishga asta-sekin moslashib borishiga olib keladi. Harakat apparati va vegetativ organlar ishini boshqarish takomillashib boradi. Natijada ayol futbolchilar mashq oqibatida borgan sari ko‘proq yuk ko‘tarishga erishadi, umumiy ishi ortib boradi. Bunday qoidaga amal qilish ayol futbolchilarni jismoniy

Доказательный фрагмент

«Methods for improving the health and mobility of female football players are discussed, ensuring that they master techniques from simple to complex exercises.»

Образец извлечения

Демо-превью

Methods for improving the health and mobility of female football players are discussed, ensuring that they master techniques from simple to complex exercises. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technology, physiology, organism, reflex, brain, nerve, system, movement, apparat, nerv, organizm, sistema, texnika, harakat, fiziologiya, miya, refleks
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники