К содержанию
РецензированоUZ2026

NUROTA HUDUDAGI ANANA VA UDUMLAR

Turdimov Temur Bahodir oʻgʻli

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Nurota aholisi koʻp asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega boʻlib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Nurota hududida oilaning oʻrni katta ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlar, ayniqsa, diniy va madaniy an'analar bilan mustahkamlanib kelgan. Quyidagi maqolada batafsil bu haqida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: urf-odatlar, ma'rosimlar, milliy qadriyatlar, din, oila va jamiyat, milly taomlar, “xudoyi”, dehqonchilik. Abstact: The people of Nurata have a rich cultural heritage with a centuries-old history, which is clearly reflected in their national values, traditions and rituals. The role of the family in Nurata region is very important. Family values have been strengthened, especially by religious and cultural traditions. The following article discusses this in detail. Key words: traditions, ceremonies, national values, religion, family and society, national food, "khudayi", farming. Qadim oʻtmishda Nurota Oʻrta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri boʻlgan Sugʻdiyona manzilgohlaridan hisoblanadi. Nurota tizma togʻlari gʻoyat boy va serunum boʻlib, vohani Qizilqumdan esadigan issiq shamoldan toʻsib turgan. Oʻtmishda Sugʻdiyonaga ikki tomondan kirilgan. Biri Jizzax yaqinidagi Temur darvoza boʻlsa (ba’zi manbalarda Ilonoʻtti), ikkinchisi Nur boʻlgan. Nurota aholisi qoʻy, qoramol soʻyib qoni oqizilgan joyni tozalab, oʻsha joyga olov yoqib poklaydilar. Shuningdek, nurotaliklar yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim- kechak, oziq-ovqatlarni toza tutishga alohida e’tibor beradilar. Nurotada yaxshi saqlanib qolgan marosimlardan yana biri mushkulkushod oʻqitishdir. Bu marosimning asl mohiyati mehnatni, halollikni targʻib qilishdir. Ushbu marosimda dasturxon yozilib, qora chiroq yoqib qoʻyiladi. Dasturxonga non, mayiz qoʻyiladi. Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy bayrami hisoblangan Navroʻzning tarixi ham islomga qadar mavjud boʻlgan zardushtiylarning an’anaviy yangi yil bayramidir. Navroʻz bayramining koʻhnaligi haqida Beruniy, Umar Xayyom, Mahmud Qoshgʻariy kabi allomalar qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan.1 Quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil boshi hisoblangan. Bu eski quyosh yili hisobida farvardin oyining avvaliga, 21-mart, kecha bilan kunduzning tenglashgan vaqti va kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, bahorning boshlanish davriga toʻgʻri kelgan. 1 Muxammadjanov A. Kuyi Zarafshon vodiysining sugorilish tarixi. Toshkent: Muxlis. 1972 yil. 48 bet. 7.1 6 2 11 Navroʻzning eng an’anaviy taomi sumalak boʻlib, rivoyat qilishlaricha sumalak pishirilayotganda arshi a’lodan «siymalak», ya’ni oʻttiz malak tushar emish. Navroʻz Nurotaning qal’a maydoni-toʻpxonada azaldan bayram qilingan, Nurota begi bayramni qal’adan turib tomosha qilgan. Chunki shu yerdan dalalarga qoʻsh chiqarilgan, bugʻdoy ekishga kirishilgan. Nurotaliklarning islomga qadar boʻlgan bayramlari orasida bahor faslida, Navroʻzga atab oʻtkazilgan tabiatning goʻzal ne’mati - gulga bagʻishlangan “Sayli guli surx” bayrami alohida oʻrin tutgan. Bu bayramda hammayoq anvoyi gullar bilan bezatilgan. Shahardagi hunarmandlar chashma atrofi va bozor - joy yakinidagi rastalarga oʻz mollarini chiqargan. Qal’a ortidagi toʻyxonada Navroʻzning “Guli surx” sayli boʻlgan. Qiz - juvonlar toʻpxonadan nariroqdagi “Koʻhi duxtaron” degan qirda bayram kilishgan. Hozir ham nurotaliklar jinlar va yomon arvohlar keltiruvchi zararlarni daf etish uchun is chiqarishadi. Is chiqarish odatda arafa kunlari, toʻy tantanalari oldidan, bahorgi, kuzgi yer haydashdan avval amalga oshiriladi va buzmuk (boʻgʻirsoq), qatlama pishirib tarqatiladi. Ular qizdirilgan yogʻ hidi uydan ins - jinlar keltiradigan xavf-xatar sababchisini quvib, avlodlar homiysi boʻlmish ota - bobolari arvohini chaqiradi, deb bilishadi. Bu toʻgʻrida Beruniy ham oʻzining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgroliklar” kitobida aytib oʻtadi. Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe XIX asr oxirida Eronga safar qiladi. U Yazd shahrida istiqomat qilayotgan zardushtiylar bilan uchrashadi va ularning urf-odatlari bilan tanishadi. Faylasuf oʻz yurtiga qaytarkan, zardushtiylarning diniy belgisi uchlari qayrilgan qoʻshuv alomatiga oʻxshash svastikani olib keladi va hamyurtlariga bu oliy irq belgisi ekanligini tushuntiradi. Oʻrta Osiyo va Eronga islom dini kirib kelgach, islomni qabul qilishni istamagan zardushtiylarning bir qismi Hindistonga koʻchib ketadi... Nurotada chashma sohilida qurilgan masjidi mehrobi atrofida zardushtiylarning diniy belgisi boʻlgan ushbu svastikadan qirq donasi bir-biriga tutashtirilib chizib qoʻyilgan. Shu oʻrinda bir mulohaza tugʻiladi. Ehtimol masjid oʻrnida avval zardushtiylarning otashkadasi boʻlib, keyinchalik islom davrida u masjidga aylantirilgandir. Masjid mehrobi peshtoqidagi qirqta svastikaga mazmunan bogʻliq “chillaxona” (chixil - qirq) ham borligi otashkadalar huzurida mahsus shifoxonlar boʻlganligidan nishona emasmikin. Chunki “Avesto”ning barcha qismlarida, xususan, Vendidatda kasalliklar tasnifi, bemorlarni

Доказательный фрагмент

«Nurota aholisi koʻp asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega boʻlib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Nurota aholisi koʻp asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega boʻlib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
traditions, ceremonies, national values, religion, family and society, urf-odatlar, “xudoyi”, ma'rosimlar, milly taomlar, dehqonchilik, din, oila va jamiyat, milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники