Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDA BELGI VA UNING DARAJA KATEGORIYASI TALQINIGA DOIR
Shomuratova Orzigul Xusan qizi
Международный журнал теории новейших научных исследований · 1960
Аннотация
O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal- sinxronik tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz. Olim sifat darajasi ikki ko‘rinish (qiyosiy va orttirma)ga ega bo‘lishini ko‘rsatadi hamda qiyosiy darajaning uch usulda ifodalanishini ta’kidlaydi: a) morfologik; b) sintaktik; v) sintaktik-morfologik. Kalit so’zlar: tilshunoslik, ifoda, vosita, formal-sinxronik, morfologik. Globallashuv davrida jahon tilshunosligida olam lisoniy manzarasining belgi- xususiyat va daraja tizimini tahlil qilish, muloqotda sifat darajalarini kategorial baholash, uni lisoniy tizimda aks ettirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shaxs, narsa-buyum, mavhum hamda aniq voqelik belgisi ma’lum kategorial darajada namoyon bo‘ladi. Daraja tushunchasi talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlarni bugungi izlanishlar sifatida baholash mumkin. O‘zbek tilidagi daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar, A.N.Kononov, T.I.Grunina, A.G‘ulomov, S.N.Ivanov, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov, G‘.H.Ne’matov va boshqa olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan1. Sifat va uning daraja kategoriyasini o‘rganishda Z.Ma’rufov, A.Madrahimov, I.Hamdamova, F.Ishoqov, S.G‘iyosov, M.Qo‘ldoshev, Kim Byong Il, Z.Mamarajabova2 tadqiqotlari e’tiborga molik. Sifat va uning daraja 1 Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М.-Л.: Изд-во Академии наук СССР, 1960. – С.162–165; Исхаков Ф. Г. Имя прилагательное. – М.: Ист.срав.грам. тюрк.яз, 1987. II. – С. 143– 145.; Мадраҳимов А. Ўзбек тилида сифат ва янги ясалган сифатлар масаласига доир // Известия АН УзССР. Серия общественных наук. –Ташкент, 1957. –№ 1. – С. 41-47; Маъруфов З. М. Ўзбек тилида сифатларнинг қиёсий даражалари / Ўзбек тили грамматикасидан материаллар. Ўзбекистон Фанлар академияси Тил ва адабиёт институти асарлари. – Тошкент, 1949. – К. 1. – Б. 131–143. 2 Мамаражабова З. Ўзбек тилида сифатларнинг коннотатив маънолари: Филол. фанлари номзоди ...дисс.- Тошкент, 2004. Маъруфов З. М. Ўзбек тилида сифатларнинг қиёсий даражалари / Ўзбек тили грамматикасидан материаллар. Ўзбекистон Фанлар академияси Тил ва адабиёт институти асарлари. – Тошкент, 1949; Мадрахимов А.Прилагательные новообразования в современном узбекском языке: Дисс. …канд. филол. наук. – Ташкент, 1955; Содиқова М. Ўзбек тилида ранг-тус билдирувчи сифатлар: Филол. фанлари номзоди ...дисс. – Тошкент, 1963; Ҳамдамова И. Ўзбек тилида сифатларнинг маъно турлари ва уларнинг ўзбек тили изоҳли луғатида берилиши: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1964; Гиясов С. Семантическая структура и компонентный анализ качественных прилагательных узбекского языка: Дисс. ... канд. филол. наук. – Ташкент, 1983; Исхаков Ф. Г. Имя прилагательное. – М.: Ист.срав.грам.тюрк.яз., 1987. II. – С. 143–145; Қўлдошев М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат ясовчи маҳсулдор аффикслар: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1994; Ким Бьёнг Иль.Семантико-грамматические и стилистические особенности однокоренных параллельных прилагательных с различной аффиксальной частью в современном узбекском языке: Дисс… канд. филол. наук. – Ташкент, 2000; Мамаражабова З. Ўзбек тилида сифатларнинг коннотатив маънолари: Филол. фанлари номзоди ... дисс. –Тошкент, 2004 7.1 66 2 10 kategoriyasi turkiy tillar doirasida ham o‘rganilgan3. M.Sodiqova belgi bildiruvchi leksemalarning ma’no nozikliklari, rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik xususiyatlarini yoritdi4. Olima “O‘zbek tilida variantdoshlik” kitobida ot, sifat, son, olmosh, fe’l turkumidagi variantdoshlar ma’nosini izohlash jarayonida so‘zlarning emotsional-ekspressiv xususiyatlari borasida to‘xtaladi, leksemalarning qo‘llanishi, ma’no ifodalash darajasiga e’tibor qaratadi.5 Daraja tushunchasi daraja bildiruvchi leksemalar, daraja morfologik kategoriyasi, daraja-miqdor holi, daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap sifatida alohida-alohida o‘rganilgan. Mazkur hodisa, uning xususiyatlari O.Bozorov, Sh.Shahobiddinova tadqiqotlarida, qisman F.Najmiddinov dissertatsiyasida yoritilgan6. Daraja tushunchasi haqidagi mulohazalar ayrim darslik, qo‘llanmalarda ham keltirilgan.7 Tadqiqotlarda daraja tushunchasiga yondashuv bir xil emas. O‘zbek tilidagi daraja ma’nosi va uni ifodalovchi vositalar tadqiqida turli aspektdagi yondashuvlar mavjud. Ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Daraja ma’nosining diaxronik tadqiqi: a) formal diaxronik tadqiq; b) formal-funksional diaxronik tadqiq. 2. Daraja ma’nosining sinxronik tadqiqi: a) formal-sinxronik tadqiq; b) formal- funksional sinxronik tadqiq. O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal-sinxronik tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz.8 Olim sifat darajasi ikki ko‘rinish (qiyosiy va orttirma)ga ega bo‘lishini ko‘rsatadi hamda qiyosiy darajaning uch usulda ifodalanishini ta’kidlaydi: a) morfologik; b) sintaktik; v) sintaktik-morfologik. 3 Хаметова А. Превосходная и преувеличительная степени имён прилагательных в тюркских языках (на материалах современных узбекског
Доказательный фрагмент
«O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal- sinxronik tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal- sinxronik tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tilshunoslik, morfologik, vosita, formal-sinxronik, ifoda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025