К содержанию
РецензированоRU2024

ATOQLI MAQOM IJROCHILARI

ATOQLI MAQOM IJROCHILARI · Pirmatova Nodira Yigitaliyevna · Levi Boboxonov. (Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek Milliy Musiqa San’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi) · FAMOUS MAQOM PERFORMERS (Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek Milliy Musiqa San’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Among the famous and famous performers of Bukhara Shashmaqomi, it is worth mentioning the names of Ota Jalol Nasir, Otag'iyos Abdugani, Domla Halim Ibodov, Haji Abdulaziz Rasulov, Levi Bobokhonov and others. Keywords: Ota Jalol Nasir, Otag'iyos Abdugani, Domla Halim Ibodov, Haji Abdulaziz Rasulov, Levi Bobokhonov. ВЫДАЮЩИЕСЯ РУКОВОДИТЕЛИ Аннотация. Имена Ота Джалала Насыра, Отагиоса Абдугани, Домлы Халима Ибодова, Гаджи Абдулазиза Расулова, Леви Бобоханова и других значатся среди известных и знаменитых исполнителей бухарского шашмакома. Ключевые слова: отец Джалал Насир, Отагияс Абдугани, Домла Халим Ибодов, Хаджи Абдулазиз Расулов, Леви Бобоханов. Ota Jalol Nosirov (1845-1928) Buxoro Olti maqomini juda yoshligidan o‘rgana boshlaydi. Dastlab uni bu san’at bilan onasi tanishtiradi, keyinchalik esa mashhur hofiz va cholg‘uchi Tillaboy ustozligida puxta o‘zlashtiradi. XIX asrning 60-yillaridan to XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga qadar Buxoro amirligi saroyida hofiz sifatida xizmat qiladi. Sho‘ro davriga kelib, Buxoroda ochilgan «Sharq musiqa maktabi» da ustozlik qiladi va ko‘plab shogirdlar yetishtiradi. Ota Jalol Nosir xalqimizning ulkan ma’naviy xazinasi bo‘lgan Shashmaqomni mukammal bilishi barobarida yana uni saqlab qolishda ham katta xizmat ko‘rsatgan. Ma’lumki V.A.Uspenskiy 20-yillarning boshlarida salobatli Olti maqom turkumini Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘anilar ijrosida ilk bor nota yozuvlariga tushirgan edi. Shu tariqa maqomning umuman yo‘q bo‘lib ketishi xavfi bartaraf etiladi. Chunki, bu san’atning bilimdoni va amaliy ijrochisi bo‘lgan ustoz-sozanda va ustoz-hofizlar nihoyatda ozchilikni tashkil etardi. Shashmaqomni Ota Jaloldan notalarga yozib olgan V.A.Uspenskiy uning san’atiga yuqori baho berib, shunday yozgan edi: “Ota Jalol keksayib qolganligiga qaramay, baland va yoqimli ovozi, o‘tkir xotirasi saqlanib qolgandi. Yana shu narsani eslatib o‘tish kerakki, bu hofiz barcha ashulalarning kuylari va sherlari bilan bir qatorda o‘n sakkiz turdan iborat (doyra usullari formulasini ham yodida saqlab kelardi)” . Bugungi kunda Ota Jalol Nosir “nomini tilga olganimizda ustozlar ustozi, Shashmaqomning donishmand bilimdoni, murakkab usullar ustasi, ajoyib tanburchi 133 va xushovoz xonanda ko‘z oldimizga keladi. 9 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu sababli O‘zbekiston va Tojikistonning turli vohalarida Ota Jalolning nomi hurmat bilan tilga olinadi.” (O‘sha adabiyot, 33-b) Samarqandlik mashhur hofiz va bastakor, O‘zbekiston xalq artisti Hoji Abdulaziz Rasulov (1852-1936) tanbur va dutor chertish hamda ashula aytish yo‘llarini mukammal egallagan san’atkor edi. Binobarin ustoz-san’atkordan bizga meros qolgan nodir ma’naviy boylik uch jabhada – sozandalik (dutor va tanbur ijrochiligi), ashulachi-hofizlik va bastakorlik sohalarida zohirdir, zeroki ularning har birida ustaning iste’dodi ila yo‘g‘rilgan betakror ziynatlar, o‘zgacha jilolar kashf etilgan. Maqom hofizi eng avvalo Shashmaqomning ham cholg‘u (Mushkilot), ham aytim-sho‘ba (Nasr) yo‘llarini ijro etishda an’anaviy yetakchi o‘rin tutgan tanbur cholg‘usini egallashi, unda o‘ziga jo‘rnavozlik qila olishi mumtoz talablardan bo‘lgani bois Hoji Abdulaziz Rasulov birinchi galda bu cholg‘uni amaliy o‘zlashtirishga g‘ayrat qiladi va sozanda Hoji Rahimberdi ustozligida Shashmaqom Mushkilot bo‘limini (cholg‘u kuy yo‘llarini) ijro etishga erishadi. Ayni paytda Shashmaqom Savtlarini shoxobchalari bilan “o‘qishni” (aytishni) dastlab Boruh ismli hofizdan o‘rganib, keyinchalik (1880-yillari) esa atoqli hofiz Ota Jalol Nosir rahbarligida Shashmaqomning Saraxbor, Talqin va Nasr sho‘balarini aytish mahoratini hosil qilgan edi. Shu asnoda Hoji Abdulaziz Rasulov Shashmaqomni ham cholg‘uchi, ham hofiz sifatida mukammal biluvchi ustoz bo‘lib yetishadi. Bugungi kunda ustoz-san’atkorning har ikkala bu ijrochiligi o‘zining noyob va nodir ijodiy jihatlari bilan e’tiborga sazovordir. Avvalambor ustaning beqiyos maqom hofizi maqomiga qadar yuksalishi uning ijodkorlik fazilati bilan payvasta amalga oshganligini qayd etmoq kerak. Bu hol ayniqsa yuqori parda- tovushlarda sadolanuvchi avjlarda o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ma’lumki, avj tuzilmalari maqomlarning eng salmoqli qismini tashkil etishi bilan bir qatorda yana asarning chuqur mazmuni, g‘oyaviy asosini anglab olishda qariyb hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, hofizlarning kasbiy malaka va mahoratlari ham asosan ana shu avjlarni qay yo‘sinda ijro etishlari bilan bog‘liq baholanadi. Bu borada X.A.Rasulov ijrochiligida muayyan maqom yo‘liga yangi avjlar bog‘lashga yoki bir ashulani har xil avjlar bilan aytishga moyillik kuchli bo‘lganligini ta’kidlash kerak. Ustoz-san’atkorning Bozurgoniy, Abdurahmonbegi va Ushshoq yo‘llariga bog‘lagan yangi avjlari aslida ijod zavqlarining cho‘qqisi yanglig‘ yuzaga kelgan edi. Shuningdek, «Gullar bog‘i», «Bebokcha», «Qurbon o‘lan», «Gulyor», «Nasrulloyi», «Rosti Pan

Доказательный фрагмент

«Among the famous and famous performers of Bukhara Shashmaqomi, it is worth mentioning the names of Ota Jalol Nasir, Otag'iyos Abdugani, Domla Halim Ibodov, Haji Abdulaziz Rasulov, Levi Bobokhonov and others.»

Образец извлечения

Демо-превью

Among the famous and famous performers of Bukhara Shashmaqomi, it is worth mentioning the names of Ota Jalol Nasir, Otag'iyos Abdugani, Domla Halim Ibodov, Haji Abdulaziz Rasulov, Levi Bobokhonov and others. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ota Jalol Nasir, Otag'iyos Abdugani, Domla Halim Ibodov, Haji Abdulaziz, Ota Jalol Nosir, Hoji Abdulaziz Rasulov, Levi Boboxonov., Otag‘iyos Abdug‘ani
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники