К содержанию
РецензированоUZ2024

MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI TARKIBI VA UNDA SOLIQLARNING ROLI

Zaylobiddinov Mirkomiljon Abdulhamid o’g’li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article analyzes the composition of local budget revenues and the role of taxes within it. The main functions of taxes in forming budget revenues, their significance, and systematic approaches aimed at increasing the income of local authorities are discussed. Additionally, the scientific views of foreign and local economists on managing taxes, their distribution, and stabilizing local budget revenues are explored. The article provides theoretical and practical recommendations for strengthening the role of taxes in ensuring the stability of local budgets. Keywords: Local budget, budget revenues, taxes, tax revenues, local authorities, budget stability, tax system. СОСТАВ ДОХОДОВ МЕСТНОГО БЮДЖЕТА И РОЛЬ В НЕМ НАЛОГОВ. Аннотация. В статье анализируется состав доходов местного бюджета и роль в нем налогов. Рассмотрены основные задачи налогов в формировании доходов бюджета, их значение и системные подходы, направленные на увеличение доходов органов местного самоуправления. Также изучены научные взгляды зарубежных и отечественных экономистов на управление налогами, их распределение и стабилизацию доходов местных бюджетов. Даны теоретические и практические рекомендации по усилению роли налогов в обеспечении стабильности местного бюджета. Ключевые слова: Местный бюджет, доходы бюджета, налоги, налоговые поступления, местные органы власти, устойчивость бюджета, налоговая система. Kirish. Davlat moliyasining tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan mahalliy byudjetlar davlat byudjetining asosiy bo’g’inlaridan biri sifatida o’ziga xos o’rin tutadi. Mahalliy byudjetlar aholi ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mahalliy iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishda davlat moliyasining qudratli vositasi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning davlat byudjetidagi tutgan o’rni avvalo hududiy moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda yaqqol namoyon bo’ladi. 8 93 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu byudjetlar hududlar bo’yicha iqtisodiy faollikni tartibga solish, ichki resurslarni safarbar etish va mahalliy aholining farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mahalliy byudjetlar davlatning fiskal siyosatini amalga oshirishda quyi bo’g’in hisoblanib, ular orqali ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar joylardagi real sharoitga moslashtiriladi. Mahalliy byudjet daromadlari tarkibida soliqlar alohida o’rin egallaydi. Soliqlar mahalliy hokimiyatlar uchun asosiy moliyaviy manba hisoblanib, ular hududiy loyihalarni moliyalashtirishda va iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishda foydalaniladi. Soliqlarning mahalliy byudjetdagi ulushi hudud iqtisodiyoti barqarorligini oshirish, mahalliy muammolarni hal etish va aholi turmush darajasini yaxshilashda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Soliq tushumlari davlatning umumiy fiskal siyosatiga ham bevosita ta'sir ko’rsatib, milliy byudjetning barqarorligini ta'minlashda xizmat qiladi. Shu bois mahalliy byudjet va uning daromadlar tarkibi, xususan, soliqlar iqtisodiy barqarorlik va mahalliy boshqaruv tizimining samaradorligi bilan uzviy bog’liq. ADABIYOTLAR TAHLILI. Mahalliy byudjet daromadlarining tarkibi va uni shakllantiruvchi soliqlar mohiyati, ularning vazifalari, xususiyatlari hamda yuzaga keladigan muammolar xorijiy iqtisodchi olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Jumladan, T. Gobbs, A. Smit, D. Rikardo, U. Petti, M. Lorents, R. Kempbell, K. Makkonnel, G. Menkyu, G. Buehler, A. Laffer, R. Musgrave, F. Ramsey, N. Turgenev, kabi olimlarning ilmiy ishlari bu sohada muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalliy iqtisodchi olimlar, jumladan, O. Abdurahmonov, E. Gadoyev, A. Jo’rayev, A. Islamqulov, T. Malikov, I. Niyazmetov, O. Olimjonov, X. Sobirov, Sh. Toshmatov, kabi mutaxassislar ham soliqlar va ularning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rnini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etgan. Masalan, iqtisodchi Sh. Toshmatov mahalliy byudjet tushumlarini ko’paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o’rganib, soliqlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash tizimini takomillashtirish bo’yicha fikrlar bildirgan. U mahalliy hokimiyatlarning soliqlardan tushgan daromadlarni oshirishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, hududiy soliq salohiyatini aniqlash hamda mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini yaxshilash masalalarini tahlil qilgan. Iqtisodchi A. Xayriddinov esa mahalliy soliq tushumlarini doimiy va qat’iy foizda mahalliy byudjetga qoldirish mexanizmini ishlab chiqishni taklif qilgan. Uning tadqiqotlariga ko’ra, ma’lum davlat soliqlaridan tushgan mablag’lar mahalliy byudjetga biriktirilgan daromad sifatida belgilanishi lozim. Bu olimlarning yondashuvlari mahalliy byudjetni barqarorlashtirish va uning soliqlarga asoslangan daromad salohiyatini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy ahamiyatga ega. TAHLIL VA NATIJALAR. Har bir mahalliy byudjetning moliyaviy barqarorligi, asosan, uning daromadlari va xaraj

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the composition of local budget revenues and the role of taxes within it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the composition of local budget revenues and the role of taxes within it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Local budget, budget revenues, taxes, tax revenues, local authorities, budget, soliqlar, byudjet daromadlari, soliq tushumlari, Mahalliy byudjet, soliq tizimi., mahalliy hokimiyatlar, byudjet barqarorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники