К содержанию
РецензированоUZ2023

IMKONYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR IJTIMOIYLASHUV JARAYONIGA TA’SIR QILUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Eshmurodov Nabillo Ibodullo o`g`li · Ismatullaeva Sug`diyona Nuriddin qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2023

Аннотация

This article analyzes the socialization of people with disabilities. Its objective, subjective and biological limitations are revealed. In particular, it is highlighted using the barriers imposed by society to socialization as a solution. Keywords: Socialization, objective necessity, biological factors, human position, socio- psychological approaches. KIRISH: Shaxs ko’pgina fanlarning, birinchi navbatda, falsafa, psixologiya, sotsiologiyaning o’rganish obekti hisoblanadi. Faylasuflar shaxsni uning dunyodagi mavqei nuqtai nazaridan faoliyat, bilish subyekti sifatida qaraydilar. Ularning diqqat markazida inson qanday 1037 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 qilib jamiyatning malakali a’zosiga aylanishi masalasi doimo birinchi bo’lib kelgan. Bu masalalar XIX asrning oxirlaridan sotsiologlar va ijtimoiy psixologlar tomonidan intensiv oʻrganila boshlandi. XX asrning o’rtalarida sotsializatsiya o’zgardi. Mustaqil fanlararo tadqiqot sohasiga aylanadi. Psixologlar shaxsni aqliy jarayonlar, xususiyatlar va munosabatlarning barqaror yaxlitligi sifatida o’rganadilar: temperament, xarakter, qobiliyat va fazilatlar. Sotsiologik yondashuv shaxsdagi sotsial-tipni ajratib ko’rsatishga xizmat qiladi. Shaxsni o’rganishda ijtimoiy-psixologik yondashuvning o’ziga xos xususiyati shundaki, u uning ta’sir qilish potentsialini tashkil etuvchi inson faoliyatining aqliy xususiyatlari, qobiliyatlari va shakllariga asoslanadi. Bu odamlarda birinchi navbatda muloqotda namoyon bo’ladi. Shu sababdan shaxsga ijtimoiy-psixologik yondashuvning asosiy tushunchalaridan biri ijtimoiylashuvdir. Ijtimoiylashuv - shaxsning ijtimoiy talablarga muvofiqligi; shaxsning ijtimoiy muhit bilan faol munosabati, insonning ijtimoiy aloqalar tizimiga faol kirishi hisoblanadi[3,103-112]. Shaxslarning atrofdagi ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlarining muayyan shakllarini o’rganishi, ya’ni bu shakllarni chuqur o’zlashtirib, o’z shaxsiyatiga qo’shib, o’ziga xos maqomga ega bo’lib, turli ijtimoiy guruhlarga a’zo bo’lish ijtimoiylshuvning o’zigaxosxusisiyatlaridan hisoblanadi. METODOLOGIYA: O’z mazmuniga ko’ra, “ijtimoiylashuv” atamasi fanlararo bo’lib, turli xil bilim sohalarida qo’llaniladi. Madaniy Antropologiya, psixoanaliz, interaktiv psixologiya, sotsioantropologiya va boshqalar. Aksariyat zamonaviy sotsiologlar ijtimoiylashuvni jamiyatda o’z strategiyalarini ishlab chiqadigan shaxslar va jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar va qadriyatlar tizimlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayoni sifatida ko’rishadi. Masalan, G.Rochening fikriga ko’ra ijtimoiylashuv - bu “shaxs o’z muhitining sotsial- madaniy elementlarini idrok etishi va o’zlashtirishi, ularni muhim ijtimoiy omillar ta’siri ostida o’z shaxsiyati tarkibiga qo’shishi va shu bilan u yashashi kerak bo’lgan ijtimoiy muhitga moslashishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv shaxsga uni tarbiyalagan jamiyatda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmani olishga imkon beradi”[1,71], deb hisoblaydi. Xususan, buninguchun shaxs o’z ijtimoiy guruhida qabul qilingan muayyan xatti- harakatlar qoidalarini o’rganishi, unda qabul qilingan uy-ro’zg’or ko’nikmalarini va oziq-ovqat imtiyozlarini o’rganishi va o’z guruhining geografik muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir iqlim zonasida hayotga moslashishi kerak. O’z guruhi a’zolari orasida o’zini qulay his qilish uchun shaxs ushbu guruhga xos bo’lgan me’yorlar, qadriyatlar, belgilar, xatti-harakatlar, an’analar va mafkuralarning umumiy yig’indisini tizimli ravishda o’rganishi kerak. Bundan tashqari, ijtimoiylashuv jarayonida shaxs ijtimoiy o’zini-o’zi identifikatsiya qilish - o’z va boshqa guruhlar a’zolariga o’z guruhining qadriyatlari, an’analari vaxulq-atvor 1038 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 modellarini baham ko’rishini va begona odamlarga baham ko’rmasligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’ladi. ASOSIY QISM: O’z-o’zini identifikatsiya qilish jarayoni singari, ijtimoiylashuv ham shaxsning butun hayoti davomida davom etuvchi hodisa hisoblanib, amalda hech qanday chegara bilmaydi. Eng qizg’in ijtimoiylashuv davri - bu bolalik, ammo balog’at yoshida ham shaxs o’zgaruvchan ijtimoiy qadriyatlarga moslashishga majbur bo’ladi - bir ijtimoiy muhitdan ikkinchisiga o’tishda (maqomning o’zgarishi, turmush qurish, qishloqda yashash joyini shaharga o’zgartirish) shu bilan birga ishni majburan o’zgartirish, doira muloqotining o’zgarishi), hayot davomida yangi rollarga o’tishda (nikoh, farzand ko’rish, lavozimlarni egallash) yuzaga keladi. Shuning uchun davr nuqtai nazaridan ijtimoiylashuvni ikki turga bo’lamiz: Birinchidan, shaxsning bolalik davrida duch keladigan, jamiyatning a’zosi bo’lgan boshlang’ich; Ikkinchidan, ikkinchi darajali ya’ni allaqachon ijtimoiylashgan shaxsni jamiyatningyangitarmoqlariga qo’shadigan har qanday keyingi jarayon. Ijtimoiylashuv boshqa odamlar bilan og’zaki yoki og’zaki bo’lmagan muloqot jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, sanoat jamiyatlarida millionlab odamlar yirik

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the socialization of people with disabilities.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the socialization of people with disabilities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Socialization, objective necessity, biological factors, human position, socio-, biologik omillar, inson movqei, Ijtimoiylashuv, obyektiv zarurat, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники