К содержанию
РецензированоUZ2020

Uzumchilikda mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirish istiqbollari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida)

Zarekeyev Ajiniyaz Abatovich

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada uzumchilik tarmogʻini rivojlantirish, sohada yaratilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlar, uzumchilik sohasida bugungi kundagi islohotlar va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati bayon qilingan. Uzumchilik sohasini jadal rivojlantirish, eksportbob mahsulotlar yetishtirish hamda sohada olib borilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalar oʻz aksini topgan. Kalit soʻzlar: Uzumchilik, samaradorlik, hosildorlik, eksport, yetishtirish, salohiyat, navlar, ekin maydoni. Uzumchilik qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan boʻlib, aholining oziq-ovqatga hamda sanoatning esa xom-ashyoga boʻlgan talabini qondiradi. Oʻzbekistonning tuproq va iqlim sharoiti bu ekin uchun nisbatan qulay boʻlgani uchun u mamlakatimizning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida oʻstiriladi. O‘zbekiston uzum yetishtirish bo‘yicha dunyodagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 12-o‘rinni egalladi. Uzum yetishtirishning umumiy hajmi 1978 mln.t., hosildorligi 16 t/ga. Respublikada umumiy uzumzorlar maydoni 148,9 ming gektar bo‘lsa, keyingi to‘rt yilda 52 ming gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etilib, sohaga 210 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Natijada meva-sabzavot eksportida uzumning ulushi ikki 629 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi barobar oshdi. Keyingi ikki yilda Oʻzbekistonning 44 ta tumani uzumchilikka yoʻnaltirildi va bu hududlarda uzumning ayniqsa texnik navlarini koʻpaytirish rejalashtirilgan. Хаlq хо‘jаligini mоdernizаtsiyа qilish shаrоiti dа uzumchilik mahsulotlarini yetishtirish qishlоq хо‘jаligining аsоsiy yо‘nаlishlаridаn biri hisоblаnаdi. Uzumchilik tаrmоg‘ining rivоjlаnishi аhоlining оziq-оvqаt bilаn tа’minlаnishi, qishlоq оilаlаri dаrоmаdining оshishi, qishlоqdа bаndlik dаrаjаsi оshishi, qаytа ishlаsh sаnоаtining rivоjlаnishi vа eksроrt sаlоhiyаtining оshishigа bevоsitа tа’sir kо‘rsаtmоqdа. Mаhаlliy ishlаb chiqаrishning rivоjlаnishi tufаyli ichki bоzоrlаrdа хоrijiy qаytа ishlаngаn uzumchilik mаhsulоtlаri ulushining keskin kаmаyishigа erishildi. Tа’kidlаsh jоizki, hоzirgi vаqtdа kichik biznes jаhоn iste’mоl bоzоridа tоvаr vа хizmаtlаrgа bо‘lgаn tаlаbni qоndirish, bаndlik mаsаlаsini hаl qilish, shuningdek, mаmlаkаtning iqtisоdiy sаlоhiyаtini оshirishdа judа muhim rоl о‘ynаydi. Uzumchilikni rivojlantirishga bugungi kunda davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Qabul qilingan dasturlar uzumzorlar maydonini kengaytirish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali resurs xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.08.2023-yildagi “2023-2026- yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260 sonli qarorida mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga olib chiqish orqali eksportni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash hamda ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilab berilgan [1]. Shu bilan birga, sohani yanada samarali rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Ular orasida quyidagilarni ta’kidlash joyiz. Uzumchilik mahsulotlari xomashyo bazasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, birinchi navbatda texnik uzum navlarini ishlab chiqarishning xilma-xilligi va kichik hajmi. Oʻrim-yigʻim va yetkazib berish texnologiyalariga rioya qilmaslik muammosi ham dolzarb boʻlib, bu uzum sifatining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Uzumzorlarni kimyoviy himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan xizmatning y’oqligi kasallik va zararkunandalarning tarqalishiga yordam beradi [2]. Mamlakatimizning uzum yetishtirish bo‘yicha jahon mamlakatlari orasidan joy olishi uzumchilikka bo‘lgan e’tiborning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu maqolamizda Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini respublika kesimida statistik kuzatuvlar asosida tahlil qildik. Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Statistika boshqarmasining 2017-2023 yillardagi uzum ishlab chiqarish bo‘yicha statistic ma’lumotlaridan 630 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi foydalanildi. Ma’lumotlarni tahlil qilishda grafik tahlil usulidan foydalanildi. Tayyorlangan grafalar Microsoft Excel 2019 dasturi yordamida tayyorlandi. 14 000,0 a n n is 12 000,0 o t a k ,h ilb su 10 000,0 irp as qe ih c b R n o a d im 8 000,0 at sis lh s i m iʻ g o p e k 6 000,0 u la 4 000,0 zq ua im r o Q 2 000,0 a J 0,0 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 1-grafik. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017-2023 yillarda jami ishlab chiqarilgan uzum (tonna) miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2023-yilda uzum ishlab chiqarish salmog‘i boshqa yillardagiga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada uzumchilik tarmogʻini rivojlantirish, sohada yaratilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlar, uzumchilik sohasida bugungi kundagi islohotlar va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati bayon qilin…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada uzumchilik tarmogʻini rivojlantirish, sohada yaratilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlar, uzumchilik sohasida bugungi kundagi islohotlar va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati bayon qilin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
посевные площади, yield, сорта, samaradorlik, potential, varieties, cultivation, yetishtirish, eksport, выращивание, ekin maydoni, navlar, export, Viticulture, cultivated area, hosildorlik, урожайность, потенциал, salohiyat, Виноградарство, экспорт, Uzumchilik, efficiency, продуктивность
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники