К содержанию
РецензированоUZ2026

Erkaklar va ayollarning pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish masalalari

TENGLASHTIRISH MASALALARI · Xonturayev Bobur

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlarning tajribalari, jamoatchilik fikri va ekspert so‘rovlari asosida erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshini tenglashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fuqarolarning fikrini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston taraqqiyotining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, fuqarolarning fikriga ko‘ra, pensiyaga chiqish uchun eng maqbul bo‘lgan yosh senzini belgilash tahlil asosida baholab chiqildi. Kalit so'zlar: Gender farqlari, demografik tendentsiyalar, aholining qarishi, umr ko'rish davomiyligi, pensiya tizimi, qarish demografiyasi, genderga xos tahlil, pensiya yoshi siyosati, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlari. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar orasida pensiya tizimini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Pensiya tizimi har qanday davlatning ijtimoiy siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U fuqarolarning keksalikda munosib hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, jamiyatning barqarorligi va farovonligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshini tenglashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayollar erkaklarnikidan ko‘ra ko‘proq umr ko‘rishlari va ish haqi to‘lanmaydigan ishda, qisqaroq ishlashlari sababli erta nafaqaga chiqish ayollarning keksa yoshdagi moliyaviy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayollar nafaqaga chiqishdan bir necha yil oldin eng yuqori daromadga ega bo‘lishlari mumkin va natijada jamg‘armalar yaratish hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini oshirish imkoniyatlaridan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, tadqiqotlar mehnat muddati va pensiya daromadlari o‘rtasidagi aniq bog‘liqlikni ko‘rsatmoqda, ya’ni ishlash muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, oylik pensiya miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi[1], 118 ta davlatda ayollarning pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qonunlar haligcha tenglashtirilmagan, 11 ta davlatda xususiy sektor xodimlari uchun majburiy pensiya ta’minoti tizimi joriy etilmaydi, shuning uchun Pensiya indikatori bo‘yicha savollarda ushbu mamlakatlarga ball berilmaydi[2]. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”[3] gi Qonunida fuqarolarga “umumiy asoslarda” yoshga doir pensiya olish huquqi ayollarga 55 yoshdan, erkaklarga 60 yoshdan deb belgilangan. 555 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Mamlakatimizda ayollarga barcha sohalarda imtiyozlar berilgan. Jumladan pensiya ta’minoti tizimida erkaklarga nisbatan yoshga doir pensiya olishda umumiy belgilangan yosh erkaklarga nisbatan 5 yil kam belgilangan, talab etilgan umumiy ish staji 7 yil belgilangan, shunda yana ayollarni bola parvarishlash davri ham ish stajiga kiritilishi belgilangan. Buning natijasida ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi avvalgi yillarga nisbatan o‘sib bormoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi. 2024-yilning 1 yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar uchun – 76,9 yosh va erkaklar uchun – 72,5 yoshni tashkil qilmoqda. Demak, ayollarni o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 76,9 yilni tashkil etgan holda, 55 yoshda pensiya tayinlanishini hisobga olinsa pensiyadan keyingi umr ko‘rish muddati 21,9 yilni tashkil etadi. Erkalarda esa o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 72,5 yilni tashkil etsa, 60 yoshga to‘lganida pensiya tayinlanishini inobatga olinsa, pensiyadan keyin o‘rtacha hisobda 12,4 yil umr ko‘rishlarini anglatadi. Bu holatda ham o‘rtadagi farq 2 barobarni tashkil etadi. Bu holat pensiya yoshini ham qayta ko‘rish kerakligini anglatmoqda. Ayollarga talab etilgan ish staji 20 yil deb belgilanganligi sababli, doim pensiya miqdori erkaklarga nisbatan ko‘p tayinlanmoqda. Bu esa gender tengligini buzilishi deb hisoblaymiz, chunki ayollarni e’zozlash va erkaklarga nisbatan kam ishlashligi va bola parvarishida bo‘lishini qoplash uchun va pensiya miqdorini erkaklarning pensiya miqdorigi tenglashtirish maqsadida, ularga bola parvarishlash davrini ish stajiga qo‘shish va erkaklarga nisbatan 5 yil oldin pensiyaga chiqish imtiyozlari berilgan. O‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, 47,5% respondentlar davlatning pensiya yoshidagi fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari o‘zgarmas, qat’iy hisoblanadi, degan fikrda, 48,0% respondentlar esa pensionerlar sonining oshib borishi munosabati bilan davlat o‘ziga nisbatan o‘sib borayotgan moliyaviy yuklamani kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi zarur, deb hisoblaydi. Ayollarga talab etilgan ish staji 20 yil deb belgilanganligi sababli, doim pensiya miqdori

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gender farqlari, demografik tendentsiyalar, aholining qarishi, umr ko'rish, пенсионная система, pensiya yoshi siyosati, retirement age policy, pensiya tizimi, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlari, qarish demografiyasi, демографические тенденции, population aging, политика пенсионного возраста, social support systems, Gender differences, demographics of aging, umr ko'rish davomiyligi, demographic trends, системы социальной поддержки, pension system, Гендерные различия, life expectancy, gender-specific analysis, старение населения, genderga xos tahlil, стареющая демография, ожидаемая продолжительность жизни, гендерный анализ
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники