Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmog'ini kamaytirish asoslari
SALMOG'INI KAMAYTIRISH ASOSLARI · Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich · Kochkarov Xudaybergen Atadjanovich
Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmogʻini kamaytirish asoslari, potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash, bank tizimidagi muammoli kreditlarni qisqartirishning koʻp qirrali muammosi va uning milliy iqtisodiyot uchun oqibatlari, barqaror iqtisodiy oʻsishni va umumiy farovonlikni taʼminlaydigan yanada mustahkam va inklyuziv moliyaviy tizimni yaratish yoʻlida harakatlari toʻgʻrisida toʻliq bayon qilingan. Kalit soʻzlar: muammoli kreditlar, bank tizimi, milliy iqtisodiyot, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy oʻsish, kreditlarni qayta tuzish, aktivlarni boshqarish, moliyaviy savodxonlik. Moliyaviy sektorni izchil isloh etish vaqtida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va buning natijasida ilgʻor bank biznesini yuritish, shuningdek mazkur sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun kerak huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo, muammoli kreditlarning mavjudligi - toʻliq toʻlanishi mumkin boʻlmagan kreditlar - tizim barqarorligiga tahdid solishi va iqtisodiy oʻsishga toʻsqinlik qilishi mumkin. Muammoli kreditlar, shuningdek, ishlamaydigan kreditlar sifatida ham tanilgan, turli omillar, jumladan, iqtisodiy tanazzul, kredit tavakkalchiligini yomon baholash va qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli yuzaga keladi. Ushbu kreditlar bank kapitalini bogʻlaydi, rentabellikni pasaytiradi va korxonalar va jismoniy shaxslarga yangi kredit berish imkoniyatini cheklaydi. Ma'lumki, oxirgi vaqtlarda kredit va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarish hamda kredit taʼminoti bilan uzviy bogʻliq bo'lgan bir nechta masalalar paydo boʻlmoqda. 2020 yilda iqtisodiyotda kuzatilgan murakkab sharoitlarga qaramay, kredit qoʻyilmalari qoldigʻi yil boshiga qaraganda 34,3 foizga yoki YAIM nominal oʻsishiga nisbatan 2,5 barobar yuqori surʼatlarda oʻsib, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 280,4 trln. soʻmga yetdi. Xususan, yuridik shaxslarga ajratilgan kredit qoʻyilmalari qoldigʻi 1,3 barobarga yoki 56,7 trln. soʻmga (jami 222,5 trln. soʻm), jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoʻyilmalari esa qariyb 1,4 barobarga yoki 15 trln. soʻmga (jami 54,9 trln. soʻm) oʻsdi. [3] Potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash asosiy ahamiyatga ega. Banklar kredit tavakkalchiligini baholashning mustahkam tizimlarini joriy etishlari va qarz oluvchilar faoliyatini yaqindan kuzatib borishlari kerak. Kreditni toʻlash muddatini uzaytirish yoki foiz stavkalarini pasaytirish kabi kreditni qayta tuzish imkoniyatlari qarz oluvchilarga vaqtinchalik qiyinchiliklarni kamaytirishga yordam beradi. [4] 422 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi "Muammoli kredit" tushunchasi "kredit risklari" kategoriyasi bilan bevosita bogʻliqdir. Shu tufayli, muammoli kreditlar mohiyatini ochib berishda bank kredit risklarining iqtisodiy mohiyatiga toʻxtalib oʻtish oʻrinli boʻladi. Bu yuqorida qoʻyilgan maqsadga erishishda asos boʻlib xizmat qiladi. Tijorat banklarida vujudga keladigan kredit riskining muhim qismi mamlakatdagi ayrim bir tarmoqdagi mahsulotga boʻlgan talab va ishlab chiqarishning pasayib ketish ehtimoli bilan uzviy bogʻliqdir. [3] Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 2012-2017 yillarda doimiy tarzda tushish tendensiyasiga ega. 2012 yilda jami kreditlarning 3,06 foizi muammoli kreditlar boʻlgan boʻlsa, keyingi vaqtlarda keskin pasayish holati kuzatilgan. 2017 yilga kelib 0,74 foizni tashkil qilgan. Biroq 2018 yilga kelib 1,2 foizga yetgan va oldingi yilga nisbatan 0,5 f.p.ga oshgan. 2019 yilga kelib esa 0,08 f.p.ga oshib, 1,28 foizni tashkil etgan. Agarda bank kredit qoʻyilmalarining so'nggi yillardagi keskin oʻsish surʼatlarini va kreditlarning hajmini inobatga oladigan boʻlsak, bu bank tizimi uchun salbiy holati hisoblanadi. So'nggi vaqtlarda, yaʼni pandemiya davrida iqtisodiy faollikning pasayishi, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan aholi va tadbirkorlik subʼektlarining kredit toʻlovlari vaqtining uzaytirilishi natijasida bank tizimida muammoli kreditlar ulushi (90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan) 0,6 foiz bandga oshib, 2020- yil yakuni boʻyicha 2,1 foizni (5,8 trln. soʻm) tashkil etgan boʻlsa, 1- may holatiga ushbu koʻrsatkich, 4 (12,933 trln. soʻm) foizga yetgan. [1] Ma'lumki, statistik maʼlumotlarga e'tibor berganimizda, joriy yilda tijorat banklarining muammoli kreditlari biroz kamayib 17,1 trln soʻmni tashkil qildi. Muammoli kredit ulushi ―Oʻzagroeksportbank"da kamaygan boʻlsa, ―Ravnaq bank"da 72,3% ga yetgan. Markaziy bank joriy yilning 1-oktabr holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari haqida statistikani eʼlon qildi. 2022-yildagi maʼlumotlari asosida Muammoli kreditlar hajmi biroz kamayib 17,1 trln soʻm yaʼni 4,7% ni tashkil qiladi. Sentabr oyida esa ularning koʻrsatkichi 17,4 trln soʻm edi. Shundan 14,7 trln soʻmi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 2,3 trln soʻmi xususiy banklar hissasiga toʻgʻri keladi. [2] Banklarning jami kreditlar ulushi hisobida eng muammoli kreditlar "Oʻzagroeksp
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmogʻini kamaytirish asoslari, potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash, bank tizimidagi muammoli kreditlarni qisqartirishning koʻp qirrali mu…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmogʻini kamaytirish asoslari, potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash, bank tizimidagi muammoli kreditlarni qisqartirishning koʻp qirrali mu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- финансовая грамотность, проблемные кредиты, реструктуризация кредита, loan restructuring, milliy iqtisodiyot, national economy, banking system, iqtisodiy oʻsish, управление активами, kreditlarni qayta tuzish, moliyaviy savodxonlik, экономический рост, национальная экономика, muammoli kreditlar, asset management, moliyaviy barqarorlik, bank tizimi, problem loans, aktivlarni boshqarish, financial literacy, банковская система, financial stability, economic growth, финансовая стабильность
Смежные источники
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025